Ko‘plab qizlar o‘zlarining taassurotlarini ba’zan lab va qosh
harakatlari bilan oliy darajada ifodalaydilar. Masalan, savol
bermoqchi bo‘lsa, u qoshini tepaga shunday chaqqonlik bilan
biroz ko‘taradiki, natijada haqiqatan
boshqa har qanday savol
uning tomonidan ortiqcha ekanligi ayon bo‘ladi, chunki uning
yuzi mukammal darajada o‘z-o‘zidan savol belgisiga aylanadi...»
Darhaqiqat, o‘zbek xonadonida qadim-qadimdan qizlar tarbi-
yasiga alohida e’tibor berilgan. Ularning xulqi, odobi, tarbiyasi
hamisha diqqat markazida bo‘lgan. «Bir qizga yetti mahalla ega»,
degan naqlning hozirgacha yashab kelayotgani esa
qizlar tarbiyasi
bilan keng jamoatchilik shug‘ullanganidan, bu masala ijtimoiy
ruh kasb etganidan dalolatdir. O‘zbek xonadonida qizlar, birinchi
navbatda, ota-onaga itoatda, kattalarga hurmatda bo‘lish ruhida
tarbiyalanib, odobning nozik tomonlariga o‘rgatilgan. Shuning
uchun ham ular har doim sernazokat bo‘lishgan, ayniqsa, meh-
monlar oldida muloyim odob saqlashgan. Ular yoshlik chog‘lari-
danoq belgilangan xulq-odobni o‘zlashtirishgan. Masalan,
qizlar
o‘tirgan uyga tashqaridan ota yoki katta akalari kirib kelishsa,
ular darrov o‘rinlaridan turib, salom berishga o‘rgatilgan. Katta
lar bilan bo‘lgan muloqotlarda o‘zlarini vazmin tutishga, berilgan
savollarga erkak kishining yuziga deyarli qaramay, gavdani biroz
egib, osoyishta ohangda javob berishga undalgan.
Qiz bola bir yoshga yetganda ikki qulog‘ini teshib isirg‘a ta-
qishgan. Ulg‘aygach, sochlarini mayda o‘rib, qirq kokil qilib or-
qasiga tashlab, boshiga do‘ppi kiyib yurishgan. Sochining ko‘pligi
va uzunligi uning sog‘lom, odobli, go‘zalligi ramzi hisoblangan.
Qiz bola yetti yoshdan oshgach,
na otasi, na aka-ukalari o‘pib
erkalatmaganlar. Uni akalari va ota-onalari bilan bir xonada
yotqizilmagan va hokazo.
Tarixdan qizlar tarbiyasi bilan, asosan, onalar shug‘ullangan-
ligini bilamiz. Onalar ijtimoiy foydali mehnatga keng jalb etilishi
munosabati bilan o‘zbek oilalarida ota-onalarning tarbiya vazifa-
larida qayta taqsimlanish sodir bo‘ldi. Masalan, otaning qizlar
tarbiyasiga faol aralashuvi oqibatida qizlar dovyurak, jangovarroq,
cho‘rtkesar, so‘zamol, epchil bo‘lib tarbiyalanayotirlar.
Qizlar xarakteridagi bu o‘zgarish jarayoni
shu qadar tez va
shu qadar shiddatli bo‘ldiki, ko‘p vaqt o‘tmay oilalarda «qizlarni
asliga qaytarish» muammosi ko‘ndalang turdi. Ayol qudrati jami
107
xatti-harakatda erkaklar bilan tenglikda emas, nazokat va mehr-
shafqatda ekanini yoshlarga singdirish zarur bo‘lib qoldi. Bu bo-
rada yana sharqona, o‘zbeklarga
xos odob-axloqni joriy etish,
latofat, bosiqlik, mulohazalilik, andisha, o‘zini tuta bilishlikni
tarbiyalash, xalq pedagogikasi durdonalaridan unumli foydalanish
zarurligi borasida ko‘p gapirila boshlandi.
Qizlar tarbiyasida
ularning his-tuyg‘ulariga, tabiat va jamiyat oldidagi burchini teran
tushunib yetishiga alohida ahamiyat berish kerakligi ta’kidlandi.
Bularning hammasi oiladan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: