ZAMONAVIY, GO‘ZAL VA BETAKROR
Poytaxtimizda
“Bunyodkor”
sport
kompleksining
ochilishiga
bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.
Dunyoda sport turlari ko‘p. Lekin ular orasida futbol o‘zining jozibasi
bilan alohida ajralib turadi. Umrida biror marta futbol o‘ynamagan yoxud
uni tomosha qilmagan odamni uchratish mushkul. Futbol mamlakat shon-
shuhratini dunyoga keng namoyon etuvchi kuchli va ta’sirchan
vositalardandir.
Toshkentda
2012-yil
28-sentabr
kuni
“Bunyodkor”
sport
kompleksining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq
so‘zladi.
– Bugun biz o‘zbek sporti hayotida, qolaversa, O‘zbekiston tarixida
chuqur iz qoldirayotgan katta voqea – “Bunyodkor” deb nom olgan yangi,
zamonaviy, go‘zal va betakror sport majmuasini ishga kiritish marosimiga
to‘plandik, – dedi Islom Karimov. – Bu unutilmas voqeaning ahamiyati va
mohiyatiga ramziy ma’no va mazmun beradigan yana bir sana – ayni shu
kunlarda ko‘pgina ma’lumotlarga ko‘ra o‘zbek futbolining maydonga
chiqqaniga roppa-rosa 100-yil to‘lishi, hech shubhasiz, barchamizga
alohida ruh va xursandchilik bag‘ishlaydi, bugungi marosimni haqiqiy
tantana darajasiga ko‘taradi.
Shu fursatdan foydalanib, ushbu marosimda qatnashayotgan siz
azizlarga qaratib qalbimdagi so‘zlarni aytmoqchiman.
Avvalo, mana shu fayzli va shukuhli oqshomda sizlar bilan – qadrli
hamyurtlarim, sport va futbol ishqibozlari bilan birga bugungi tantanada
qatnashish men uchun katta baxtdir.
Bunday ulug‘vor va hashamatli, o‘zida 7 ta zamonaviy futbol
maydonini, bolalar va o‘smirlar futbol maktabi, yotoqxonalar, basseyn va
boshqa bir qator kerakli ob’ektlarni mujassam etgan, jami 56 gektar yerni
egallagan bu majmua poytaxtimiz – azim Toshkentimizda qisqa davrda qad
rostlagani, haqiqatan ham barchamizga mo‘jizaday tuyuladi.
Dunyodagi eng zamonaviy sport maskanlaridan kam joyi yo‘q, yirik
xalqaro turnirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga moslashgan bu buyuk
inshootga boqib, biz kim edik, bugun kim bo‘ldik, mustaqil bo‘lib
taraqqiyot yo‘lida nimalarga, qanday yuksak marralarga erishdik, degan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
shukronalik hissiyoti beixtiyor qalbimizni to‘ldiradi, desam, adashmagan
bo‘laman, dedi Prezidentimiz.
Hech shubhasiz, bunday go‘zal, har qanday yuksak talablarga javob
beradigan salobatli va ko‘rkam sport majmuasini barpo etganimiz biz
uchun eng ustuvor, eng oliy maqsad bo‘lmish bolalarimizni, yoshlarimizni
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom avlod etib o‘stirish,
sportchilarimiz, futbolchilarimizning jahon sport maydonlarida yuksak
marralarni egallashiga, O‘zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro‘-
e’tiborini yanada yuksaltirishning garovi sifatida xizmat qilajak.
Lo‘nda qilib aytganda, bunday zamonaviy inshootlar O‘zbekistonning
kuch-qudratini mustahkamlashda, “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”
degan shiorni amalga oshirishda ishonchli zamin bo‘lajak.
Davlatimiz rahbari butun xalqimizning dilidagi orzu-istaklarni ifoda
etar ekan, mamlakatimizda bunday buyuk inshootlar ko‘payishini, yurtimiz
ko‘rkiga
ko‘rk
qo‘shishini,
ular
xalqimizga
xizmat
qilishini,
sportchilarimizga yanada yuksak g‘alabalar yor bo‘lishini, bundan sport
muxlislari qalbida faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urishini tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi.
Yirik ekranda mustaqil O‘zbekistonning ulkan yutuqlari, bunyod
etilgan noyob inshootlar, amalga oshirilgan islohotlar natijalari, tobora
chiroy ochib borayotgan shahar va qishloqlarimiz, Vatanimiz taraqqiyoti
yo‘lida samarali mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoshlarimizning hayoti,
mamlakatimiz yoshlarining turli sohalarda erishayotgan zafarlari,
yurtimizda sportni ommalashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni aks
ettiruvchi videotasvirlar namoyish etildi.
Maydonga “Bunyodkor” va “Paxtakor” futbol jamoalari chiqib keladi.
Mamlakatimizning ikki yetakchi klubi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi
3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning futbolni rivojlantirishga
qaratayotgan doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligi o‘zining yuksak samaralarini
bermoqda. FIFA referisi Ravshan Ermatovning jahon futbolidagi yuksak
mavqei,
nogiron-amputant
futbolchilarimiz
ikki
marotaba
jahon
chempionligiga sazovor bo‘lgani, yosh futbolchilarimizning Meksikada
o‘tgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki, «Bunyodkor»,
«Paxtakor», «Neftchi», «Nasaf» kabi klublarimizning Osiyo chempionlar
ligasi va Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi bellashuvlaridagi qiziqarli
o‘yinlari buning dalilidir.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
Prezidentimizning 2006-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekistonda
futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq tuzilgan Futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
tomonidan bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, yangi o‘quv-
mashg‘ulot maskanlarini bunyod etish, futbol maktablari moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash borasida katta hajmdagi ishlar amalga
oshirilayotir.
Davlatimiz rahbarining 2011-yil 19-yanvarda qabul qilingan 2011-
2013-yillarda mamlakatimizda futbolni rivojlantirish va moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga doir
qaroriga muvofiq yangi stadionlar barpo etilmoqda, mavjudlari
rekonstruksiya qilinmoqda, bolalar va o‘smirlar futbol maktablarini
zamonaviy sport inventarlari bilan ta’minlash, malakali murabbiylar va
hakamlar tayyorlash ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan keng ko‘lamli
ishlar olib borilmoqda.
Mustaqilligimizning 21-yilligi arafasida Toshkentda qurib bitkazilgan
“Bunyodkor” sport kompleksi mazkur yo‘nalishda izchil davom etayotgan
ishlarning amaldagi yana bir yorqin ifodasidir. Ushbu muhtasham majmua
barcha futbol muxlislariga, butun xalqimizga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Prezidentimiz Islom Karimov g‘oyasi va takliflari asosida barpo
etilgan “Bunyodkor” sport majmuasi o‘zining noyob me’moriy va
muhandislik yechimi, betakror dizayni bilan poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk
qo‘shdi. Eng zamonaviy talablar asosida barpo etilgan ushbu majmuada
futbolchilar, murabbiylar, hakamlar, muxlislar uchun barcha sharoitlar va
qulayliklar yaratilgan.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
Dostları ilə paylaş: |