Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

O‘ZBEKISTON G‘ALLAKORLARIGA 
Qadrli do‘stlar! 
Siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barcha dala mehnatkashlarini 
rizq-ro‘zimiz va boyligimiz manbai, dasturxonlarimizning to‘kinligi, 
to‘qchilik belgisi bo‘lmish g‘alladan 7 million 610 ming tonnadan ziyod 
yuksak xirmon bunyod etib, ulkan mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritganingiz 
bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. 
Bugun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi bor mana 
shunday misli ko‘rilmagan natijaga erishib, ko‘pchilik viloyat va 
tumanlarda, 
fermer 
xo‘jaliklarida 
hosildorlikni 
yuksak 
darajaga 
yetkazganimiz fidoyi dehqon va fermerlarimiz qanday buyuk ishlarga 
qodir ekanini namoyon etib, butun xalqimizning kayfiyati va ruhini 
ko‘tardi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Xalqimizga mansub bo‘lgan azaliy qadriyatga ko‘ra, nonni aziz va 
tabarruk ne’mat sifatida qadrlab, e’zozlab, uni doimo ko‘ziga to‘tiyo qilib 
yashaydigan el-yurtimiz bu yutuq qanday og‘ir va mashaqqatli 
mehnatingiz, azmu shijoatingiz evaziga qo‘lga kiritilganini yaxshi biladi va 
yuksak baholaydi. 
Haqiqatan ham, bu yilgi mavsumda o‘rtacha hosildorlikni 55 sentnerga 
yetkazganingiz, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 500 ming tonna ko‘p g‘alla 
olishga erishganingiz har qancha tahsin va tasannolarga munosibdir. 
Aziz do‘stlarim, qadrdonlarim! 
Joriy yilda barpo etilgan ulkan g‘alla xirmonini 90-yillarda 
mamlakatimizda shu borada mavjud bo‘lgan holat bilan qiyoslab, 
solishtiradigan bo‘lsak, bizning tarixan qisqa davrda tasavvur qilishning 
o‘zi ham qiyin bo‘lgan buyuk yo‘lni bosib o‘tganimiz, bu g‘alabaning 
naqadar yuksak, yurtimiz uchun naqadar qadrli ekani yana va yana bir bor 
ayon bo‘ladi. 
1991-yilda, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan kunlarda 
o‘lkamizda jami 940 ming tonna g‘alla yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 
bor-yo‘g‘i 17 sentnerni tashkil etganini, respublikamiz don va un ta’minoti 
bo‘yicha butunlay Markazga qaram bo‘lib kun kechirganini o‘zimizga 
faraz qilsak, o‘tgan yillar mobaynida g‘alla mustaqilligini qo‘lga 
kiritganimiz, hosildorlik 3 karradan ko‘proq oshgani, umumiy hosil 7 
barobardan ziyod ko‘paygani, hozirgi vaqtda nafaqat o‘z ehtiyojimizni 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
179
ta’minlash, ayni paytda xorijiy davlatlarga don eksport qilishga 
erishganimiz bizning qanday yuksak marralarni zabt etganimizdan yaqqol 
dalolat beradi va o‘zgalarning hayratini tortadi. 
Albatta, qo‘lga kiritilgan bunday ulkan natijalarning asosiy omil va 
mezonlari nimalardan iborat, degan tabiiy savol tug‘iladi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bizning bugungi kunda 
dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan, rivojlanishning “o‘zbek 
modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘lini, demokratlashtirish va 
yangilanish yo‘lini tanlaganimiz, xalqimizning hayot darajasi va sifatini 
yuksaltirish maqsadida chuqur o‘ylangan, keng ko‘lamli islohot va 
o‘zgarishlarni avvalo iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lmish qishloq 
xo‘jaligidan boshlaganimiz mana shunday yutuqlarimizning negizini 
tashkil etmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 
O‘zini oqlamagan eski tizimning o‘zagi bo‘lgan mulkchilik 
shakllaridan voz kechib, bozor munosabatlari va xususiy mulkchilikni joriy 
etganimiz 
qishloq 
xo‘jaligida 
mutlaqo 
yangi 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarini rivoj toptirishda, eng muhimi, qishloq ahlining butunlay 
yangicha fikrlash, o‘z mehnatiga yangicha qarashini shakllantirishda eng 
asosiy va muhim omil bo‘ldi. 
Shu borada fermerlik harakatiga keng yo‘l ochib berganimiz, uni 
mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun huquqiy, tashkiliy va moliyaviy 
zamin yaratib berganimiz, bu harakatni har tomonlama rag‘batlantirib, 
qo‘llab-quvvatlaganimiz bugungi kunda uning qishloq xo‘jaligida chindan 
ham hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqishida, dehqon o‘zini haqiqiy 
yer egasi, mulk sohibi deb his qilishida, fermerlarni, ta’bir joiz bo‘lsa, 
jamiyatimizning tayanchiga aylantirishda beqiyos ahamiyat kasb etdi. 
Shu ma’noda, barchamizni boqadigan, jamiki noz-ne’mat va 
boyliklarning bunyodkori bo‘lmish dehqon va fermerlarimizning 
dunyoqarashi, ongu tafakkuri, hayotga munosabati, siyosiy saviyasi va 
ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani bugun qo‘lga kiritayotgan ulkan 
marralarimizning asosiy sharti va garovi bo‘lmoqda, desak, hech qanday 
xato bo‘lmaydi. 
Aytish kerakki, bu yilgi mavsum o‘tgan mavsumlarga nisbatan oson 
bo‘lgani yo‘q. G‘allakorlarimiz tabiat va iqlim qiyinchiliklari bilan bog‘liq 
turli sinovlarni yengib o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Qish faslida havoning 
sovuqlik darajasi me’yoridan ortiq bo‘lgani, mart oyida esa haroratning 
odatdagidan ko‘ra pasayib ketgani, do‘l va jalalar yog‘ishi dehqonlarimiz 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
180
uchun jiddiy tashvish va muammolar tug‘dirdi. 
Ayni shunday murakkab sharoitda dala mehnatkashlari avvalo ishni 
to‘g‘ri 
tashkil 
qilish, 
zamonaviy 
agrotexnologiyalardan 
samarali 
foydalanish hisobidan hosilni saqlab qolishga va belgilangan marralarni 
egallashga muvaffaq bo‘ldilar. 
Bu haqda gapirganda, mavsum davomida g‘allazorlarga jami 12 
million tonna, har gektar maydonga o‘rtacha 10 tonnadan ortiq mahalliy 
o‘g‘it berilgani, dehqonlarimizning har tup ko‘chat ustida parvona bo‘lib, 
o‘zini ayamasdan mehnat qilganini minnatdorlik bilan ta’kidlash lozim. 
Albatta, mana shunday yuksak xirmon yaratishga erishganimizning 
omillari haqida so‘z yuritganda, oxirgi yillarda yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash, seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, g‘alla 
navlarini har bir hududning iqlim va tuproq sharoitini, suv bilan 
ta’minlanish darajasini inobatga olgan holda joylashtirish, zamonaviy 
texnika, 
yangi 
kombaynlar, 
mineral 
o‘g‘itlar, 
yoqilg‘i-moylash 
materiallarini o‘z vaqtida yetkazib berish, hashorat va zararkunandalarga 
qarshi kurashish – albatta, bularning barchasi amaliy samarasini berganini 
unutmasligimiz kerak. 
Ishning ko‘zini bilib amalga oshirilgan ana shunday muhim chora-
tadbirlar tufayli barcha viloyat, jumladan, nisbatan og‘ir sharoitda bo‘lgan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati g‘allakorlari ham 
davlatga don sotish shartnoma majburiyatini bajarishga erishdilar. 
Ayniqsa, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, 
Buxoro va Toshkent viloyatlarida sug‘oriladigan yerlarda hosildorlik 
o‘rtacha 57-63 sentnerni tashkil qilganini bu yilgi mavsumning eng muhim 
natijasi sifatida baholash o‘rinlidir. 
Boshqalarga ibrat va namuna bo‘lgan Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi, 
Sariosiyo, Vobkent, Yakkabog‘, Qarshi, Oltinko‘l, Ishtixon, Paxtaobod, 
Izboskan, Baliqchi, Oqdaryo, Uchko‘prik, Koson, Do‘stlik, Romitan, 
Toshloq, Furqat, Piskent, Yuqorichirchiq, Xatirchi tumanlarida hosildorlik 
60-75 sentnerdan oshganini alohida qayd etish joiz. 
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Hosil”, “Shakar ota”, Uchko‘prik 
tumanidagi “Farovon hayot sari”, Norin tumanidagi “Ahmadjon Alijon ota 
o‘g‘li”, Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Gulxumor”, Buvayda tumanidagi 
“Yoqubjon ota”, Oltinko‘l tumanidagi “Namuna serhosil yeri”, Jondor 
tumanidagi “Baxtiyor Yarash o‘g‘li”, Do‘stlik tumanidagi “Omonturdi 
ota”, Xatirchi tumanidagi “Tasmachi iqboli”, O‘rtachirchiq tumanidagi 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
181
“Ibrohim Abdurahmonov” kabi o‘nlab fermer xo‘jaliklarida gektaridan 100 
sentner va undan oshirib hosil olingani yurtimiz dehqonlarining haqiqiy 
omilkorlik fazilatlari va mehnat jasoratining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. 
Eng asosiysi, yetishtirilgan jami hosilning qariyb 50 foizi yoki 3 
million 524 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldirilganini 
dehqonlarning 
omborlari 
donga, 
ro‘zg‘orlari 
qut-barakaga 
to‘lib 
borayotgani, ular o‘z mehnatidan katta manfaat ko‘rayotganining yorqin 
dalili sifatida qabul qilamiz. 
Qadrli va muhtaram do‘stlarim! 
Ishonchim komil – bugungi quvonchli ayyomda siz, aziz 
g‘allakorlarimiz, dehqon va fermerlarimiz erishgan bu ulkan g‘alaba 
O‘zbekistonimizda kattayu kichik barchani, kasbu kori, vazifasidan qat’i 
nazar, hech kimni befarq qoldirmaydi. 
Bugun el-yurtimizning tilida va dilida sizlarning sha’ningizga 
bag‘ishlab, “Barakalla, barchamizni qoyil qoldirdingiz, hech qachon kam 
bo‘lmang!” deb aytiladigan his-tuyg‘ular, ezgu tilaklar mujassam, desam, 
o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘laman. 
Mana shunday xursandchilik kunda siz, mirishkor dehqon va 
fermerlarni, 
mexanizator 
va 
kombaynchilarni, 
qishloq 
xo‘jaligi 
mutaxassislarini, yuksak xirmonga munosib hissa qo‘shgan barcha-barcha 
yurtdoshlarimizni bag‘rimga bosib, yana bir bor samimiy tabriklayman. 
Fidokorona va halol mehnatingiz uchun o‘z nomimdan, butun xalqimiz 
nomidan ta’zim qilaman. 
Doimo sog‘-omon bo‘ling, azizlarim, qadrdonlarim! 
Go‘zal va betakror, muqaddas Vatanimizni, zahmatkash va olijanob 
xalqimizni Yaratganimiz doimo o‘z panohida asrasin! 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
182

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin