bularning barchasining negizi – yurtimizda tinch va osuda hayot,
millatlar
va
fuqarolararo
totuvlik,
o‘zaro
mehr-oqibat
va
hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizda.
Albatta, tinch va osoyishta hayot, barqarorlik o‘z-o‘zidan
bo‘lmaydi. Buning uchun barchamiz shu musaffo osmonni saqlash,
asrash uchun kurashishimiz, fidoyilik ko‘rsatishimiz darkor.
Ikkinchidan, har qanday keskinlik, qarama-qarshilik va ofat kelishini
uzoqdan anglab, ularning oldini olishga doimo harakat qilishimiz
kerak. Buning uchun hamisha sezgir, ogoh va uyg‘oq bo‘lishimiz,
www.ziyouz.com
kutubxonasi
170
beparvolikka, beg‘amlikka yo‘l qo‘ymasligimiz zarur.
Uchinchidan, kundalik hayotimizdan saboq chiqarib, ertangi
kunimizning, kelajagimizning mustahkam poydevorini bugun yaratib,
bu Vatan meniki, uni har qanday balo-qazolardan asrash, himoyalash
uchun men kurashmasam, kim kurashadi, degan da’vat bilan yashash
barchamizning,
avvalambor,
yoshlarimizning
–
mening
farzandlarimning burchiga aylanishini istardim, dedi davlatimiz
rahbari.
Bugun el-yurtimiz o‘z tarixida boshidan kechirgan misli ko‘rilmagan
sinov va suronli kunlarni yana va yana bir bor o‘zimizga tasavvur qilar
ekanmiz, ishonchimiz komil – O‘zbekistonimiz o‘z ozodligi, o‘z qadr-
qimmati uchun hamisha mardlik va matonat ko‘rsatib kelgan, hech
kimga bosh egmagan va hech qachon bosh egmaydi.
Mening istagim: ana shu go‘zal va betakror yurtimizda yashayotgan
har qaysi inson baxtli bo‘lsin, har qaysi oilaga tinchlik-xotirjamlik, fayzu
baraka doim yor bo‘lsin, dedi pirovardida Islom Karimov.
Shu kuni Motamsaro ona haykali poyi anvoyi gullarga burkandi. Yurt
ozodligi va ravnaqi uchun jon fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasiga
hurmat bajo etish uchun kelgan ziyoratchilarning qadami kechga qadar
uzilmadi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
171
Dostları ilə paylaş: |