Ishlari vazirligi


Urush yillarida fan, maorif va madaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə62/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113
Ishlari vazirligi

3. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat

F a n. Urushning dastlabki kunlaridayoq Ittifoq Fanlar Akade-miyasining o'zbek filiali, respublikada ishiab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ifmiy-tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya va boshqalar, barcha olimlar xo'jalikni harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Ularning zavodlar, fabrikalar, temir yo'l, va avtomobil yo'llari, transport korxonalari bilan bevosita aloqalari o'rnatildi.

O'zbekistonlik olimlar ko'chib kelgan yirik olimlar bilan yaqin aloqa bog'ladilar. Respublikamizda mavjud bo'lgan va ko'chirilib keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo'nalishi qayta ko'rib chiqildi, urush talablariga moslab o'zgartirildi.

Geolog olim H.M.Abdullayev va boshqalarning tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molibden, o'tga chidamli metallar, nodir metallar va boshqa turdagi xomashyo koniari topildi va o'zlashtirildi. A.S.Uklonskiy boshchiligidagi geologfar guruhining Turangli temir konini topish, o'zbek metallurgiya kombinati qurulishini loyi-halashtirish va ularni foydalanishga topshirishdagi xizmatlari katta ahamiyatga ega bo'ldi.

D.M.Bogdanov va muhandis G.S.Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchilik qildilar va ko'mir konining boy resurslarini topib yangi shaxtalar qurishga ko'maklashdilar.

Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida aholi ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan turli xil dori-darmonlar ishiab chiqarish yo'lga qo'yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi.

Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Toshkentga ko'chib kelgan yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharqshunos, adabiybtshunos olimlar o'zbekistonlik hamkasblari bilan O'zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyotining muhim masalalarini ishiab chiqdilar. V.V.Struve, V.A. Shishkin, I.K. Dodonov, V.Yu. Zohidov, X.Sh. Inoyatov, A.Yu.Yakubovskiy, M.E. Masson, S.P.ToIstov, Ya.G'. G'ulomov va boshqalar O'zbekistonning eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi, moddiy madaniyati va ma'naviyati, O'rta Osiyo xalqlarining etnogenezi bo'yicha qator asarlar tayyorladilar. Ikki tomlik «O'zbekiston SSR tarixi»ning yaratilishi tarix fanining katta yutug'i bo'ldi.

Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o'zbek olimlari birgalikda «O'zbekiston adabiyoti tarixi» asarini yaratdilar.

1943— yji 27-sentabrda SSSR hukumati O'zbekistonda Fanlar Akademiyasini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. 1943— yil 4-noyabrda O'zbekiston Fanlari Akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T.N.Qoriniyozov saylandi. Mahalliy millat vakllaridan fan doktori va nomzodlari tayyorlash yo'lga qo'yildi. 1944— yilda O'zFA Prezidiumida aspirantura tashkil etildi.

Ta'lim. Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan ko'chirilib keltirilgan 31 oliy o'quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi. Ularning ba'zilari o'zaro yoki O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan birlashdilar.

1945— yilda oliy o'quv yurtlari soni 1940— yilga nisbatan 3 taga ko'paydi. Ular 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2mingkishigaortdi. Urush yillarida hammasi bo'lib 10 mingdan ko'proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassis tayyorlandi.

Xalq maorifi tizimida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ko'plab maktablarning binolari gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o'quv yurtlariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko'p smenali o'qish joriy qilindi. Respublika maktablarida ishlayotgan o'qituvchilarning 74,6 foizini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishiab chiqarish ishlariga safarbar etildi. Darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi.

O'zbekiston hukumati umumta'lim to'g'risidagi qonunni bajarish, yoshlarni o'qitish va tarbiyalash ishlari bilan muntazam shug'ullandi. Qisqa muddatli o'qishlar tashkil etilib, boshlang'ich sinflar uchun o'qituvchilar tayyorlandi.

Maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o'quvchilar bilimini baholashning besh balli tartibi, boshlang'ich va yetti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o'rta maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati-guvohnomasi uchun imtixonlar topshirish majburiyati, maktab o'quv dasturlarini a'lo o'zlashtirgan va a'lo hulqli o'quvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash joriy etildi. Budars mashg'ulotlari saviyasini ko'tarishga, o'quvchilar intizomini yaxshilashga olib keldi.

Ko'chirilib keltirilgan muassasalar o'z joylariga qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham bo'shatila boshladi, boshqa ishga o'tgan o'qituvchilar, armiya safidagi o'qituvchilar maktabga qayta-rildi, o'quvchilar o'z maktablari bag'riga qaytib, o'qishni davom ettirdilar. 1940-41-o'quv yilida 5504 umumta'lim maktablarida 1368,9 ming o'quvchi o'qigan bo'lsa, 1945-46-o"quv yilida 4976 umumta'lim maktablarida 989,2 ming bola ta'lim oldi.

Adabiyot va san'at. O'zbekiston madaniyati va san'ati xodimlari o'zlarining qaynoq ijodi bilan xalqni mardonavor jang qilishga, fidokorona mehnatga ruhlantirib g'alabaga munosib hissa qo'shdilar.

O'zbekistonga vaqtincha ko'chirib keltirilgan rus, ukrain, belo-rus, moldavan va boshqa milllatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar. O'zbekistonlik ham-kasblari bilan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz» degan almanaxlar, «O'zbekiston shoirlari frontga» degan antologiya ana shunday hamkorlik mevasi bo'ldi. Hamid Olimjon, Uyg'un, Sobir Abdulla, Nikolay Pogodinlar birgalikda «O'zbekiston qilichi» musiqali dramasini yaratdilar.

Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va «Qutlug' qon» romanlari, Abdulla Qahhorning «Oltin yulduz» qissasi jamoatchi-likning yuksak bahosiga sazovor bo'ldi.

She'riyatda ulkan yuksalish bo'ldi. Hamid Olimjonning «Qo'lingga qurol ol», «Sharqdan G'arbga ketayotgan do'stga»,

Urush yillarida sahna san'ati rivojlandi. Toshkentda va Andijonda yangi teatrlar ochildi, respublikamizda hammasi bo'lib 36 teatr ishlab turdi. Teatrlarda urush mavzusiga bag'ishlangan «Davron ota», «Sherali», «O'zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug'bek» va «Mahmud Torobiy» operalari, K.Yashinning «Bosqinchilarga o'lim», M.Shayxzodaning «Jaloliddin» pyesalari ko'rsatildi.

Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko'chib kelgan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda «Ikkijangchi», «Nasridddin Bu-xoroda», «Vatanga sovg'a» nomli kinofilmlarni yaratdilar.

O'zbekiston san'ati xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini ko'tarib turdilar. San'atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq brigadalar frontdagi jangovar harbiy qismlarning askar va zobitlari uchun 400 dan ko'proq konsert berdilar. Respublika hududidajoylashgan harbiy qismlarda 15 mingta, gospitallarda 10 mingta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar huzurida doimo xizmatda bo'ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san'atkorlar - Halima Nosirova, Tamara Xonum, Abror Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto'rayeva, Abbos Bakirov va boshqalar xalq hurmatiga sazovor bo'ldilar.

Stalin va uning atrofidagi yugurdaklari tomonidan urush yillarida ham kichik xalqlar, etnik guruhlarga nisbatan adolat-sizlik qilindi. Urushning dastlabki yillari-dayoq Volgabo'yi nemislari Avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingdan ortiq aholisi, «bosqinchilar ulardan yordam olishi mumkin» degan gumon bilan yashab turgan joylaridan Sibir va Qozog'iston viloyatlariga ko'chirib yuborildi.

1943— yil oxiri, 1944— yil boshlarida qalmoqlar, qorachaylar, chechenlar, ingushlar, bolgarlar, 1944— yil iyunda qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari yashab turgan joylaridan O'rta Osiyo va Sibirga badarg'a qilindi. Uiar fashistlar bilan «hamkorlik» qilishda ayblanib, ommaviy qatag'on qilindi, yashirin va shoshilinch ravish-da ko'chirildi. Ko'pchilik odamlar, bolalar yo'lda halok bo'ldilar.

O'zbekistonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolgarlar, o'n minglab mesxeti turklari, greklar ko'chirilib keltirildi. O'zbek xalqi ularni beg'araz kutib oldi, ta'na toshi otmadi, ularni joylashtirishga, oziq-ovqat bilan ta'minlashga ko'maklashdi. O'zbek xalqi urush yillarida Vatanidan badarg'a qilingan xalqlarga moddiy va ma'naviy madad berdi. Respublika mahalliy hokimiyati ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xo'jalik yuritish uchun kredit mablag'lari ajratdi. Ko'chirib keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi joylarga asta-sekin moslashdilar.

Stalincha milliy siyosat ko'plab xalqlarning milliy davlatchiligini buzdi, haq-huquqlarini paymol qildi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniyati, qadriyatlari va an'analari oyoq osti qilindi. Zo'rovonlikning zararli oqibatlari uzoq yillar davomida to'la bartaraf etilganicha yo'q, vaqti-vaqti bilan milliy nizolar, mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin