Bulutlar ortiga yashiringan quyoshni bulutlardagi misollarni yechish orqali qutqarib olinadi va quyosh zarrin nurlarini socha boshlaydi.
---Bolajonlar, bulutlar qayerdan paydo bo‘ladi?
---Suv bug‘laridan
---Juda to‘g‘ri, bilasizlarmi suv tabiatda aylanib sayohat qilib yuradi, bu hodisani kim tushuntirib beradi?
O‘quvchilar tabiatdagi suvning aylanish jarayonini tushuntirib beradilar.
3-misol
3 x 2 = 3+3
Ko‘paytirish bu sonni bir necha marta oshirish yani bir necha marta qo‘shish demakdir.
6 x 5 = 6+6+6+6+6=30 5 x 4=5+5+5+5=20
4 x 3= 4+4+4=12 3 x 5= 3+3+3+3+3=15
7 x 2= 7+7=14 8 x 3= 8+8+8=24
4-masala ---Serqatnov yo‘llarda piyodalar uzoq masofalarga borish uchun nimalarda foydalanadilar.
---Bunday hollarda piyodalar yengil avtomobillar va jamoa transport vositalaridan foydalanadilar.
Berilgan masalamizda huddi ana shunday holat haqida so‘z boradi:
1ta avtomobilda – 5ta yo‘lovchi
2ta avtomobilda- ?ta
Yechish: 2 x 5= 10 (ta)
Javob: 2 ta avtomobilda 10 ta yo‘lovchi bo‘lgan
5-misol
---Bolajonlar, 5-misoldagi topshiriqlarni bajarish uchun oltin olma daraxtidan foydalanamiz, bunda kim oltin olmada yozilgan misollarni to‘g‘ri bajarsa oltin olmaga ega bo‘ladi, marhamat, bolajonlar.
2 x 7=14 6 x 5=30 2 x 6=12
5 x 5=25 6 x 3=18 4 x 5=20
4 x 3=12 7 x 2=14 5 x 8=40
24:4=6 45:5=9 25:5=5
Misollarni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilarga oltin olma shaklidagi rag‘bat kartochkalari
topshiriladi