Ismailova zuxra karabayevna


o ‘qitish, «didchol» —  o ‘rgatuvchi)



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Pedagogika

o ‘qitish,
«didchol» — 
o ‘rgatuvchi)
pedagogika fanining asosiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonining 
umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
2. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida 
tashkil etiladigan ta’lim (ma’lumot) mazmuni komil inson va 
malakali mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgila- 
nadi. M a’lumot mazmuni yuqorida qayd etilgan g‘oyani o‘zida 
aks ettiruvchi davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, o‘quv dastur­
lari va darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari mohiyatida aks etadi.
5.2. TA’LIMNING QONUNIYAT VA TAMOYILLARI
(PRINSIPLARI)
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv ta’lim-tarbiya jarayonining bar­
cha bosqichlarini o‘zida qamrab oladi hamda har tomonlama 
yetuk, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar 
yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning 
asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilandi. Bular: ta’limning ustu­
vorligi, demokratlashuvi, insonparvarlashuvi, ijtimoiylashuvi
milliy yo‘nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, iqti- 
dorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun 
shart-sharoitlar yaratish va shu kabilardir. Jamiyat talab qilayot- 
gan uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar o‘qitish, bilim 
berish, ya’ni ta ’lim jarayoniga ham samarali ta ’sir ko‘rsatadi. 
Pedagogikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohida
ya’ni didaktika qismida o‘rganiladi (25- chizma). Bu jarayonda 
ta’lim prinsiplariga ham alohida to‘xtaladi.
Yaqin va o‘rta Sharqda Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn 
Sino, Umar Xayyom, Tusiy kabi mutafakkirlar ilmiy didaktikani
136


25- chizma. Ta’lim berish qonuniyati va tamoyillarining maqsadi.
yaratdilar. A. Komenskiy, shveysariyalik pedagog I. G. Pestalotssi, 
nemis pedagogi A. Disterverglar Yevropada didaktikaning rivojla- 
nishiga katta hissa qo‘shdilar. Ular pedagogik qarashlarining mu­
him xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo pred- 
metning qiyofasi inson ongida shakllanishiga, mana shu predmet- 
ning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish sodir bo‘lishiga e’ti­
bor berganlar.
Sharq xalqlari pedagogikasining buyuk allomasi Yusuf Xos 
Hojib «Qutadg‘u bilig» asari orqali ilm-fan, ma’rifatning aha- 
miyati, ta’rifi va tavsifida odamlarni tinmay ilm olishga, bilim o‘r- 
ganishga undaydi. Bilimlar rivojida sharqning yana bir buyuk 
mutafakkiri Al-Xorazmiyning salmoqli hissasi bor, albatta. 
Buyuk olim algebra, arifmetika, astronomiya, geografiya va mu- 
siqa sohalarida bir qancha asarlar yozgan.
Sharq-u G ‘arb ma’naviy merosi asosida pedagogik jarayondan 
markaziy o‘rin olgan didaktika doimo rivojlanib bordi, didaktika 
rivojiga buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ham katta
137


hissa qo‘shgan. Uning «Buyuk didaktika» asari o‘qitishni rivojlan- 
tirishga katta ta’sir ko‘rsatdi va muallimlarning doimiy foydala- 
nadigan adabiyoti bo‘lib qoldi.
Ta’lim mazmuni ham alohida majmua bo‘lib, ta’lim jarayoni­
dagi tamoyillar bilan bevosita bog‘liqdir. Ta’lim mazmunining 
tuzilishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi (26- chizma):

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin