İV. Yangi mavzuni mustahkamlash Yangi mavzuni mustahkamlash uchun darslikda berilgan 6-misolda berilgan topshiriqlarni bajaradilar
6-misol
6-misol shartiga ko‘ra, og‘zaki ravishda 4 sonini berilgan sonlarga ko‘paytirish topshirig‘i beriladi.
So‘ngra 5 sonini berilgan sonlarga ko‘paytirish topshirig‘ini beriladi. Topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilarga rag‘bat kartochkalar topshiriladi.
Shundan keyin “Marra sari karra”didaktik o‘yini o‘tkaziladi. Bunda har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqadi. Marra chizig‘iga yetguncha o‘qituvchi bergan karraga oid og‘zaki misollarni to‘g‘ri yechgan o‘quvchi bir qadam bosadi va marra sari yaqinlashaveradi. Shu tariqa marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
7x3=yetti karra uch= 21
3x9=uch karra to‘qqiz=27
4x6= to‘rt karra olti=24
2x9=ikki karra to‘qqiz =18
---Qadrli o‘quvchilar, matematika haqiqatan juda qiziqarli fan, to‘g‘rimi?
Ayting-chi,matematika fanining asoschisi kim va u qayerlik bo‘lgan?
---Matematika fanining asoschisi buyuk alloma , matematik olim vatandoshimiz
Muhammad Muso al Xorazmiy bo‘lganlar.
---Al Beruniy, al Xorazmiy. Al Farob avlodidan
Asli nasli balki To‘g‘luq , balki Tarhon o‘zbegim.
So‘ngra monitor orqali al Xorazmiy haqida ma’lumot namoyish etiladi.
V. Rag‘batlantirish Dars yakunida darsga xulosa yasaladi:
---Demak,bolajonlar,ko‘paytirishning komponentlari, ya’ni, hadlari qaysilar ekan?
---1-ko‘paytuvcuvchi, 2-ko‘paytuvchi, ko‘paytma
---Barakalla, buni unutmang bolalar, darsimiz sizga yoqdimi?
---Albatta, ustoz!
---Unday bo‘lsa, uyga vazifani yozib oling:
Vl. Uyga vazifa: Darsligimizning 80- sahifasida berilgan 7-8-misol va masalani ishlab kelish.7-masala matematik diktant tarzida berilgan bo‘lib, berilgan ko‘paytuvchilarni ko‘paytirib, ko‘paytmasini topasiz, bo‘lishga doir misolni bo‘lib bajarasiz.
4 x3= 12 8:2=4 9 x 3=27 5 x 4=20
8-misolda esa 2 xonali sonlarni qo‘shish va ayirishga doir misollar berilgan, birliklardan birliklarni, o‘nliklardan o‘nliklarni ayirib topasiz, qo‘shishda ham avval birliklarni , so‘ngra o‘nliklarni qo‘shasiz.
72+21=93 56-25=31 43+27=70
68-30=38 58+21=79 96-36=60
75-21=54 65+22=87 34-23=11
Foydalanilgan adabiyotlar 1. 2-sinf “Matematika” darsligi N. Abdurahmonova, L. O‘rinboyeva. Toshkent – 2018
2.” Boshlang‘ich ta’lim” jurnali . 2020 –yil, aprel
3. “Pedagogika”
4. “Matematika o‘qitish metodikasi”