ona mehri orqali amalga oshadi. O‘zini o‘zi boshqarishning milliy
modeli bo‘lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odat-
lari va an’analariga tayangan holda, ulkan tarbiyaviy vazifani
bajaradi.
Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha’ni uchun
kurash kabi fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o‘rni
beqiyosdir.
Keksalarning
pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati,
jamoaning hamjihatligi misolida yoshlar ongiga ezgulik g‘oyalari
singdirib boriladi.
M ehnat jamoalari inson umrining asosiy qismi o ‘tadigan,
uning tafakkuri, hayotga munosabati
shakllanadigan ijtimoiy-
ma’naviy muhitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik,
omilkorlik,
adolat tushunchasi, mehr-oqibat tuyg‘ularini tarbiya-
laydigan mehnat jamoalari bo‘lib, turli millat va dinga mansub
odamlarni do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro manfaatdorlik asosida
hamkorlikka chorlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uy-
g‘unlashtirish, sog‘lom m a’naviy muhitni vujudga keltirishda
muhim omil vazifasini bajaradi.
Mafkuraviy tarbiyaning eng ta ’sirchan vositalaridan biri
muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllana
digan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazi-
latlar
tarbiyasida, radio-televideniye, gazeta-jurnallar,
badiiy
hamda ilmiy adabiyotning o‘rnini e’tirof etgan holda shuni aytish
mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, insonning
yuzi va ko‘ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so‘z
va hissiyot-
larning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni
aytishi lozim bo‘lsa, bolasining yuzini o‘ziga qaratib olib, zarur
yuz qiyofasi va ko‘zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi.
Va bunday muloqot, albatta, samarali bo‘ladi.
Shu bois audito-
riyalarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi, talaba va domla o‘rtasidagi
muloqot ta’lim va tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir.
Sog‘lom dunyoqarash, mas’uliyat, iymon va e’tiqodni yoshlar
ongida shakllantirishning quyidagi asosiy obyektiv shart-sharoit-
lari va omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin (18- chizma):
a) ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy muhit;
b) siyosiy ong va huquqiy madaniyatning o‘sishi;
d) yoshlarning bilim darajasi;
58