Abduvaitova Sh Digidratli usulda EFK olish texnologiyasining issiqlik
2.3 Ekstraktsion fosfor kislotasini ishlab chiqarish bosqichlari Fosfat kislota asosan ekstraksiya usuli bilan olinadi. Bunda tabiiy fosforitlar mo’l sulfat kislota bilan ishlov beriladi.
Ca5(PO4)3 F + 5H2SO4 + 5nH20 → 5CaSO4• nH2O + 3H3PO4 + HF
Hosil bo'lgan gipsni (fosfogips-parchalanmay qolgan fosfat va CaSO4 aralashmasi) suyuq fazadan filtrlab ajratib tashlanadi. Olingan H3PO4, asosan o'g'it olish uchun va texnik maqsadlarda ishlatiladi. Fosfogipsdan filtrlab ajratilgan fosfat kislota suyuq fazaga o'tgan kremnezyom, sulfatlar, temir va aluminiy fosfatlari va boshqalar bilan ifloslangan bo'ladi. Fosfat kislota ishlab chiqarishda yuqori konsentratsiyali kislota olishga, yaxshi filtrlanadigan yirik kristalli fosfogips olish va ekstraksiya jarayonini tezlashtirishga harakat qilinadi.
Gipsning yirik kristallari 70—80°C harorat va sulfat kislotaning konsentratsiyasi pastroq bo'lganda hosil bo'ladi. Yuqori konsentratsiyali H3PO4 olish va ekstraksiya jarayonini tezlashtirish uchun, 75% li H2SO4, 70—80°C harorat va jadal aralashtirish qo'llaniladi. Jarayon to'xtovsiz boradi.
Bunda kislota konsentratsiyasi 36% dan (P2O5 28—32 %) oshmaydi. Qo'sh superfosfat olish uchun 50—80 %li H3PO4 kerak bo'ladi. Shuning uchun olingan suyuq H3PO4 ning konsentratsiyasi turli yo'llar bilan oshiriladi.
Keyingi yillarda fosfat kislotasi ishlab chiqarishning uch rejimda: digidratli, yarimgidratli va angidritli ekstraksiya usullari ishlab chiqildi. Kislota olish jarayoni sharoitiga: asosan, harorat va H2SO4ning konsentratsiyasiga qarab kalsiy sulfat turlicha gidratlanadi. Bu uchala rejimlar orasida keng tarqalayotgani yarimgidratli usuldir. Bu usulda konsentrlangan H3PO4 olish imkoniyati tug'iladi. Rossiyada hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan H3PO4ning 1/4qismi shu usulda olinmoqda va bu ko'rsatkich osliib bormoqda.
Bunda jarayon digitratli rejimga o'xshaydi, ammo ayrim parametrlari bilan farq qiladi. Masalan, 95—105°C harorat, yuqori konsentratsiyali (93% li) H2SO4ning qo'llanishi kabilar.