SHuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim shaxslar qonunlarimizning mukammal emasligidan foydalanib, ishsizlik bo’yicha beriladigan nafaqani qo’shimcha daromad manbai turlaridan biri deb qaraydilar, o’zlari esa mustaqil ravishda ish bilan shug’ullanadilar yoki shartnoma asosida ishlayotgan bo’ladilar.
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari qandayligi to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar. Jumladan, bu masala klassik va keynsian maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzularidan biridir. Bu bahs xususida qisqacha to’xtalamiz.