Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/46
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Elektrotexnika

 
I.I.Usmonov
 
 
 Taqrizchi:
TDTU Qo‘qon filiali t.f.n. dotsent

T.Butayev


 
Ushbu ma‘ruza matni “Elektr va elektronika” kafedrasining 2023 yil “____” dagi -
sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya 
etilgan. 
 
Kafedra mudiri ______________ I.I.Usmonov 
 
 
Ma‘ruza matni “Elektronika va elektr texnika” fakulteti Kengashida muhokama 
qilingan 
va 
filial 
Kengashida 
muhokama 
qilish 
uchun 
tavsiya 
etilgan.
(2023 yil “ ”_________dagi __ -sonli bayonnoma). 
 
Fakultet dekani ______________ A.Asqarov 
 
 
Ma‘ruza matni filialning o‘quv - uslubiy Kengashida muhokama qilindi va 
foydalanishga tavsiya etildi. (2023 yil “___”_______dagi ____- sonli majlis bayonnomasi).
 
 
 
O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i: _________ M.Qambarov 
 
 
 
 
 
 
 



 
Reja: 
1.
Elektrotexnika fani tarixining predmeti va strukturasi. 
2. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar. 
3. Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma‘lumotlar. 
Kirish 
Insonlar qadim zamonlardan buyon elektr xodisalarini amalda ko‘rib, uni 
o‘rganib, xatto undan foydalanib kelgan, lekin to 19-asrning o‘rtalarigacha elektr 
va magnit maydonlari aloxida o‘rganib kelingan va aloxida xodisalar deb qaralgan. 
1820 yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga tasirini o‘rgangandan so‘ng 
elektr va magnit maydonlari yagona fizik xodisaning ikki tomoni ekanligi 
isbotlandi va elektr soxasida amaliy ishlar avj olib ketdi. 1831 yilda Faradey 
elektromagnitik induksiya xodisasini kashf etdi. SHu davrdan boshlab 
elektrotexnika taraqqiyotida yangi, tezkor suratlar bilan rivojlanish bosqichi 
boshlandi.
 
Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni asosida Maksvell o‘zining 
mashxur elektromagnitik maydon nazariyasini yaratdi, Gers elektromagnitik 
to‘lqinlarni amalda o‘rganishga asos soldi. Ana shu tariqa 19-asrda sanoat 
elektrotexnikasi paydo bo‘la boshladi. Elektr energiyasidan eng avval yoritish 
(yoyli lampalar) va telegrafda foydalanildi, so‘ngra cho‘g’lanma tolali lampalar, 
elektr generatorlari, dvigatellari paydo bo‘ldi. SHu davrdan boshlab elektr 
energiyasi jamiyat xayotiga chuqur kirib bordi va elektr ta‘minoti xayotiy extiyojga 
aylandi. 
19 - asrning 80- yillarida o‘zgaruvchan tok generatorining, ayniqsa mashxur 
rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan uch fazali tok ishlab 
chiqarishning ixtiro qilinishi elektrotexnika taraqqiyoti va uning jamiyat xayotiga 
kirib borishida yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. SHundan so‘ng barcha 
davlarlarda 
intensiv 
ravishda 
elektrlashtirish 
ishlari 
avj 
olib 
ketdi. 
Elektrostansiyalar qurilishi, uning quvvatini oshirish jadal rivojlanib bordi. Agar 
19-asrning oxirida eng katta issiqlik elektrostansiyalarining quvvati 50 MVt 
bo‘lgan bo‘lsa, 20-asrning 40-yillarida ularning quvvati 250 MVt gacha etdi, 60-
yillarda esa 600 MVt gacha ortdi, xozirgi kunda esa o‘nlab GVt ni tashkil qiladi. 
Elektrostansiyalarning quvvati ularda o‘rnatilgan yakka generatorlar quvvati bilan 
aniqlanadi, agar 20-asrning boshlaridagi dastlabki gidrogeneratorlarning 
(gidroelektr stansiyalari uchun mo‘ljallangan generatorlar) quvvati 2 MVt bo‘lgan 
bo‘lsa, xozirgi kunda energetika tizimlarida 800 MVt va undan ortiq quvvatli 
gidrogeneratorlar, 1200 MVt quvvatli turbogeneratorlar (issiqlik elektr stansiyalari 
uchun mo‘ljallangan generator) ishlab turibdi. 
Mamlakatni elektr energiyasi bilan taminlash xamma zamonlarda va xamma 
davlatlarda xam eng dolzarb masala xisoblangan. Bugungi kunda, sir emaski, 
sanoat taraqqiyoti va axolining turmush darajasi elektroenergetika taraqqiyoti bilan 
bog’liq. Shunday qilib, elektrotexnikaning taraqiyot bosqichlariga nazar solsak, 
uning rivojlanishi xayotiy extiyojlardan kelib chiqishini ko‘ramiz. Ayniqsa, 



bugungi, texnikaning intensiv taraqqiyoti davrida jamiyat taraqqiyoti va xayotiy 
extiyojlar elektroenergerika oldiga yangi talablar qo‘ymoqda. Bular elektr 
energiyasiga bo‘lgan extiyojning tinimsiz ortishi, elektr energiya ta‘minotining 
sifat darajasiga bo‘lgan talablar (uzluksizligi, kuchlanishning me’rda bo‘lishi), 
uning narxi, ekologik va xavfsizlik va xokazo boshqa talablardir.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin