Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Pog‘onali tokli himoyalarning o‘rnatmalarini hisobi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə6/18
tarix02.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#137315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
ABDALIYEVA DURDONA

1.1.6 Pog‘onali tokli himoyalarning o‘rnatmalarini hisobi


1.1.6.1 Sabr vaqtsiz tokli kesim (himoyaning birinchi pog‘onasi)

Sabr vaqtsiz tokli kesimning birlamchi ishlash toki quyidagi ifodadan topiladi:



bu erda, kzzahira koeffitsienti, agar himoya RTM relesi bilan bajarilgan bo‘lsa 1,5–1,6 ga, RT–80 relesida 1,4–1,5 ga va RT–40 relesida bo‘lsa 1,2–1,3 ga teng bo‘ladi. – himoya o‘rnatilgan joydan oqib o‘tadigan va himoya qilinadigan liniyaning oxiridagi uch fazali QT tokining maksimal toki.
Agar magistral liniya bir necha transformatorlarga shaxobchalangan bo‘lsa, u holda tokli kesimni hisoblashda barcha transformatorlarning yig‘indi magnitlanish toklaridan sakrashdan sozlashni tekshirish kerak:

YUqorida keltirilgan ikki qiymatdan qaysi biri katta bo‘lsa ushbu qiymat tokli kesimning birlamchi ishlash toki sifatida qabul qilinadi.
Kesimning ikkilamchi ishlash toki (relening ishlash toki) barcha tokli himoya uchun bir xil hisoblanadi va u quyidagi ifodadan aniqlanadi:

bu erda, Ihi– himoyaning birlamchi ishlash toki; ntt – TT ning transformatsiyalash koeffitsienti; ksx – sxema koeffitsienti, reledagi tokning TT ning ikkilamchi tokiga nisbatiga teng. Agar TT va relelar to‘liq va to‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasiga ulaganda ksx = 1, TT larini uchburchak va toklar ayirmasi sxemasiga ulanganda ga teng bo‘ladi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, RTM va RT–80 relelarining ishlash toki pog‘onali rostlanishga ega. SHuning uchun ular qo‘llanilganda ishlash tokini relening to‘g‘ri hisobiy o‘rnatmasi qiymatiga yaqin bo‘lgan qiymatni qabul qilish kerak.
Sabr vaqtsiz tokli kesimning sezgirligi ikki pog‘onali va uch pog‘onali himoyalar uchun turlicha aniqlanadi. Ikki pog‘onali himoyada sezgirlikni hisoblashda himoya o‘rnatilgan joydan oqib o‘tadigan ikki fazali QT ning minimal tokini hisobga olgan holda himoyalanayotgan zonaning uzunligi aniqlanadi. Ushbu zonani taxminan quyidagi tenglikdan aniqlash mumkin:
, (%)
bu erda, Ibi– himoya o‘rnatilgan joydagi kuchlanish pog‘onasiga mos keladigan tokning bazis qiymati; zl– himoya qilinayotgan liniyaning qarshiligi, nisbiy birlikda; ztash– sistemaning minimal ish rejimida himoya qilinayotgan liniyaga nisbatan tashqi, ya’ni ta’minot manbasi tomonidagi tarmoqning ekvivalent qarshiligi, nisbiy birlikda. Himoya qilinayotgan lkes zona 25 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Uch pog‘onali himoyalar, ya’ni kuchlanishi 20–35 kV li liniyalarda tokli kesim qo‘shimcha himoya hisoblanadi va uning sezgirligi esa sezgirlik koeffitsienti orqali aniqlanadi:

bu erda, – himoya o‘rnatilgan joydagi (ta’minlovchi podstansiyaning shinasidagi) uch fazali QT ning maksimal tokining qiymati.
Agar kesimning sezgirliga etarli bo‘lmasa, u holda 4.4.3.1. da sanab o‘tilgan ko‘rsatmalarni qo‘llagan holda himoyaning sxemasini birma–bir murakkablashtirish kerak. Agar ushbu holda ham tokli kesimning talab etilgan sezgirligi ta’minlanmasa, u holda kuchlanishi 6–10 kV li liniyalarda maksimal tokli himoyaning (MTH) ishlash vaqti 1–1,5 s dan katta bo‘lsa, sabr vaqtli kesim o‘rnatish tavsiya etiladi. Kichik sabr vaqtda esa tokli kesim o‘rnatilmaydi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin