3.3. Ko‘p qatlamli Silindrik devorning issiqlik o‘tkazuvchanligi
6–rasm. Ko‘p qatlamli Silindrik devor. Amalda bir qatlamli Silindrik devorlar kam uchraydi. Odatda quvur sirti qo‘yqa, shlak, yog‘ yoki issiqlik izolyatsiya qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Yuqoridagi barcha hollarda ko‘p qatlamli Silindrik devor bilan ish qilishga to‘g‘ri keladi.
6–rasmda uch qatlamli Silindrik devor tasvirlangan.
Uning geometrik o‘lchamlari, har bir qatlamning issiqlik o‘tkazuvchanligi, ichki va tashqi sirt temperaturalari t1 va t4 ma’lum, qatlamlar tegib turgan joylardagi temperatura t2 va t3 noma’lum. Statsionar tartibda devorning har qaysi qatlami orqali o‘tadigan issiqlik oqimi kattaligi jihatdan o‘zgarmas va barcha qatlamlar uchun bir xil bo‘ladi.
U holda (29) formulaga asosan quyidagilarni yozish mumkin:
Birinchi qatlam uchun: