XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA VILOYATI
KENGASHINING SESSIYASI
Shu yil 14-dekabr kuni xalq deputatlari Farg‘ona viloyati
Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq
so‘zladi.
Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatida sanoat, qurilish, qishloq
xo‘jaligi
tarmoqlarida,
kichik
biznes
va
xususiy
tadbirkorlikni
rivojlantirish, qishloqlarda zamonaviy uylar barpo etish, aholi bandligini
ta’minlash,
shuningdek,
ijtimoiy
sohalarda
salmoqli
natijalarga
erishilayotganini ta’kidladi.
Joriy yilning yakuni bo‘yicha viloyatda yalpi hududiy mahsulot 106,7
foiz, jumladan, qishloq xo‘jaligida 107,5 foiz, xizmatlar bo‘yicha 117,2
foizni tashkil etishi, pudrat ishlarida esa 12 foiz o‘sishga erishish
kutilayotganini qayd etish lozim, dedi davlatimiz rahbari. Viloyatda yalpi
hududiy mahsulot hajmi 2000-yilga nisbatan 1,7 barobar oshdi.
Prezidentimiz o‘z nutqida viloyatda amalga oshirilayotgan ulkan
ishlarni qayd etish bilan birga oldinda turgan vazifalar, yechimini
kutayotgan muammolar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov tavsiyasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimi
vazifasini bajarib kelayotgan Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyati hokimi
etib saylandi.
Sessiyada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati
bo‘limi raisi Enaxon Siddiqova, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona
viloyati bo‘limi raisi Akramjon Yo‘lbarsov, Farg‘ona davlat universiteti
talabasi Go‘zalxon Ergasheva so‘zga chiqib, Prezidentimiz nutqida
Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlari har tomonlama chuqur tahlil etilib, istiqboldagi dolzarb
vazifalar aniq belgilab berilganini, viloyat ahli bildirilgan fikrlardan to‘g‘ri
xulosa chiqarib, islohotlar samarasini yanada yuksaltirish, barcha soha va
tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish uchun
astoydil mehnat qiladi, deb ta’kidladilar.
Prezidentimiz Islom Karimov shu kuni Farg‘ona shahri markaziy
qismini rekonstruksiya qilish dasturiga asosan amalga oshirilayotgan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
63
bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Qurilish va shaharsozlik ishlarida Farg‘onaning o‘ziga xos tabiiy iqlim
sharoitini e’tiborga olish lozim, dedi Islom Karimov. Shu bilan birga,
landshaft arxitekturasidan keng foydalanish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini
tizimli tashkil qilish shaharda olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik
ishlari jarayonida doimiy e’tibor markazida bo‘lishi darkor.
Davlatimiz rahbari yangi barpo etilayotgan stadion va san’at saroyi
qurilishi bilan ham tanishib, mazkur inshootlar qurilishini yanada
takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
Dostları ilə paylaş: |