Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Sabr vaqtli tokli kesim (himoyaning ikkinchi pog‘onasi)



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə7/18
tarix02.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#137315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
ABDALIYEVA DURDONA

1.1.6.2 Sabr vaqtli tokli kesim (himoyaning ikkinchi pog‘onasi)

Ikkinchi pog‘onaning ishlash toki nimstansiyadan chiqib ketayotgan birlashmalarning sabr vaqtsiz himoyasining sezgirligi bilan moslashtirish shartiga asosan topiladi. Bunda, agar ushbu birlashmalarning (liniyalar, transformatorlar) sabr vaqtsiz sifatida tokli kesim ishlatilsa, u holda himoyaning ikkinchi pog‘onasini ishlash toki quyidagi formula orqali aniqlanadi:



bu erda, kz zahira koeffitsienti, 1,1 ga teng deb qabul qilinadi; – oldingi birlashmalardagi tokli kesimning ishlash toki, ulardagi kesimning ishlash tokining maksimal qiymati olinadi.
Agar transformatorda kesim o‘rniga differensial himoya ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onaning ishlatilish toki berilgan transformatorning uch fazali QT ning maksimal tokidan sozlanadi:

bu erda, – transformatordan keyingi uch fazali QT ning maksimal toki; kz=1,1.
Ikkinchi pog‘onaning ishlash toki sifatida yuqorida keltirilgan qiymatlardan kattasi tanlanadi. Ikkilamchi pog‘onaning ishlash vaqti 0,5 s ga teng deb qabul qilinadi.
Agar himoya qilinayotgan liniya saqlagichlar bilan himoya qilingan transformator shaxobchalaridan iborat bo‘lsa, u holda:

tokda saqlagichning erish vaqti, uning turi transformator himoyasini hisoblashda aniqlanadi, kesimning sabr vaqtidan 0,5 s kichik bo‘lishi kerak. SHuning uchun ikkinchi pog‘onaning yo ishlash vaqtini, yo uning ishlash tokini ko‘paytirish kerak (4.4.3.3. punkt).
Ikkinchi pog‘onaning sezgirligi himoya qilinayotgan liniyaning oxiridagi ikki fazali QT ning minimal tokidan aniqlanadi:

Tezkorlik va sezgirlikni oshirish uchun ba’zi hollarda tokli himoyani kuchlanish bo‘yicha blokirovka uskunasi bilan to‘ldiriladi, yoki AQU (APV) ta’siri orqali noselektivligini tuzatish natijasida noselektivli qilinadi.


1.1.6.3 Maksimal tokli himoya (himoyaning uchinchi pog‘ona)

MTH ning ishlash toki quyidagi ifodadan aniqlanadi:



bu erda, kz – zahira koeffitsienti, himoya RT–40 va RT–80 turidagi releda bajarilgan bo‘lsa1,2 – 1,3 ga, RTV turidagi bevosita ta’sir etuvchi relesida bajarilgan bo‘lsa 1,3 – 1,4 ga teng deb qabul qilanadi; kqqaytish koeffitsienti, RT–40 va RT–80 relelari uchun 0,8 – 0,85 va RTV relelari uchun 0,6 – 0,7 ga teng; Iish.max– ekspluatatsion yuklanishni (parallel liniyaning o‘chishi, podstansiyada AVR ning ishlashi) hisobga olgan holda liniyadan oqib o‘tishi mumkin bo‘lgan ishchi tokning maksimal qiymati. Ushbu kurs ishida bu qiymatni liniyaga ulangan yuklamalarning yig‘indi tokiga teng deb qabul qilsa bo‘ladi; ko‘z.it– o‘z – o‘zidan ishga tushish koeffitsienti, u keng oraliqda o‘zgarishi mumkin. Liniya uchun ushbu ishda ko‘z.it= 1,5÷2 qabul qilish mumkin.
Bundan tashqari liniyaning MTH sezgirligi undan oldingi tarmoq elementining MTH, ya’ni himoya qilinayotgan liniyadagi eng yaqin joylashgan ist’molchi elementi bilan moslashishi kerak:

Agar himoya qilinayotgan liniyaga 2 va undan ko‘p parallel ishlayotgan element (liniyalar, transformatorlar) ulangan bo‘lsa, u holda ushbu elementlar MTH lari ishlash tokining yig‘indisiga teng. YUqorida olingan ikkita qiymatlardan qaysi biri katta bo‘lsa u hisobiy qiymat sifatida qabul qilinadi.
MTH ning sxemasini tanlashda (bir, ikki va uch releli bajarilgan) 4.4.3.1. bo‘limdagi ko‘rsatmalarga, bundan tashqari birinchi pog‘onada qabul qilingan relelarni ulanish sxemasiga asosan amalga oshirish kerak.
Maksimal tokli himoya faqat himoya qilinayotgan liniyalardagi QT ni o‘chirishga javob bermasdan (asosiy zona), balki himoya qilinadigan liniyadan keyingi tarmoq elementlaridagi QT larda, agar ushbu elementlar himoyasi yoki o‘chirgichlari ishlamay qolsa (zahira zonasi), uni ham o‘chirishi kerak. SHuning uchun MTH ning sezgirligi asosiy va zahira zonalari uchun quyidagi formuladan alohida – alohida aniqlanadi:

bu erda, – himoya o‘rnatilgan joydan oqib o‘tadigan minimal tok, himoya qilinadigan liniya oxiridagi va zahira liniyasining (transformator) oxiridagi ikki fazali QT toki
Asosiy zonaning sezgirlik koeffitsienti 1,5 dan kichik bo‘lmasligi, zahira zonasi uchun 1,2 dan kichik bo‘lmasligi kerak. Agar MTH ning sezgirligi talab qilingan qiymatga etmasa, u holda boshqa turdagi rele yoki ulanish sxemasini qabul qilish kerak bo‘ladi.
Liniya MTH ning sabr vaqti tanlovchanlik (0,4 – 0,6 s) shartiga asosan, ushbu liniyaga ta’minlaydigan podstansiyalarning shinalarining MTH ning eng kichik sabr vaqti tanlanadi. Agar moslashadigan himoya tok bo‘yicha mustaqil xarakteristikaga ega bo‘lsa (RT–40 turdagi rele bazasida bajarilgan bo‘lsa), u holda liniyaning MTH ning vaqti:

bu erda, thi.old.max – podstansiyaga ulangan birlashmalar MTH ning sabr vaqtining eng kattasi olinadi, Δt – tanlovchanlik pog‘onasi, uni ko‘pincha 0,5 s ga teng deb qabul qilinadi.
Sabr vaqti tokka bog‘liq bo‘lgan, hamda sabr vaqti tokka bog‘liq bo‘lmagan himoyalarni o‘zaro moslashtirish keyingi bo‘limda keltirilgan.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin