1. Elektrotexnika fani, uning predmeti va strukturasi. Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va
mexanizmlarni ishlashini, xamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish
bilan bog’liq muammolarini o‘rganuvchi texnikikaviy fandir. Elektrotexnika fani
bevosita fizikaning elektr va magnetizm bo‘limlarida o‘rganilgan qonuniyatlarga
asloslanadi. Bundan tashqari elektrotexnika fani tegishli matematik apparat va
kimyoviy tushunchalarga xam asoslanadi. Elektrtoxnika fani quyidagi asosiy
bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi:
1-o‘zgarmas tok elektr zanjirlari;
2-bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlari;
3-uch fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlari;
4-elektr mashinalari;
5-elektr yuritma asoslari;
6-elektronika asoslari.
Ushbu bo‘limlar fizika va matematika fanlari bilan uzviy bog’liqlikda
o‘rganiladi. Quyidagi sxemada elektrotexnikaning muxandislik tizimlaridagi
asosiy qullanilish soxalari va ularning fizikaviy, matematik asoslari keltirilgan.
Elektrotexnika fani va uning predmeti bevosita kundalik turmushimizda biz
foydalanayotgan elektr toki va elektr qurilmalari bilan bog’liq. SHu jixatdan olib
qaraganda elektrotexnika fani ko‘proq amaliy axamiyatga ega va uning asosiy
qonuniyatlarini o‘rganish kundalik turmushimiz uchun juda zarur. Fanni
o‘rganishda fizikaning elektr va megnetizm bo‘limlariga tegishli qonuniyatlar
fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Barcha elektrotexnik tushunchalar va
qonuniyatlar ana shu fundamental tushunchalarning amaliy ifodasi sifatida
namoyon bo‘ladi. SHuning uchun xam elektrotexnika fanini o‘rganishda fizikaning
asosiy qonuniyatlari muxim va xal qiluvchi o‘rin tutadi. Elektrotexnika fani
umumtexnikaviy fan sifatida barcha texnik oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladi.
Elektrotexnika sohasidagi bilimlar muhandislik bilimlarining asoslaridan birini
tashkil qiladi. Chunki bugungi kunda elektr energiyasisiz texnik taraqqiyotni va
jamiyat xayotini tasavvur etish qiyin.