13
qiladi. Xuddi shu tushunchalardan elektr zanjirining, yoki elektr qurilmasining
nominal ish rejimi tushunchasi kelib chiqadi. Berilgan lampa uchun 225 V
kuchlanish nominal kuchlanish bo‘ladi. CHunki lampa tolasi shunday tanlanganki
unga 225 V kuchlanishni ulasak 0,6 A tok oqib o‘tib 150 Vt nominal quvvat hosil
bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma‘lumki nominal kattaliklar lampani ishlab chiqarish
jarayoni bilan bog’liq va uni ishlab chiqaruvchi belgilaydi. Agar shu lampaga
nominal 225 V dan kam kuchlanish bersak u 150 Vt quvvat hosil qila olmaydi,
demak kerakli yorug’likni ham bera olmaydi. Agar 225 V dan katta kuchlanishga
ulasak quvvat va yorug’lik berishi ham kuchayadi, lekin lampa tezda ishdan
chiqishi mumkin. Ma‘lumki biz uchun lampaning ishlash muddati ham muhim rol
o‘ynaydi. Ishlab chiqaruvchi lampa tolasini u 225 V kuchlanishda ishlaganda
qancha vaqt ishlashini tekshirib, shu vaqtga kafolat beradi. Biz buni lampaning
nominal ishlash vaqti deymiz.Demak lampa uchun ishchi kuchlanish, quvvat, tola
qarshiligi, ishlash muddati nominal kattaliklar hisoblanadi va bu kattaliklar ishlab
chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Lampaning ishlashi jarayonida bu kattaliklarni
saqlash uchun manbaning kuchlanishi nominal qiymatda bo‘lishi kerak. Bunday
xolat boshqa barcha elektr qurilmalari va zanjirlari uchun o‘rinlidir.
Xulosa qilib aytganda, elektr qurilmasidan foydalanganda elektr tokining
parametrlari qurilma nominal parametrlariga mos kelishi nominal rejim deyiladi
va qurilma me’yorda ishlaydi. Qurilmalarni nominal ish rejimini ta‘minlash
qurilmadan va elektr energiyasidan unumli foydalanishning garovidir.
Salt rejim.
Qurilma hali tokga ulanmagan bo‘lsaiste’molchiningqarshiligi cheksiz
katta va zanjirdagi tok kuchi nolga teng bo‘ladi. Bu xolat salt rejim deb
yuritiladi.Salt rejim odatda manbaning parametrlarini, aniqrog’i manba
kuchlanishini baholashda ishlatiladi. Manba kuchlanishi unga tashqi zanjir
ulanmagan holatda o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: