ISMAILOVA ZUXRA KARABAYEVNA
PEDAGOGIKA
( O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus
t a ’lim vazirligi nopedagogik oliy o ‘quv yurtlari uchun
darslik sifatida tavsiya etgan)
Pedagogika fanlari doktori SAFO OCHILning
umumiy tahriri ostida
TOSHKENT - «MOLIYA» - 2007
Ushbu darslikda «Pedagogika»
fanining maqsad va vazifalari,
uning mohiyati va jamiyat uchun zarurligi, shaxsni tarbiyalash-
ning qonun, qoida,
uslub va vositalari, mutaxassisning yuksak
ma’naviyati va axloqiy fazilatlari hamda o‘z-o‘zini tarbiyalash va
boshqarish bo‘yicha bilimlar ko‘rgazmali
vositalar shaklida keng
yoritilgan. Darslik nopedagogik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan
bakalavrlarga, magistrlarga, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilariga
hamda ta ’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga
mo‘ljallangan.
T a q r i z c h i l a r :
U. Mahkamov,
pedagogika fanlari doktori
A. Shayusupova,
pedagogika fanlari nomzodi
© Z. K. Ismailova, 2007.
K I R I S H
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatdiki, ta ’lim-tarbiya bilan
barcha, ya’ni butun jamiyat a’zolari shug‘ullanishlari zarur. Bu
mas’uliyatli va sharafli ishda bog‘cha tarbiyachisi, maktab va oliy
o‘quv yurti muallimlari bilan bir qatorda jamiyatning bilimli va
obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan a’zolari, oliy ma’lumotli mutaxassis
va rahbar xodimlar ham o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak.
Chunki ular o‘zlarining bilimlari va yuqori malakalari bilan
o‘z mehnat jamoalarida katta e’tiborga egadirlar,
shu bilan birga
hamma joyda o‘z nutqlari bilan insonlarga ta’sir o‘tkaza oladilar.
«Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, — degan edi
yurtboshimiz I. A. Karimov, — uning mazmunini lo‘nda qilib
ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va
tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak... Demokratik jamiyatda bolalar,
umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi»1.
Bozor munosabatlari sharoitida bizga mustaqil fikr yurituv-
chi, erkin, tashabbuskor, tadbirkor va milliy g‘ururga ega bo‘lgan
shaxslar kerak. Bunday kishilarni tarbiyalash uchun xalqning
tarixiy shakllangan ma’rifiy madaniyatidan kelib chiqib,
umum-
insoniy pedagogik qadriyatlarga tayanuvchi milliy pedagogika
fanini shakllantirish va bu fanni barcha oliy o‘quv yurtlarida
o‘qitish zarur.
Ammo shu vaqtgacha xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun
mutaxassis tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida ta ’lim-tarbiya
berish sirlarini o‘rgatuvchi pedagogika fani o‘qitilmagan edi.
Bu ijtimoiy hodisani Prezidentimiz
Islom Karimov chuqur
his etgan holda jamiyatimiz istiqlolining birinchi yillaridan
boshlab nopedagogik oliy o‘quv yurtlarida pedagogikadan bilim
berishni tavsiya etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli-
gining 1996-yil 7-avgustidagi 189-sonli buyrug‘iga ko‘ra xalq
xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtla-