Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi
Milliy istiqlolga erishganimizdan keyin o'zbek xalqining etnologiyasi, etnik tarixini o'rganish, haqqoniy yoritish tarix fanining muhim va dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Negaki, mustaqillik sharofati bilan xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi o'sdi. Farzandlarimiz tarix ijodkori bo'lgan o'z ajdodlari kimlar bo'lganligini, o'zbek xalqi qachon va qanday shakllanganligini chuqur anglashni, bilishni xohlaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» asarida ta'kidlanganidek: «Наг qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo'lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turish, tikianish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o'ziga berishi tabiiydir. Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va aminmanki, to'g'ri xulosalar chiqaradi».1
Ko'plab ishonchli tarixiy ma'lumotlar, manbalar, ashyoviy dalillar barcha xalqlarning etnik shakllanishi uzoq davrlar davomida, murakkab tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta'sirida sodir bo'lganligini tasdiqlaydi. O'zbek xalqining shakllanishi ham uzoq tarixiy jarayon mahsuli bo'lib, uning o'q tomirlari shu yurt zaminida azal-azaldan yashab, uni o'ziga makon tutib, chuqur ildiz otib, muttasil moddiy va ma'naviy madaniyat namunalarini yaratib kelgan qadimiy urug', qabila va elatlarga borib taqaladi. Shu o'rinda, urug', qabila, xalq tushunchalari to'g'risida ham bir qadar to'xtalib o'tmoqlik joiz bo'ladi. Negaki, ular haqida aniq tasawur hosil qilish, nazarimiz-da, etnik jarayonlar o'zgarishining mazmun-mohiyatini to'g'ri tushunishda g'oyatda muhimdir.
Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo'lib, qon-qarindoshlik munosabatlari, bir necha Lirug'larningbirikuvi natijasida tashkil topgan. Qabilaning o'ziga xos till, hududi, qabila a'zolarining o'zaro ham-korligi, qabila nomi, o'ziga xos an'analari bo'ladi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, munim masalalar bo'yicha qabila yig'inlari o'tkazilgan.
Qabilalar o'rtasida etnik, xo'jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi natijasida ular qo'shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning yetakchi, nufuzli guruhi nomi bilan yangi etnik birlik - elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida tarkib topadi.
Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar yo'li bilan o'rganilib, isbotlangan qanchalab daliliy ashyolar bu hududda yashagan ulug' o'tmishdoshlarimiz miloddan awalgi ming yilliklar mobaynida ibtidoiy-jamoa tuzumining barcha asosiy bosqichlarini boshdan kechirib, istiqomat qilib, o'ziga xos hayot tarzini yaratib kelganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Surxon, Zarafshon vohallarida, Farg'ona vodiysi hududida olib borilgan qidiruv ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 270 dan ortiq tarixiy yodgor-liklar tahlili hamda boshqa ko'plab mo'tabar dalillar ham to'la tasdiq etadi. Shularga asoslanadigan bo'lsak, miloddan avvaigi ming yilliklar davomida bu zaminning yashashga qulay, tabiiy sharoitlari o'ng'ay bo'lgan joylarida yashagan har xil mahalliy urug', qabilalar dehqonchilik, chorvachilik, yilqichilik, ovchilik, baliqchilik, hunar-mandchiiik bilan shug'ullanib kelganlar. Masalan, daryo, ko'llar atroflarida yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan mashg'ul bo'lgan bo'lsa, cho'lli, adirli joylarning odamlari esa ko'proq chorva, yilqi boqish bilan band bo'lganlar. Qadimiy manbalarda aytilishicha, hozirgi O'rta Osiyo hududlarida massagetlar, saklar, so'g'diylar nomi bilan atalgan qabilalar yashaganlar.
Taniqli etnograf olim K.Shoniyozovning ta'kidlashicha, «O'zbek xalqi mazkur hududda yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa qadimgi turkiy xalqlardan boshlangan. Har ikkala ildizlarning birikishi - o'zaro sintez o'zbek elatini va keyinchalik, o'zbek xalqini tashkil etgan. Har qanday xalq alohida etnik birlik (elat) bo'lib ma'lum bir hududda, ma'lum tarixiy davrda shakllanadi. O'zbek xalqi ajdodlari ham elat bo'lib, Movarounnahr va Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalarda shakllangan».'Eron manbalarida O'rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushrhalarining 3 xil toifasi tilga olinadi:Bu qabilalar aholisi ham o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy turmush tarziga ega bo'lib, nisbatan to'Iaqonli hayot kechirgan, kelgusi nasllar uchun o'zlaridan munosib meros qoldirish yo'Iida sa'y - harakatlarda bo'lgan.
Muqaddas «Avesto» kitobida ham vatanimiz hududida yashagan qavm, elatlar haqida ko'plab ishonchli ma'lumotlar bor. Jumfadan, unda Xorazm, So'g'd, Baqtnya singari yurtlarning iqtisodiy va madaniy-ma'naviy taraqqiyotda yuksak darajada bo'lganligi qayd etiladi.
Firdavsiyning «Shohnoma» asarida va boshqa mo'tabar manbalarda turkiy etnoslar O'rta Osiyoda yashovchi azaliy qavm ekanligi ta'kidlanadi. Shu bois, bu o'lka qadimdan Turon deb atalib kelindi. Turonzamindagi qo'shni qardosh elatlar o'zaro hamjihatlikda yashab, chuqur ifdiz otib borish barobarida tabiiy zaruriyat taqozosi o'laroq bir-birlari bilan qo'shilishib, birikishib o'zaro etnik jarayonlarni boshdan kechirganlar. Bu esa asta-sekin bu hududda turkiy va so'g'diyda so'zlashuvchi ikki tilli xalqning shakllanib borishida o'z ifodasini topgan.
O'rta Osiyo aholisi to'g'risidagi ma'lumotlarni yunon-rim tarixchilari asarlarida ham uchratamiz. Ular Qora dengizning sharqiy hududlarida yashovchi qabilalarni umumiy nom bilan «skiflar» deb ataganlar. Gerodot: «bu xalqlar qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi»,— deb qayd etadi. Yozma manbalarda skiflarning ikkita yirik qabilasi - massagetlar va saklar xususida ko'proq eslatiladi.
Ayniqsa, Ona yurt tinchHgi va osoyishtaligini ta'minlash, uni ajnabiy kuchlar tajovuzi va bosqinidan himoya qilish zaruriyati turli qardosh va qondosh urug', qabilalar, elatlarni bir-birlari bilan ya-qinlashtirgan, do'stlashtirgan, bir yoqadan bosh chiqarib faol ha-rakatlarga chorlagan. Shu tarzda davom etgan o'zaro yaqinlik, birodarlik, og'a-inilik tuyg'usi bu qavm, elatlarni ma'nan, ruhan va jismonan bir jonu bir tan bo'lib o'zaro intensiv etnik jarayonlarga kirishib borishlariga sabab boigan.
Dostları ilə paylaş: |