Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


O‘ZBEKISTON PAXTAKORLARI VA BARCHA



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

O‘ZBEKISTON PAXTAKORLARI VA BARCHA 
MEHNATKASHLARIGA 
Muhtaram do‘stlar! 
Mamlakatimiz oldida turgan ezgu maqsadlarni amalga oshirish
ko‘ptarmoqli iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini 
ta’minlash, 
uning 
eksport 
salohiyatini 
yuksaltirish, 
el-yurtimiz 
farovonligini oshirish yo‘lida qo‘lga kiritayotgan yutuq va marralarimiz 
barchamizni albatta quvontiradi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni 
yanada kuchaytiradi. 
Shular qatorida paxtachilik sohasida joriy yilda 3 million 350 ming 
tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, katta mehnat g‘alabasiga 
erishganimiz, hech shubhasiz, hammamizga chuqur mamnuniyat yetkazadi. 
Bu g‘alabaning osonlik bilan emas, o‘ta og‘ir sharoitda, mashaqqatli 
mehnat va fidoyilik hisobidan qo‘lga kiritilgani uning mohiyati va 
ahamiyatini, qadr-qimmatini yanada oshiradi va barchamizni ruhlantiradi. 
Bu haqda gapirganda, aytish kerakki, o‘tgan yil kuzda – yangi 
mavsumga tayyorgarlik paytida boshlangan yog‘ingarchilik, qorli va ayozli 
kunlarning fevral oyiga qadar cho‘zilib ketgani, buning natijasida 
yerlarning sho‘rini yuvish, ekishga tayyorlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar 
yuzaga kelgani, yoz oylarida esa havo haroratining keskin darajada yuqori 
bo‘lgani, turli qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasalliklar ko‘paygani 
dehqonlarimiz uchun jiddiy tashvish va muammolar tug‘dirmasdan 
qolmadi. 
Bularning barchasi dala mehnatkashlaridan haqiqatan ham katta 
mardlik, mustahkam iroda va qat’iyatni talab qildi va mo‘l hosil yaratish 
yo‘lida butun imkoniyat, bor kuch-g‘ayratni safarbar qilishga to‘g‘ri keldi. 
Mana shunday murakkab bir sharoitda erishgan yutuqlarimiz, ya’ni 
mamlakatimiz bo‘yicha paxta hosildorligi o‘rtacha 26,5 sentnerni tashkil 
etib, 5-yillik o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 sentnerga oshgani, 
yetishtirilgan hosilning yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan, g‘oyat 
qisqa muddatda – 35 ish kunida yig‘ib-terib olingani, uning 90 foizi yuksak 
sifat bilan yuqori sortlarga topshirilgani har qaysi dehqon, har qaysi 
fermer, har qaysi mutaxassisdan haqiqiy matonat va jasorat namunasini, 
uyushqoqlik va safarbarlik ko‘rsatishni talab qilganini hammamiz yaxshi 
tushunamiz. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
41
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, siz, aziz paxtakorlarimizning har 
biringizni bag‘rimga bosib, o‘z zimmangizga olgan shartnoma 
majburiyatlarini sharaf bilan ado etganingiz bilan chin qalbimdan 
tabriklashni o‘zim uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman. 
Qadrli yurtdoshlar! 
Bugun, mana shu quvonchli ayyomda paxta tayyorlash bo‘yicha 
boshqalarga o‘rnak va namuna bo‘lib, mamlakatimizning ulkan xirmoniga 
munosib hissa qo‘shgan viloyat va tumanlar, fermer xo‘jaliklarining 
nomlarini hurmat bilan tilga olishimiz o‘rinlidir. 
Bu haqda so‘z yuritganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, 
Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlarining paxtakorlari birinchilardan 
bo‘lib yuksak marraga yetib kelganlari, gektaridan o‘rtacha 30-35 
sentnerdan hosil olishga erishganlarini alohida ta’kidlash lozim. 
Amudaryo, Kegeyli, Chimboy, Paxtaobod, Shahrixon, Mingbuloq, 
Oltinko‘l, Pop, Do‘stlik, Oqoltin, Bo‘ka, Buvayda, O‘zbekiston, Navbahor, 
Vobkent, Narpay, Ishtixon, Sherobod, Koson, Gurlan tumanlarida 
hosildorlik o‘rtacha 35-40 sentnerga yetgani ayniqsa e’tiborlidir. 
Beruniy tumanidagi “Akrom”, Amudaryo tumanidagi “G‘ayrat”, 
Shahrixon tumanidagi “Aziz”, Peshku tumanidagi “Fattoyev”, Navbahor 
tumanidagi “Diyorbek Sulaymonov”, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Hosil”, 
Oqoltin tumanidagi “Nurafshon orzu”, Dang‘ara tumanidagi “Yoqubjon 
Dadamirza”, Xonqa tumanidagi “Ismoil ota” fermer xo‘jaliklarining 
gektaridan 45-50 sentnerga yetkazib hosil olishga erishgani fermerlik 
harakatining imkoniyatlari naqadar katta ekanini yana bir bor namoyon 
etdi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz. 
Ana shunday o‘ta og‘ir, shu bilan birga, sharafli mehnat evaziga 
yetishtirilgan mo‘l hosil mamlakatimizning qayta ishlash korxonalarini 
yuqori sifatli xomashyo bilan ta’minlashi va undan paxta tolasi, ip-kalava, 
tekstil mahsulotlari, yog‘, sovun, kunjara kabi 25 dan ziyod turdagi 
mahsulot olinishini, paxta tolasini eksport qilish hisobidan keladigan 
valyuta 
mablag‘larini 
o‘zimizga 
tasavvur 
qiladigan 
bo‘lsak, 
dehqonlarimizning qadoq qo‘llari bilan yaratilgan bu yuksak xirmonning 
naqadar bebaho boylik ekanini katta minnatdorlik bilan qayd etish albatta 
o‘rinli bo‘ladi. 
Bu yilgi hosilning asosiy omil va mezonlari haqida gapirganda, 
avvalambor, ishni to‘g‘ri tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasini chuqur 
isloh qilish va uni samarali boshqarishni zamonaviy darajaga ko‘tarish, 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
42
dalada ishlayotgan insonlarning mehnatini munosib qadrlash va 
rag‘batlantirish bu borada eng muhim ahamiyat kasb etayotganini 
ta’kidlash lozim. 
Qo‘lga kiritilgan bu yutuq zamirida yana bir asosiy mezon sifatida 
taraqqiy topgan davlatlar tajribasida o‘zini har tomonlama oqlagan 
fermerlik harakatiga o‘tish, bu sohaning rivoji uchun barcha huquqiy, 
tashkiliy va moliyaviy shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha amalga 
oshirgan katta-katta ishlarimiz mujassam ekanini, o‘ylaymanki, barchamiz 
yaxshi tushunamiz. 
Shular qatorida yana bir muhim omil borki, bu qishloq xo‘jaligi 
mehnatkashlarining o‘z mehnatidan manfaatdorligi, ularning yerga
mulkka, o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotga egalik hissiyoti tobora 
kuchayib, ongu tafakkuri, dunyoqarashi yuksalib borayotgani bilan bog‘liq, 
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Hurmatli do‘stlar! 
Barchamizga ayonki, xalqimizning “Sen yerni boqsang – yer seni 
boqadi”, degan hikmatli gapida chuqur ma’no bor va bu haqiqatni hech 
qachon unutmasligimizni istardim. 
Biz bundan besh yil oldin boshlagan sug‘oriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash dasturi doirasida o‘tgan davr mobaynida 
davlat byudjetidan 800 milliard so‘m, jumladan, shu yilning o‘zida 210 
milliard so‘m mablag‘ sarflanib, 1 million 200 ming gektardan ortiq ekin 
maydonining meliorativ holati yaxshilangani hosildorlik darajasini 
oshirishga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgani haqida har qancha gapirsak 
arziydi, albatta. 
Miqyosi va ahamiyatini tasavvur qilishning o‘zi qiyin bo‘lgan bu 
ishlarimiz nafaqat tuproq unumdorligi va hosildorlikni ko‘tarish, umuman 
olganda, tabiatimizni, atrof-muhitni yaxshilash, aholi salomatligini 
mustahkamlashdek ustuvor vazifalarni amalga oshirishda samarali zamin 
bo‘lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 
Shu bilan birga, joriy mavsumda seleksiya masalasiga, har qaysi 
hududning iqlim va tuproq sharoitiga mos bo‘lgan yangi navlarni tanlab 
ekishga alohida e’tibor qaratilgani, g‘o‘za parvarishida zamonaviy ilm-fan 
yutuqlari, ilg‘or agrotexnologiyalar, turli kasalliklarga qarshi biologik 
kurash usullari keng joriy etilgani, eng muhimi, defoliatsiyaning o‘z 
vaqtida va sifatli o‘tkazilgani erishilgan yutuqni ta’minlashda alohida o‘rin 
tutganini qayd etish lozim. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
Yuqorida zikr etilgan ana shunday tadbir va islohotlarni amalga 
oshirishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha olim va agronomlar, iqtisodchilar, 
turli soha mutaxassislariga minnatdorlik bildirgan holda, bu borada hali 
qiladigan ishlarimiz ko‘p, desak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. 
Avvalo, qo‘lga kiritgan marralarimizni yanada mustahkamlash, kelgusi 
yil hosili haqida, jumladan, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, ekin 
maydonlarini sifatli shudgorlash, irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish 
kabi masalalar ustida o‘ylashimiz tabiiy, albatta. 
Bu borada fermerlik harakatining samaradorligini yanada oshirish, uni 
zamon talab qilayotgan yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish, bu soha oldida 
turgan muammolarni hal qilish eng muhim vazifalarimiz qatoriga kiradi. 
Ayniqsa, fermer xo‘jaliklarining ilg‘or xorijiy agrotexnologiyalar, ilm-
fan yutuqlarini har tomonlama puxta o‘zlashtirishi, ularning moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish
yoshlarni fermerlik ishiga keng jalb etish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, 
kasb-hunar 
kollejlari 
bilan 
hamkorlik 
aloqalarini 
kuchaytirish, 
fermerlarimizning kasb mahoratini, xo‘jalik yuritish, tashkilotchilik 
salohiyatini oshirish bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘lishi 
zarur. 
Aziz va muhtaram yurtdoshlar! 
Mana shunday shukuhli damlarda bizdan marhamatini ayamasdan, o‘z 
panohida asrab kelayotgani, doimo yo‘limizni ochib berayotgani uchun 
Yaratganimizga shukronalar aytamiz. 
Barchangizni bugungi yuksak mehnat g‘alabasi bilan yana bir bor 
tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, 
fayzu baraka tilayman. 
Hech qachon kam bo‘lmang, halol mehnatingizning rohatini ko‘ring, 
azizlarim, qadrdonlarim! 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin