4. Madaniyat ravnaqi
Badiiy adabiyot. Muslaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an'analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, par-tiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo'ldi.
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o'zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo'lib qoldi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug' bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov mukofoti laureati To'lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomgaxat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko'milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O'tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog'ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarida mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g'am-alamlar haqqoniy tasvirlangan.
Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg'ulari tarannum etiladi.
Omon Muxtorning «To'rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning «O'zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning «Biz kim, o'zbeklar» badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», Abduvali Qutbiddinning «Izohsiz lug'at» she'riy asarlari zamonaviy o'zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: |