Ismailova zuxra karabayevna



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Pedagogika




ISMAILOVA ZUXRA KARABAYEVNA
PEDAGOGIKA
( O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus
t a ’lim vazirligi nopedagogik oliy o ‘quv yurtlari uchun
darslik sifatida tavsiya etgan)
Pedagogika fanlari doktori SAFO OCHILning
umumiy tahriri ostida
TOSHKENT - «MOLIYA» - 2007


Ushbu darslikda «Pedagogika» fanining maqsad va vazifalari
uning mohiyati va jamiyat uchun zarurligi, shaxsni tarbiyalash- 
ning qonun, qoida, uslub va vositalari, mutaxassisning yuksak 
ma’naviyati va axloqiy fazilatlari hamda o‘z-o‘zini tarbiyalash va 
boshqarish bo‘yicha bilimlar ko‘rgazmali vositalar shaklida keng 
yoritilgan. Darslik nopedagogik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 
bakalavrlarga, magistrlarga, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilariga 
hamda ta ’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga 
mo‘ljallangan.
T a q r i z c h i l a r :
U. Mahkamov,
pedagogika fanlari doktori
A. Shayusupova,
pedagogika fanlari nomzodi
© Z. K. Ismailova, 2007.


K I R I S H
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatdiki, ta ’lim-tarbiya bilan 
barcha, ya’ni butun jamiyat a’zolari shug‘ullanishlari zarur. Bu 
mas’uliyatli va sharafli ishda bog‘cha tarbiyachisi, maktab va oliy 
o‘quv yurti muallimlari bilan bir qatorda jamiyatning bilimli va 
obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan a’zolari, oliy ma’lumotli mutaxassis 
va rahbar xodimlar ham o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak.
Chunki ular o‘zlarining bilimlari va yuqori malakalari bilan 
o‘z mehnat jamoalarida katta e’tiborga egadirlar, shu bilan birga 
hamma joyda o‘z nutqlari bilan insonlarga ta’sir o‘tkaza oladilar.
«Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, — degan edi 
yurtboshimiz I. A. Karimov, — uning mazmunini lo‘nda qilib 
ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va 
tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak... Demokratik jamiyatda bolalar, 
umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi»1.
Bozor munosabatlari sharoitida bizga mustaqil fikr yurituv- 
chi, erkin, tashabbuskor, tadbirkor va milliy g‘ururga ega bo‘lgan 
shaxslar kerak. Bunday kishilarni tarbiyalash uchun xalqning 
tarixiy shakllangan ma’rifiy madaniyatidan kelib chiqib, umum- 
insoniy pedagogik qadriyatlarga tayanuvchi milliy pedagogika 
fanini shakllantirish va bu fanni barcha oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qitish zarur.
Ammo shu vaqtgacha xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun 
mutaxassis tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida ta ’lim-tarbiya 
berish sirlarini o‘rgatuvchi pedagogika fani o‘qitilmagan edi.
Bu ijtimoiy hodisani Prezidentimiz Islom Karimov chuqur 
his etgan holda jamiyatimiz istiqlolining birinchi yillaridan 
boshlab nopedagogik oliy o‘quv yurtlarida pedagogikadan bilim 
berishni tavsiya etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli- 
gining 1996-yil 7-avgustidagi 189-sonli buyrug‘iga ko‘ra xalq 
xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtla-

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin