O'zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyo-satida hamdo'stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish alohida o'rin tutadi. Ikki tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o'rtasidagi, ya'ni O'zbekistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo'lga qo'yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi.
O'zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo munosabat-lar o'rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1992—yil 30-mayda I.Karimovboshliq O'zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o'rtasida har tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatildi, elchixonalar ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B.Yelsinning 1993— yil mart oyida O'zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko'rishga ahdlashildi. 1993— yil I9-martda O'zbekiston va RF o'rtasida madaniyat, fan va texnika, bilan hanikorligi
ta'lim, sogiiqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar imzolandi.
V.Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi. V.Putin qisqa muddatda O'zbekistonga ikki marta — 1999— yil 10-11-dekabrda va 2000— yil 18-19- may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda Ashisl boshqa masalalar muhokama etildi.
Dekabrdagi uchrashuvda «O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to'g'risida shartnoma imzolangan bo'lsa, may oyidagi muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat hakmnalhiri o'rtasida «O'/hckistnii Respuhlikiisi inu'iuuriy-liududiy hkumatlari Rossiya Federatsiyasi subyektlari o'rtasida hamkorlikni kengaytirish to'g'risida bitim", «Xalqaro avtomobil qatnovi to'g'risida bitim» imzolandi.
Shu tariqa, O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi o'zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o'rtasida turli maqsadlarga yo'naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolangan.
O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasifagi tovar ayirboshlaslh hajmi 2000-yilda 1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. O'zbekistonda 520 ta O'zbekiston-Rossiya qo'shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari ro'yxatga olingan. Rossiyada esa O'zbekiston sarmoyasi ishtirokida fuzilgan 250 ga yaqin qo'shma korxona mavjud. O'zbekiston Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo maxsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi. oziq-ovqat mollarini eksport qiladi.
O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001— yil 3-5-may kunlari, 2004— yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning 2004— yil iyun oyida O'zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi pog'onaga ko'tardi.
2004— yil 16-iyunda O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida strategik sherikchilik to'g'risida bitim imzolandi.
Dostları ilə paylaş: |