Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

O‘ZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI 
Aziz yurtdoshlarim! 
Qadrli do‘stlar! 
Yangi yilga sanoqli daqiqalar qolgan mana shu shukuhli damlarda 
yurtimizga qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan 2013-yil bilan siz, 
azizlarni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur 
hurmatimni bildirish, samimiy tilaklarimni izhor etish men uchun katta 
sharaf, katta baxtdir. 
O‘tgan davr mobaynida boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida 
ro‘y bergan voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni baholar ekanmiz, o‘z 
poyoniga yetayotgan 2012-yilni shukronalik tuyg‘usi bilan, mamnuniyat 
bilan kuzatishga to‘liq asoslarimiz bor. 
Buning isbotini avvalambor Vatanimizning oldida turgan buyuk 
maqsad va muddaolarga erishish, zamonaviy, erkin va mustaqil davlat, 
fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan ulkan 
ishlarimizda, iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sishida, 
aholimizning yashash darajasi va sifati yuksalishida, yurtimizning qiyofasi 
tobora chiroy ochayotganida, mamlakatimizning xalqaro maydonda obro‘-
e’tibori va o‘rni kuchayib borayotganida ko‘rishimiz, anglashimiz qiyin 
emas. 
Shu borada bir haqiqatni hech ikkilanmasdan aytishni o‘zimning 
burchim deb bilaman. 
O‘zbekistonimizning bugungi kunda butun dunyo tan olayotgan 
yuksak marralarga erishishida, bir so‘z bilan aytganda, obod va farovon 
hayot barpo etishda avvalo shu saxovatli zaminda yashayotgan har qaysi 
insonning munosib hissasi borligini, bu yutuqlarning barchasiga 
xalqimizning kundalik og‘ir va mashaqqatli mehnati, mardligi va matonati, 
bir yoqadan bosh chiqarib, yagona oila bo‘lib, yurtimizda hukm surayotgan 
tinchlik va osoyishtalikni, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni ko‘z 
qorachig‘idek asrab yashayotganimiz mustahkam zamin bo‘layotganini 
hech qachon unutmasligimizni istardim. 
Mamlakatimizning 
taraqqiyot 
sur’atlarini, 
hayotimizda 
ro‘y 
berayotgan tub o‘zgarish va yangilanishlarning miqyosi va ko‘lamini 
o‘zimizga tasavvur qilish uchun birinchi navbatda quyidagi raqam va 
ko‘rsatkichlarga e’tibor berishimizni o‘rinli, deb bilaman. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65
2012-yilda jahon miqyosida moliyaviy va iqtisodiy inqiroz davom 
etayotgan bir paytda, ko‘pchilik mamlakatlarda o‘sish o‘rniga pasayish 
holatlari yuz berayotganiga, jiddiy ijtimoiy muammolar va yon-atrofimizda 
keskinlik, turli qarama-qarshilik kuchayib borayotganiga qaramasdan
O‘zbekistonimizda iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, bu 
boradagi ko‘rsatkich 8,2 foizni, oxirgi uch yil yakuni bilan 27,7 foizni 
tashkil etganining o‘zi ortiqcha ta’riflashga va izohlashga o‘rin 
qoldirmaydi. 
O‘tayotgan yilda davlat byudjeti umumiy xarajatlarining 59 foizi 
aynan 
sotsial sohalarga, 
ya’ni aholining ehtiyojini qondirishga 
yo‘naltirilganini alohida ta’kidlash lozim, deb hisoblayman. 
Faqatgina joriy yilning o‘zida aholimizning real, ya’ni amaldagi 
daromadlarining o‘rtacha 17,5 foizga oshgani, davlat byudjetidan oylik 
oladigan xodimlarning ish haqi, nafaqa va stipendiyalar miqdori o‘rtacha 
26,5 foizga o‘sganini qayd etish zarur. 
Daromadlar oshishi bilan aholimizning banklarda saqlanayotgan 
omonatlari hajmi o‘tayotgan yilda 34,6 foizga, oxirgi uch yilda esa 2,4 
karraga ko‘paygani hayotimiz tobora farovon bo‘lib borayotganining 
yaqqol ko‘rsatkichi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. 
O‘z yakuniga yetayotgan yilda mamlakatimiz miqyosida 9,3 million 
kvadrat metr, shu jumladan, qishloq joylarda 7,2 million kvadrat metr uy-
joy foydalanishga topshirilganining o‘zi ham shunday xulosa chiqarishga 
asos bo‘lishi muqarrar. 
Hayotimizni 
tubdan 
o‘zgartirayotgan 
bunday 
misollarni 
mamlakatimizning turli soha va jabhalaridan yana ko‘plab olib kelish 
mumkin. 
O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan bunday marralarning mustahkam 
zamini odamlarimizning, avvalo hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan 
yoshlarimizning dunyoqarashi, siyosiy va ijtimoiy faolligi, grajdanlik 
pozitsiyasi tobora kuchayib borayotganida, desak, hech qanday xato 
bo‘lmaydi. 
Bularning barchasi shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zining, 
oilasining taqdirini biz uchun yagona Vatan bo‘lmish O‘zbekiston taqdiri 
bilan uzviy va chambarchas bog‘liq holda ko‘rayotganidan dalolat beradi. 
Va hayotga bunday yondashish ertangi kunimizning mustahkam 
poydevoriga aylanib bormoqda. 
Ayni shu fursatdan foydalanib, hayotimizda yuz berayotgan ana 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
66
shunday o‘zgarish va yangilanishlarning ijodkori va bunyodkori bo‘lmish 
siz, aziz yurtdoshlarimga mamlakatimizning taraqqiyoti, uni dunyodagi 
rivojlangan 
demokratik 
davlatlar 
qatoriga 
ko‘tarishdek 
ezgu 
maqsadlarimizni amalga oshirish yo‘lidagi munosib xizmatlaringiz uchun 
chin qalbimdan minnatdorlik bildirishni ham qarz, ham farz deb bilaman. 
Muhtaram do‘stlar! 
Bugun, mana shu munavvar daqiqalarda yangi yilga pok va qutlug‘ 
niyatlar bilan qadam qo‘yar ekanmiz, Ollohdan avvalo o‘z marhamati va 
nazarini ayamasdan, bebaho ne’mat bo‘lmish tinchlik va osoyishtalikni, 
ahillik va bag‘rikenglikni, qut-barakani yanada ziyoda qilishini, bundan 
buyon ham doimo yo‘limizni ochib berishini so‘raymiz. 
Biz kirib kelayotgan yangi – 2013-yilga mamlakatimizda “Obod 
turmush yili” deb nom berdik. Buning zamirida xalqimiz, Vatanimiz 
istiqbolini, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson, har qaysi 
oilaning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, shahar va qishloqlarimizni 
yanada obod, hayotimizni yanada farovon etishga qaratilgan amaliy 
intilishlarimiz mujassam ekani, o‘ylaymanki, barchamizga yaxshi ayon. 
Yangi yilda iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlarini 8,0 foizdan kam 
bo‘lmagan darajaga ko‘tarish, uning raqobatdoshligini kuchaytirish, 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mulkdorlar kafolatini yanada 
oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini keng 
qo‘llab-quvvatlash, xalqimizning vijdoni bo‘lmish mahalla vakolatlarini 
yanada kengaytirish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni, hech shubhasiz, 
izchil davom ettiramiz. 
Shu borada aholining real daromadlarini ko‘paytirish, jumladan, ish 
haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 23 foizdan ko‘proq 
oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. 
Yangi yilga mo‘ljallangan bunday dastur va rejalarimizning barchasi 
2013-yilning o‘tib borayotgan eski yildan aslo kam bo‘lmasligiga, 
hayotimizning har tomonlama fayzli va barakali, sermazmun bo‘lishiga 
xizmat qiladi, inshoollo. 
Aziz va muhtaram vatandoshlarim! 
Barchangizni bag‘rimga bosib, kirib kelayotgan yangi – 2013-yil bilan 
yana bir bor tabriklayman. 
Mana shu go‘zal ayyomda qalbim to‘rida bo‘lgan eng ezgu, eng 
olijanob tilaklarimni siz azizlarimga izhor etmoqchiman: 
Yangi yil har bir inson, har bir oilaga sihat-salomatlik, baxtu saodat va 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
omad olib kelsin! 
Vatanimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! 
Yaratganimiz el-yurtimizni o‘z panohida saqlasin! 
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin! 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
68

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin