Uchinchidan, kichik biznesni tashkil qilish va yuritish katta xarajat
hamda kapital qo‘yilmalarni talab etmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni tez va
oson modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik qayta jihozlash, yangi
turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ularning nomenklaturasini muntazam
yangilab borish va raqobatdoshligini ta’minlash imkonini beradi.
To‘rtinchidan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va salbiy
oqibatlariga yirik korxonalarga nisbatan ushbu sohaning bardosh bera olish
qobiliyati ancha yuqoridir.
Faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda
ushbu sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotida ustuvor mavqega ega bo‘lishi
natijasida biz 2008-2009-yillarda global inqirozning salbiy oqibatlarini
ortiqcha qiyinchilik va talafotlarsiz yengib o‘tish, ishlab chiqarishni jahon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
bozori kon’yunkturasi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda qisqa
muddatlarda qayta tashkil etishga muvaffaq bo‘ldik.
Sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ining o‘sish
sur’atlari 2008-2009-yillarda o‘rtacha 23-24 foizni, xizmatlar va servis
sohasining o‘sish sur’atlari esa 15-16 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichni
tashkil etdi.
Beshinchidan, kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki
odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi
hamdir. Mazkur soha har bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini
namoyon etish uchun zamin tug‘dirmoqda, shu tariqa tashabbuskor,
omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat
qilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘rta
sinfni shakllantirish uchun muntazam kengayib borayotgan baza bo‘lib
xizmat qilmoqda. O‘rta sinf esa, ma’lumki, har qanday demokratik
jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda aynan shu sohani rivojlantirish hisobidan jamiyatdagi
ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor bo‘lgan,
mamlakatimizni
taraqqiyot
va
demokratik
islohotlar
yo‘lidan
rivojlantirishda faol kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan ijtimoiy qatlam
shakllanmoqda.
Ishonchim komilki, ana shu va boshqa omillarni chuqur anglash
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga
qaratilgan ulkan e’tiborning sabablarini tushunish imkonini beradi.
Shuni aytishning o‘zi kifoyaki, 20 yil avval O‘zbekistonda xususiy
tadbirkorlik deyarli yo‘q edi, bugun esa mavjud barcha xo‘jalik
sub’ektlarining 90 foizdan ortig‘ini kichik biznes korxonalari tashkil etadi.
Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning 54 foizi, ishlab chiqarilayotgan
sanoat mahsulotlarining 22 foizi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98
foizi aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘ylaymanki, konferensiya qatnashchilari bizning o‘tgan yillar
mobaynida bu sohada erishgan yutuqlarimizni munosib baholaydilar.
Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, mamlaktimiz tarixida azal-
azaldan xususiy tadbirkorlik muhim o‘rin tutib kelgani ko‘p jihatdan kichik
biznesning jadallik bilan rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Biz ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tadbirkorlik an’analari, ota-
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
bobolarimizning asrlar davomida o‘z yeri, o‘z mulki va kasb-korini
e’zozlab, qadrlab, har tomonlama asrab-avaylab kelgani bilan haqli
ravishda faxrlanamiz.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari!
Dostları ilə paylaş: |