14-mavzu. O'ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA INTEGRASIYALASHUVI
Xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga
qo'shilishi
O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari
3. Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida hamkoriik aloqalari
4. O'zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.
1. Xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi
Xalqaro vaziyatning o'zgarishi. XXI asr bo'sag'asida jahon tapaqqiyotining mazmuni tubdan o'zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan - SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tin-chligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o'zaro mu-xoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90— yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo'lgan ulkan imperiya - SSSR parokanda bo'ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O'zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.
Xalqaro vaziyatda tub o'zgarishlar sodir bo'lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo'lmoqda:
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Mamlakatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg'or texnologiya, erkin sarmoyalarni to'plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud.
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o'rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam
o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo'lgan.
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayir-machilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o'rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo'yicha qarama-qarshilik chiqarishga, mil-latlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O'zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo'yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo'lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg'in qurolining ko'p miqdorda saqlanayotganligj, yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar sonining ko'payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo'lib qolmoqda.
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog'lom skologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyat-chilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tash-vishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo'rt bo'lib turgan-ligidan dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g'oyat murakkab va muammoli bo'lib keldi, hozir ham shunday bo'lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog'liq bo'lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo'lib qoldi. Hatto, ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi.
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab ehtiyojlarming g'oyat darajada o'sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo'lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaru-riyat bo'lib qoldi.
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyo-ramiz yaxlit va bo'linmasdir. Shu boisdan, barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog'langan, o'zaro aloqadadir.
O'zbekistonning geosiyosiy o'rni. O'zbekiston xalqaro aloqalarni yoiga qo'yish nuqtayi паzаridan va o'z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulayjug'rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk ipakyo'li O'zbekiston hududi orqali o'tgan.Bu yerdasavdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog'laydigan yo'llar Markaziy Osiyodan, uning o'rtasida joylashgan O'zbekis-tondan o'tmoqda.
• Markaziy Osiyoda jug'rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o'rin tutgan O'zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvoza-natini saqlash, barqarorlikni ta'minlash, hamkorlikni mustahkam-lash imkoniyatlariga ega.
• O'zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan.
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada yetakchi o'rinda turadi.
• Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o'zini ta'minlashga qodir.
• O'zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o'zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta'minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma'naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o'rin egallab, dunyoning ma'naviy va siyosiy jarayonlariga ta'sir o'tkazish salohiyatiga ega.
Jug'rofiy-siyosiy jihatdan O'zbekistonda qiyinchiliklar tug'diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan:
• O'zbekiston Fors ko'rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlarijoylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan, bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko'pgina yirik davlatlarning manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi kuzatilmoqda.
• Yana bir noqulayhk shundan iboratki, O'zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatiar qurshab turibdi.
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo'nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O'zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o'tadigan olis yo'l bo'fib, O'zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mah-sulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta'sir etadi.
• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
Dostları ilə paylaş: |