www.ziyouz.com
kutubxonasi
169
Mana shunday o‘ta og‘ir va tahlikali bir vaziyatda Afg‘onistonda
joylashgan, asosan AQSh va Yevropa davlatlarining AYSEF deb nom
olgan harbiy kuchlarini yaqinda Afg‘oniston
hududidan chiqarish
jarayonining boshlanishi kutilmoqda. Bu Afg‘onistonda yangi qarama-
qarshilikning avj olishiga, turli millat va elatlar o‘rtasidagi
ziddiyat va
tortishuvlarni yanada kuchaytirishga olib kelishi mumkin.
O‘z-o‘zidan ayonki, bunday holat Afg‘oniston atrofidagi mamlakatlar
hududida ham keskinlik va katta muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
O‘zbekistonning Afg‘oniston davlatiga nisbatan olib borayotgan
siyosati aniq va ochiq, dedi mamlakatimiz rahbari.
O‘zbekiston
Afg‘onistonning
ichki
ishlariga
aralashmaslik,
Afg‘onistonga qarshi qaratilgan turli harbiy-siyosiy birlashmalarda
qatnashmaslik,
Afg‘oniston bilan aloqalarimiz va hamkorligimizni
faqatgina ikki tomonlama asosda tashkil qilish, afg‘on xalqi tanlagan
hukumatni qo‘llab-quvvatlash siyosatini o‘ziga ma’qul topadi.
Bunday yondashuv, bunday pozitsiya bizning
mamlakatimizda qabul
qilingan qonunlar bilan muhrlab qo‘yilgan.
Ayni shunday siyosatni olib borishni:
- kimningdir “o‘yin”lariga qo‘shilmaslik;
- qo‘shnilarimiz bilan tinch-osoyishta yashash;
- el-yurtimizning tinchligi va manfaatlarini himoyalash;
- yaqin tariximizning saboqlari va boshimizdan kechirayotgan o‘ta
murakkab zamonning o‘zi talab qilmoqda.
Prezidentimiz bunday siyosat va maqsadlarni hayotga tatbiq etishda
barchamizga kuch-quvvat bag‘ishlaydigan omil va mezonlar haqida ham
to‘xtalib o‘tdi.
Avvalo, O‘zbekistonimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lida
qanday ulkan,
boshqalarning havasini tortadigan yutuq va marralarga erishgan bo‘lsa,
Dostları ilə paylaş: