Ishoqxon ibrat ijodi. Toshkent adabiy maktabi. Fazlulloh almaiy. Karimbek kamiy ijodi



Yüklə 32,92 Kb.
səhifə2/7
tarix19.04.2022
ölçüsü32,92 Kb.
#115370
1   2   3   4   5   6   7
ozbek adab tarixi amaliy 3 (1)

Ijodini o‘rganish tarixidan

Shoir Karimbek Kamiy ijodi o‘z davrida ham e’tiborsiz qolmadi. Unga she’riyatning pastu baland ko‘chalarida yurgan keksayu yosh avlod o‘z munosabatini bildirdi. Shulardan biri Muqimiydir. Mavlono Muqimiy do‘stiga yozgan maktublaridan birini «Birodari kiromiy mavlaviy Kamiy» deb boshlaydi. Bu yerda Muqimiyning Kamiyga munosabati, qolaversa, unga bergan bahosi o‘z aksini topgan. Kamiyning shogirdlaridan biri Sidqiy Xondayliqiy o‘z ustozini «suxanvarliq iqlimida shuhrabardoru oliyshon» deb ta’rif etadi. O’shlik shoir Amoniy esa shoir tavsifiga alohida she’r bag‘ishladi. Unda Kamiyni «xushfasohat iqlimiga shoh», «lisonul-g‘ayb» deya vasf etdi. Uning shoirlik fitratida «fayzi ilohiydan asar» ko‘rdi.


Lekin shoir ijodiga munosabat bir xilda bo‘lib qolmadi. Anbar Otin, Ibrohim Davronlarning Kamiy ijodiga nisbatan tanqidiy fikrlari ham borki, bu — ular orasidagi adabiy-estetik va falsafiy qarashlarining turli xilligi bilan izohlanadi.
Shoir vafotidan keyin uning ijodi va shaxsiga baho berish sho‘ro adabiyotshunosligi zimmasiga tushdi. G’ayri milliy mafkuraga asoslangan mazkur adabiyotshunoslik ilmi ba’zi hollarda shoirni «Vatan xoini», «xalq dushmani», «millatchi jadid», «kontrrevolyudion» shoir sifatida baholab keldi. Natijada Kamiy ijodi o‘nlab yillar xalq nigohi va tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib ketdi. Lekin XIX asr oxiri XX asr boshlari o‘zbek adabiyo-ti, mazkur davr ma’rifatparvarligi va ayniqsa, Toshkent adabiy muhiti haqida so‘z ketganda Kamiy ijodi va uning nomini chetlab o‘tishning iloji yo‘q edi. Shu bois sho‘ro mafkurasi davrida ham ba’zi xolis adabiyotshunoslarimiz uning shaxsini oqlab, ijodini yoqlab chiqishga harakat qildilar. Adabiyotshunos M.B.Solihov shoirning «Soldi beilmliq xatolarg‘a» deb boshlanadigan muxammasini «Jadidizmning go‘zal adabiyoti»ga kiritdi va o‘z kitobidan (O’zbek adabiyotida millatchilik ko‘rinishlari. T., 1932, 14-bet) joy berdi. 1950 yili Moskvada «Antologiya uzbekskoy poezii» majmuasi bosmadan chiqdi. Majmuada Kamiy haqida muxtasar ma’lumotnoma va S.Someva tarjimasida shoirning «Murabba’i dar ta’rifi maktab» she’ri kiritildi. Ma’lumotnomada «Kamiy O’zbekistonda ilg‘or fikrning namoyandalaridan biri» deyiladi. 1960 yil bosmadan chiqqan «O’zbek adabiyoti» majmuasida (4-jild 1-kitob) Kamiy ijodidan ba’zi namunalar berildi. 70-yillardan boshlab G’.Karimov, B.Qosimov, A.Jalolov, M.Hamidova, M.Zokirovlarning maqola va tadqiqotlarida Kamiy shaxsi va uning ijodiga mo‘‘tadil yondoshish boshlandi. 90-yillarga kelib shoir ijodini maxsus tadqiq etishga kirishildi. Vaqtli matbuot sahifalarida uning hayot va ijod yo‘liga oid maqolalar, adabiy merosidan ba’zi namunalar chop etila boshladi. Nihoyat, 1998 yili Kamiyning 4500 misraga yaqin she’rlar majmuasi «Dilni obod aylangiz...» nomi bilan nashr etildi. Bu bilan shoir ijodini xalqqa tanitish, ilmiy muomalaga olib kirish va adabiyotdagi o‘rnini belgilash imkoni yaratildi.
Kamiy ijodi Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ajralmas bir qismi ekanligiga XX asrda tuzilgan Mo‘minjon Toshqinning «Toshkent shoirlari» (1948), Po‘latjon Qayyumiyning «Tazkirai Qayyumiy» (60-yillar) tazkiralari ham guvohlik beradi. Bularning har ikkalasida ham Kamiy ijodiga to‘xtab o‘tilgan. Ayniqsa, M.Toshqin tazkirasi shoir hayoti va ijodini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib turibdi.
Tarjimai holi Karimbek Kamiy 1865 yili Toshkent shahrida, choponfurush savdogarlar oilasida dunyoga keldi. Otasi Sharifbek zamonasining savdogar boylaridan bo‘lishi barobarida, ilmu ma’rifatga xayrixoh, adabiyotga ixlosmand kishilardan edi. Oilada bo‘lajak shoirning o‘qishiga alohida e’tibor berildi. Boshlang‘ich ta’limni Mozorxon mahallalik Mansurxon domladan oldi. Maktab o‘quv dasturi doirasida Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, So‘fi Olloyor she’riyati bilan ta-nishdi. Bu - yosh, qiziquvchan Karimbek ko‘ngliga she’r ishqini soldi. Boshlang‘ich maktabni tugatgach, «Beklarbegi» madrasasiga o‘tib o‘qishni davom ettirdi. Shu madrasaning mashhur mudarrisi Shomahmud Oxundda «xatmi kutub» qildi. Kamiy talabalikdan keyin ham shu madrasa hujralarida qolib, faqirona hayot kechirdi. Oila ham qurmadi. Shoirning:

To‘lmasinmu hasratu g‘amg‘a ichu toshim mening,
Tashlabon ketsa pari ruxsor yo‘ldoshim mening.

Ko‘z tutardim bir kuni qilg‘ay vafo deb, ohkim,


Bevafolig‘ zohir etti ul qalam qoshim mening,—

baytlari va yana bir necha g‘azallari uning so‘qqabosh hayoti sabablarini ma’lum darajada izohlaydi.


90-yillarga kelib Kamiy ustoz shoirlar qatoridan o‘rin oldi. Endi uning hujrasi zamonasining katta shoirlari va she’r ix-losmandlarining markaziga aylandi. Bu yerda ko‘ngilochar adabiy suhbatlar qurildi, yangi ijodiy kuch baxsh etuvchi she’rxonliklar tashkil etildi. Chunonchi, Kamiyning:

Eduk afsurdatab’u tiyraxotir necha muddatdin,
Ko‘ngil bo‘ldi munavvar, chashmimiz ravshan bu suhbatdin.

Ochildi g‘unchai maqsud, ko‘kardi sabzai ummid,


Bahori suhbat, arbobi fazlu ahli fitnatdin,-

baytlarini o‘z ichiga olgan g‘azali mana shunday fayzoso suhbatlardan biri haqida bo‘lgan edi.


Shoirning ba’zi bir she’rlari va ayrim manbalar uning 1899 yili Chimkent, 1911 yili Andijon va Qo‘qon, 1912 yilda esa Chimkent, Sayram, Avliyoota safarlarida bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shoir Kamiy 1922 yilning yozida 57 yoshida vafot etdi.


Yüklə 32,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin