Ishlari vazirligi


O'zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə77/113
tarix31.12.2021
ölçüsü1,08 Mb.
#113500
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113
Ishlari vazirligi

O'zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda.

1. O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991— yil 1-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan ta'sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda lining Dasturi va Nizomi qabul qilindi.

O'zbekiston XDPsining "O'zbekiston ovozi", "Golos Uzbekis-tana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda.

2. 1995—yil 18-fevralda O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo'lgan I - ta'sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.

"Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda.

3. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan partiyalardan yana biri-«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995— yil 3-iyunda Toshkentda bo'lib o'tgan ta'sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O'zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda.

4. 1998— yil 28-dekabrda O'zbekiston "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998— yil 28-dekabrdagi ta'sis konferentsiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. Partiyaning "Fidokorlar" gazetasi nashr etilmoqda.

5. 2003— yil oxirida O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat. O'zLDP ning "XXI asr" haftalik gazetasi nashr etilmoqda.


1995— yil may oyida jamoatchilikmng tashabbusi bilan O'zbekiston "Xalq birligi" harakati tashkil etildi va faoliyat ko'rsatmoqda. "Xalq birligi" harakatining "Birlik" va "Edinstvo" haftalik gazetalari nashr etilmoqda.

O'zbekiston Prezidentining 1996—yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq, respublika yoshlarining "Kamolot" jamg'armasi nodavlat hayriya - jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. "Kamolot" jamg'armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o'rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko'magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo "Kamolot" yoshlar jamg'armasi bimday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma'nodagi yetakchisiga aylana olmadi.




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin