8. Fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi
O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li jamiyatni demokrat-lashtirish, fuqarolik jamiyat qurishdan iboratdir.Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip vaandozalar yo'q. I.Karimov: «Dunyodabir-birigao'xshagan ikkita inson bo'lmaganidek, bir - biriga aynan o'xshagan ikki davlat ham yo'q»,- deganida haqlidir. To'g'ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni ko'pchilikka bo'ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qo'yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O'zbekiston demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma'naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an'analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo'lidan bormoqda.
O'zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g'oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o'z qobiliyat va ehtiyojlarini to'la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e'tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo'lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratil-gandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi o'ziga bog'Hq bo'lib qoladi. Insonning jamiyatdagi o'rni uning salohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog'liq bo'ladi.
Mahalla. O'zbekiston Respublikasining 1993— yil 2-sentabrda qabul qilingan "Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi qonuniga binoan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahal-lalarda fuqarolar yig'inlari o'tkaziladigan bo'ldi. Fuqarolar yig'ini o'zini-o'zi boshqarish organi bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 2001— yil may- iyun oylarida bo'lib o'tgan fuqarolaming o'zini-o'zi boshqarish organlariga saylovlarida 7840 nafar oqsoqol va ularning 75 mingga yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla oqsoqoli va uning maslahat-chilari o'z mahallasi doirasidagi ishlarni hal etish, muhtoj oilalarga davlat mablag'lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat ko'rsat-moqdalar. Mahalla tizimi jamiyatning negiziga aylandi.
Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O'zbekiston Res-publikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ulargako'ra inson, uning hayoti, qadr-qimmati va boshqa Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanisni daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar qonun oldida tengdirlar. O'zbekistonda yagona fuqarolik o'rnatilgan. Har bir fuqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, so'z va e'tiqod erkinligiga ega bo'lib, bu huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolaming istagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan.
O'zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta'lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.
1995— yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakil (Ombudsman) lavozimi ta'sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997— yil 26-aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning "Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida"gi qonuni bilan belgilab berildi. Vakil BMTning inson huquqlari bo'yicha markazi, YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Respublikasining 1995— yil 30-avgustda qabul qilingan "Fuqarolaming huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida"gi qonuni Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996— yil oktabr oyida e'lon qilingan "Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish to'g'risida"gi Farmonga binoan inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.
O'zbekistonda fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan bog'langan. Davlat o'zining fuqarolar oldidagi vazifalarini bajarmoqda. Fuqarolaming erkinliklari va huquqlarini amalda himoya qilmoqda. Shuningdek, fuqarolaming ham davlat oldidagi burchlari, majburiyatlari belgilab qo'yilgan.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishi-larning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Davlat har bir inson zimmasiga tarixiy, ma'-naviy va madaniy merosni avaylab-asrash, atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, soliq va yig'imlarni to'lash majburiyatini yuklaydi. Konstitutsiyaning 52-moddasida "O'zbekiston Respubli-kasini himoya qilish - O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar", deb belgilab qo'yilgan.
Saylov tizimi. O'zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991— yil 18-noyabrda "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida", 1993— yil 28-dekabrda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida" va 1994— yil may oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiariga saylov to'g'risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida" qonunlar qabul qilindi.
Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to'lgan fuqarolaming saylash huquqiga ega ekanligi, O'zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkazilishi mustahkamlab qo'yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo'lmagan fuqaro O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to'lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to'lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o'zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo'lishi murnkin crnas.
Ommaviy axborot vositalari. Demokratik institutlarning muhim tarmog'i bo'lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. 2006— yilda Respublika ommaviy axborot vositalari tizimida 680 nomda gazeta va 200 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 57 ta teleradiokompaniya va studiyalar, 100 ga yaqin elektron axborot vositalari ishladi. Jurnalistlarning erkin ijod qilishi, mamlakat ravnaqi yo'lida xizmat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari to'g'risida qabul qilingan qonunlar iilarni "to'rtinchi hokimiyat" darajasida faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashmoqda.
O'zbekistonda fuqarolikjamiyati barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining oshib borayotganligida, turli siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining shakllanishida ham namoyon bo'lmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan: "Jamoat tashkilotlari to'glrisida"gi (1991— yil 15-fevral), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida'gi (1998— yil, yangi tahriri), "Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to'g'risida"gi (1992— yil 2-iyul), "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi (1996— yil, dekabr) qonunlar shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |