Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA 
Qadrli ustoz va murabbiylar! 
Muhtaram yurtdoshlar! 
Bugun, mana shu qutlug‘ ayyomda barchamiz uchun eng aziz, eng 
qadrli bo‘lgan farzandlarimizga bilim va tarbiya berishdek ulug‘ ishga 
butun borlig‘ini bag‘ishlagan siz, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylarni 
chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman. 
Aziz do‘stlar! 
Haqiqatan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkita buyuk 
kasb – shifokorlik va o‘qituvchilik kasbi borki, ular, toki hayot bor ekan, 
o‘zining ma’no-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech 
qachon yo‘qotmaydi. 
Bugun biz O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb nom olgan go‘zal 
bayramimizni nishonlar ekanmiz, o‘zining iste’dodi va mahoratini, ko‘z 
nuri va qalb qo‘rini baxsh etib, yosh avlodimizga bilim, ilmu fan sirlari va 
odamiylik saboqlarini o‘rgatadigan sizdek mo‘tabar zotlarga har qancha 
tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta. 
Shu bois bugun sizlarning qo‘lingizda ta’lim va tarbiya, hayotga 
yo‘llanma olgan, o‘zini sizlarning oldingizda umrbod qarzdor deb his 
etadigan barcha insonlar nomidan, o‘quv maskanlarida ta’lim olayotgan 
millionlab o‘quvchilar nomidan “Rahmat sizga, muallim, ta’zim sizga, 
ustozlar!” deb minnatdorlik bildirishimiz har tomonlama o‘rinlidir. 
O‘zbekistonimizning taraqqiyoti yo‘lida, biz o‘z oldimizga maqsad 
qilib qo‘ygan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarilishdek 
ulug‘vor vazifani amalga oshirishda siz azizlarning qo‘shayotgan beqiyos 
hissangizni baholash uchun yana bir fikrga alohida to‘xtalish zarur, deb 
bilaman. 
Hech kimga sir emas, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, 
mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga 
ega bo‘lgan yoshlargina mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi 
mumkin. 
Ana shunday o‘ta og‘ir va o‘ta dolzarb, istiqbolimizni hal qiladigan 
maqsadga erishish uchun ta’lim sohasida chuqur va puxta o‘ylangan milliy 
dasturlarimizni tayyorlash va amalga oshirishda bizning oxirgi 15-yil 
davomida qilgan ishlarimizni butun dunyo tan olmoqda. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23
Buning yaqqol tasdig‘ini shu yil fevral oyida Toshkent shahrida 
“Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – 
mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng 
muhim sharti” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya misolida 
ko‘rish mumkin. Ana shu anjumanda BMT va boshqa nufuzli xalqaro 
tashkilotlarning vakillari, dunyodagi eng dong‘i chiqqan universitetlarning 
olim va professorlari tomonidan O‘zbekistonning bu sohada erishgan 
yutuqlari, mamlakatimizning ta’lim modeli yuksak e’tirof etilgani 
Vatanimizning jahondagi obro‘-e’tiborini yangi bosqichga ko‘tarishga 
katta xizmat qildi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. 
Yoshlarimizning ongu tafakkurini, butun hayotini tubdan o‘zgartirib 
borayotgan, ilg‘or xorijiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
o‘zida mujassam etgan bunday dasturlarni amalga oshirish avvalo siz 
azizlarning og‘ir va murakkab mehnatingiz evaziga bo‘layotganini hech 
kim hech qachon inkor etolmaydi. Va sizlarning bu ezgu maqsadga 
erishish yo‘lidagi olijanob xizmatlaringizni, yurtimizda erkin, obod va 
farovon hayot qurish borasida ko‘rsatayotgan fidoyiligingizni jamiyatimiz, 
xalqimiz doimo yuksak qadrlaydi. 
Shu ma’noda, 1-oktabr sanasini bundan 16-yil oldin mamlakatimizda 
O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilganimiz 
siz, azizlarga, sizlarning mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli 
mehnatingizga el-yurtimiz, shaxsan o‘zimning yuksak hurmat va 
ehtiromimning yaqqol ifodasi, desam, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. 
O‘zbekistonning ta’lim sohasiga qaratayotgan ulkan e’tiborini tasavvur 
qilish uchun quyidagi ba’zi bir raqamlarni keltirish o‘rinli, deb o‘ylayman. 
Mamlakatimizda har yili davlat byudjeti xarajatlar qismining 35 
foizdan ziyodi ta’lim sohasiga yo‘naltirilmoqda. Keyingi o‘n yilda 
o‘qituvchi va murabbiylarning maoshi iqtisodiyotimizning real sohasidagi 
ish haqi miqdoridan o‘rtacha 1,5 barobar ko‘p o‘sgani, pedagog xodimlar 
mehnatini baholash va rag‘batlantirishning zamonaviy tizimi joriy 
etilganini alohida qayd etish lozim. 
Shu o‘rinda yana bir misolga e’tiboringizni jalb etmoqchiman. 
O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga 
yo‘naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini 
tashkil etmoqda. Vaholanki, dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda bu 
ko‘rsatkich 2-5 foizdan oshmaydi. 
Keyingi yillarda mamlakatimizda 9763 ta umumta’lim maktabi, 300 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
dan ziyod musiqa va san’at maktabi, 143 ta akademik litsey, 1406 ta kasb-
hunar kolleji, 59 ta oliy o‘quv yurtida katta hajmdagi qurilish va 
rekonstruksiya ishlari olib borilgani, ularning moddiy-texnik va o‘quv-
metodik bazasi mustahkamlanib borayotgani ta’lim tizimida biz amalga 
oshirayotgan islohotlarning miqyosi va ko‘lami naqadar ulkan ekanidan 
dalolat beradi. 
Qadrli vatandoshlar! 
Bugun dunyoda, yon-atrofimizda ro‘y berayotgan notinchlik, qarama-
qarshilik va ziddiyatlar, hech shubhasiz, hammamizni o‘ylantirishi tabiiy. 
Men siz, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylarni bu muammolarning 
barchasini qalbidan, yuragidan o‘tkazib, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib 
yashaydigan insonlar sifatida bilaman. 
Ayrim qabih kuchlar tomonidan o‘zining strategik maqsadlarini 
ko‘zlab, yovuz niyat bilan amalga oshirilayotgan bunday g‘arazli ishlardan 
xalqimizni, ayniqsa yoshlarimizni ogoh etish, millat va elatlarni bir-biriga 
qarama-qarshi qo‘yishga urinishlarning haqiqiy ma’nosini, ularning 
qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ochib berishda, 
odamlarni hushyor va sezgir bo‘lib yashashga, musaffo osmonimizni, tinch 
hayotimizni ko‘z qorachig‘idek asrash va qadrlashga da’vat etishda men 
birinchi navbatda sizlarga ishonaman va bundan buyon ham barchangizni 
o‘zimning maslakdoshim, deb bilaman. 
Men davlat rahbari sifatida siz jonkuyar muallim, murabbiy va 
domlalarning, barcha ma’rifat ahlining o‘z tanlagan kasbingizdan rozi va 
mamnun bo‘lib yashashingiz uchun, Vatan oldida, kelajak oldida 
qilayotgan ulug‘ xizmatlaringizni munosib taqdirlash, hayotimizda yuksak 
obro‘-e’tibor topishingiz uchun ham qonuniy, ham moddiy, ham amaliy 
zamin tug‘dirib berishni o‘zimning nafaqat vazifam, balki sharafli 
burchim, deb hisoblayman. 
Aziz va muhtaram ustozlar! 
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan 
yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu 
saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman. 
Umringizdan baraka toping, hech qachon kam bo‘lmang, qadrli 
ustozlar! 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin