www.ziyouz.com
kutubxonasi
147
Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari uchun eng
yaxshi mintaqaviy dastur sifatida tavsiya etilgani, hech shubhasiz, xalqaro
miqyosdagi yuksak e’tirofdir.
Bunday ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishda ko‘plab
davlat va jamoat
tashkilotlari bilan birgalikda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi ham
munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Buni Jamg‘arma tomonidan 1996-yildan
buyon mamlakatimizning chekka va olis tumanlarida yashayotgan 3
milliondan ziyod yurtdoshlarimizga malakali tibbiy-ijtimoiy patronaj
yordami ko‘rsatilgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Mazkur Jamg‘arma bilan deyarli bir vaqtda ta’sis etilgan, mustaqil
Vatanimizning birinchi ordeni bo‘lgan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
shu kunga qadar jami 850 dan ortiq yurtdoshimiz, jumladan,
chet el
fuqarolari taqdirlangani va ularning safi tobora kengayib borayotgani
chuqur ramziy ma’noga ega.
Bu chiroyli nishon ko‘ksini bezab turgan insonlarni ko‘rganda, mening
nazarimda, mamlakatimizning bosh maydoni bo‘lmish Mustaqillik
maydonida o‘rnatilgan “Baxtiyor ona” haykali siymosida aynan ana shu
ordendagi ona va bola tasviri mujassam bo‘lgandek tuyuladi.
Mana shu quvonchli ayyomda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni
sohiblarini va bugun davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan
vatandoshlarimizni chin qalbdan tabriklashni o‘zim uchun katta sharaf, deb
bilaman.
Fursatdan
foydalanib, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishdek
mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan sizlar kabi fidoyi insonlarga,
Jamg‘armaning barcha xodimlari va faollariga, avvalo, uning joylardagi
bo‘limlarida, mahallalarimizda sidqidildan
xizmat qilayotgan jonkuyar
opa-singillarimizga hurmat-ehtirom va minnatdorlik bildirishni o‘zimning
burchim, deb hisoblayman.
Shular qatorida mana shunday ezgu maqsad yo‘lida Jamg‘arma bilan
doimiy va samarali hamkorlik qilib kelayotgan yurtimizdagi va chet
ellardagi homiy tashkilotlarga, xalqaro institutlarga samimiy tashakkur
izhor etaman.
Qadrli do‘stlar!
Barchangizni
“Sog‘lom
avlod
uchun”
xalqaro
xayriya
jamg‘armasining 20-yilligi
bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-
salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, olijanob faoliyatingizda
yangi-yangi yutuqlar tilayman.