Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLARINING RESPUBLIKA



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLARINING RESPUBLIKA 
KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA BAYRAM TABRIGI 
Aziz opa-singillar, muhtarama ayollar! 
Avvalambor, sizlarga – O‘zbekiston xotin-qizlari respublika 
konferensiyasining barcha ishtirokchilariga, sizlarning timsolingizda butun 
mamlakatimiz ayollariga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirib, anjuman 
ishiga katta muvaffaqiyatlar tilayman. 
Bundan yigirma bir yil oldin tashkil topgan O‘zbekiston Xotin-qizlar 
qo‘mitasi o‘zining joylardagi bo‘limlari va tuzilmalari bilan birga o‘tgan 
qisqa davr mobaynida, aytish mumkinki, o‘ta muhim va mas’uliyatli, ulkan 
vazifalarni amalga oshirishda ko‘pgina yutuq va marralarga erishdi. Bu 
tashkilotning 
mamlakatimiz 
ayollarining 
manfaatlari, 
huquq 
va 
erkinliklarini himoya qilish, ularning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va 
nufuzini oshirish borasidagi ko‘p qirrali faoliyati, jahon xotin-qizlar 
harakatining e’tibor markazida turgan dolzarb masalalarni hal qilishga 
qo‘shgan hissasi ayniqsa oxirgi yillarda uning xalqaro maydondagi obro‘-
e’tiborini kuchaytirishga olib keldi. 
Mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda – 
bu jamiyatni demokratik yangilash bo‘ladimi, iqtisodiyotimizni isloh 
qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini oshirish bo‘ladimi, ta’lim-
tarbiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat sohalarini rivojlantirish 
bo‘ladimi 
– 
bularning 
barchasini 
mujassam 
qilib 
aytganda, 
O‘zbekistonimiz erishgan va dunyo hamjamiyati tan olayotgan marralarni 
egallash yo‘lida butun xalqimiz qatori ayollarimizning hech narsa bilan 
qiyoslab bo‘lmaydigan hissasi borligini bugun yana bir bor chuqur 
minnatdorlik bilan e’tirof etishni zarur deb bilaman. Haqiqatan ham, ular 
o‘zlarining mehnatsevarligi, oqilalik va shukronalik fazilatlari, sabr-
bardoshi, ertangi kunga ishonch tuyg‘usi bilan barcha qiyinchilik va 
mashaqqatlarni yengib, boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotganini ko‘plab 
hayotiy misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. 
Shu borada o‘zimizga mos qadriyat va qarashlarimizni ifoda etadigan 
muhim bir masalaga e’tiborimizni qaratishni o‘rinli, deb hisoblayman. 
Har qaysi oilada go‘zallik va nafosat, mehr-muhabbat timsoli, 
xonadonlarimiz osoyishtaligining posboni bo‘lmish, bir so‘z bilan 
aytganda, oilani oilaga, jamiyatimizni jamiyatga aylantiradigan ayol zotiga 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
99
qancha tasannolar aytsak, qancha ta’zim etsak – baribir barchamiz 
o‘zimizni ular oldida doimo qarzdor, deb his qilamiz. 
Faqatgina ayol zotiga mansub bo‘lgan mana shunday noyob, betakror 
xususiyat va fazilatlarni ta’riflash va ulug‘lash, ularning kundalik 
turmushimizdagi ahamiyati va ta’sirini kuchaytirish, oilalarimizni yanada 
mustahkam qilish, shu asnoda hayotimizni har tomonlama obod, go‘zal va 
mazmunli etish – bunday dolzarb vazifalar bugungi kunda Xotin-qizlar 
qo‘mitasi ish faoliyatida e’tibordan chetda qolmasligini istardim. 
Takror-takror aytishga to‘g‘ri keladi: hozirgi vaqtda oilani, xususan, 
yosh oilalarni mustahkamlash, og‘irini yengil qilish, ular duch keladigan 
turli muammolarni yechish, zarur ko‘mak va yordam berish ham ana shu 
masalalarning uzviy bir qismi ekanini yaxshi anglab olishimiz lozim. 
Hech kimga sir emas, har bir ota-onaning ezgu orzusi bo‘lgan sog‘lom 
va barkamol avlodni voyaga yetkazish, onalik va bolalikni himoya qilish 
singari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishda 
xotin-qizlar tashkilotlari va uning joylardagi bo‘linmalari faoliyatining 
samarasini yanada kuchaytirishni bugun hayotning o‘zi talab etmoqda. 
Muhtarama opa-singillarimizning o‘z bilim va professional malakasini, 
salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari uchun, ayollarimiz, yosh 
qizlarimizni ayniqsa qishloq joylarda ish bilan ta’minlash, kasanachilik, 
oilaviy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar 
tug‘dirib berish bugungi kunning eng dolzarb vazifalari qatoriga kiradi. 
Hozirgi vaqtda dunyoda va mintaqamizda vaziyat tobora keskinlashib, 
o‘zaro qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir sharoitda 
oilalarda, mahallalarda faol ish olib borish, yosh avlodimizni turli zararli 
oqim va ta’sirlardan saqlash, azal-azaldan xalqimizga mansub bo‘lgan 
insoniy fazilatlarni asrash qanday muhim ahamiyat kasb etayotganini, 
o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada bolalarimizni, 
ayniqsa, qiz bolalarni sog‘lom ruhda tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim 
va 
kasb-hunarlarni, 
hayotda 
o‘z 
munosib 
o‘rnini 
egallashiga 
ko‘maklashish, 
urf-odat 
va 
marosimlarni 
davr 
talablari 
bilan 
uyg‘unlashtirish Xotin-qizlar qo‘mitasi, uning joylardagi vakillari va 
faollari, diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilar oldida turgan eng 
muhim vazifadir. 
Bugungi anjumanda sizlar ayni shu yo‘nalishda olib borayotgan 
ishlaringizga tanqidiy baho berib, xotin-qizlar tashkilotlari faoliyatini 
yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan amaliy qarorlar qabul 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
100
qilasiz, deb ishonaman. 
Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, ishlaringizda yangi 
muvaffaqiyatlar tilayman. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
101

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin