Ishlari vazirligi


Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə72/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Ishlari vazirligi

7. Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O'zbekiston o'z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo'naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o'tkazish yo'lidan bormoqda.

Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:

• Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;

• Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;

• Ko'p ming yillik o'zbek davlatchiligi tarixi va o'ziga xos ma'naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi;

• Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo'lidan bordi;

Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo'li tanlandi.

O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan paytda 1990 —yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994—yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o'z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin