O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligi.1992— yil mart oyida O'zbekiston va Janubiy Koreyao'rtasidadiplomatikaloqa o'rnatildi. 1992— yil 19-iyunda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqafarga asos soldi. «O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari to'g'risida» Deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag' sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga mo'ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.
1992-1996— yillarda «O'zDEUavto» O'zbekiston-Janubiy Koreya qo'shma avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1996— yil 25-mart kuni avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi.
O'zbekiston bilan Koreyaning "Kobul Tekstayl" kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik yildan-yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur kompaniya O'zbekistonga 250 mln. AQSH dollari hajmida sarmoya kiritdi va o'zlashtirildi. "Kobul Tekstayl" ishtirokida Toshkent, To'ytepa va boshqa shaharlarda qo'shma korxonalar barpo etildi va xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O'zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib bormoqda. 1999-yilga qadar O'zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd. AQSH dollari hajmida sarmoya kirib keldi va ozlashtirildi. O'zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan qo'shma korxonalar faoliyal ko'rsatmoqda. Ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997— yildayoq I mird. AQSH dollaridan oshdi.
Dostları ilə paylaş: |