Ismailova zuxra karabayevna



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Pedagogika

I. A. Karimov. 
O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: 
«O‘zbekiston», 1999, 9-bet.
3. 
I. A.Karimov. 
Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. — T.: 1998.
4. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining 
asosiy tamoyillari. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. — T.: 
1996. 39-bet.
5. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.// 
«Ma’rifat» gazetasi, 1997-yil 1-oktabr.
6. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi». — T.: 1997.
7. 
A. K. Munavvarov. 
Pedagogika. — T.: «O‘qituvchi», 1996.
8. 
Y. A. Komenskiy. 
Buyuk didaktika. — T.: «O‘qituvchi», 1970.
9. 
S. P. Baranov 
va boshqalar. Pedagogika. — T.: «O‘qituvchi», 
1990.
8. 
Z. K. Ismoilova. 
Pedagogikadan amaliy mashg‘ulotlar. — T.: 
«Fan», 2003.
9. 
R. Mavlonova 
va boshqalar. Pedagogika. — T.: «O‘qituvchi», 2001.
T.: 2000.
144


VI BOB
TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI
TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNING
NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI
6.1. MUTAXASSIS MURABBIY VA RAHBARNING
FAOLIYAT MAHORATI
Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish o‘z tarkibiga yoshlar- 
ning, talabalarning fikrlash faoliyatlarini, kasb egallash va 
o‘zlarida komil inson sifatlarini shakllantirishning bir nechta 
bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi, bir-birini to ‘ldiruvchi faktor- 
larini oladigan murakkab jarayondir.
Davlatimizda ta’lim-tarbiyaning hozirgi bosh strategik maqsa­
di 1997-yil avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi» asosida: «Zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti talablariga 
javob beruvchi, o‘zida komil inson sifatlarini shakllantirgan yetuk 
mutaxassislar tayyorlashdan iborat», deb belgilandi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limining keng 
yoyilishi, miqdor va sifati jihatidan jadal o‘sishi, turli xildagi ta’­
lim tizimi va ta’lim muassasalaridan tashqari ta’lim-tarbiya mas- 
kanlarining ishlab turishi ta’lim va tarbiya jarayonini boshqa- 
rishning juda zarurligini taqozo etadi. Sotsial boshqarish masa- 
lalari ilmiy bilimning maxsus sohasi qilib ajratiladi. Pedagogik ja- 
rayonlarni, hodisalarni va obyektlarni boshqarishda pedagogika 
qonuniyatlarini hisobga olish zarur. Bu holda pedagogik bosh- 
qarish tushunchasi qo‘llaniladi.
Bu borada biz, birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya jarayonini bosh­
qarish va unga rahbarlik qilish haqida fikr yuritmog‘imiz darkor.
Rahbarlik qilish — konkret shaxslar va ularning jamoalarini 
bevosita boshqarishdir. Bu termin va tushunchaning m a’nosi 
shundan iboratki, rahbarlik qilish ongli faollikni talab qiladi. 
Boshqarishning barcha asosiy qoidalari rahbarlik-murabbiylik 
qilishga ham taalluqlidir. Quyidagilarni aniq biladigan rahbarlar 
jamoalar va tashkilotlarni boshqarishlari mumkin:
145


1. Rahbarlikning maqsadini.
2. Ishchilar shaxsining oqibat holatini, ishchilar taraqqiyot 
darajasini, ularning xususiyatlarini, ma’lumotini, axloqiy sifatlarini.
3. Xodimlarining shaxsiy sifatlarini va uning o‘zgarish yo‘llarini.
4. Boshqariladigan tizimga ta’sir qiladigan vositalar va usullarni. 
Odamlar orasida ishlash jarayonida rahbarning har bir xodim-
ga munosabati tushunchasi yotadi. Bunda biz rahbarning muno- 
sabatlaridan kelib chiqqan axloqiy sifatlarni, uning ijobiy yoki
aksincha, salbiy harakatlarini, munosabat formalarini quyidagi 
bosqichlarda kuzatishimiz mumkin (29- chizma):

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin