Issiqlik o’tkazuvchanlikning diffеrеnsial tеnglamasi. Issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlikning uzatilishida qatnashayotgan kattaliklar orasidagi bog’liklikni issiqlik o’tkazuvchanlik diffеrеnsial tеnglamasi aniqlaydi.
(2)
a – harorat o’tkazuvchanlik koeffisiеnti;
Laplas opеratori
qv – jismning ichki issiqlik manbai.
Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsientini ifodadan topishimiz mumkin:
Demak issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti qiymati son jihatdan temperatura farqi 1 0 S bo`lganda devorning birlik qatlamidan o`tadigan solishtirma issiqlik oqimiga teng. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti moddaning tuzilishi, zichligi, namligi, bo-simi va temperaturasiga bog’liq bo`ladi.
Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti ning aniq qiymatlari turli moddalar uchun tajribalar asosida aniqlanadi. Texnik hisoblashlarda ning qiymati jadvallardan olinadi.
Ba`zi moddalar uchun issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti qiymati , Vt/мК:
Kumush .......................…458
Toza mis ....................…390-400
Po`lat,chuyan ..............…...45 -60
Qizil g’isht ................…0,55 -0,8
Beton .................……......0,9-1,4
Yog’och ........................…….0,11-0,17
Asbest ......................……0,09-0,19
SHlakli tola ..............….0,07
Suv (0-100 0S)...............…0,55-0,7
Muz .........................……..2,5
Havo (0-1000 0S )...............0,024-0,075
Eng yaxshi issiqlik o`tkazgichlar metallar bo`lib, ularda ning qiymati 3 dan 458 Vt/( к м ) gacha o`zgaradi. Engil g’ovak materiallar issiqlikni yomon o`tkazadi, chunki ularning g’ovaklari havo bilan to`lgan bo`ladi. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti 0,2 Vt/( м к ) dan kichik bo`lgan materiallar issiqlik izolyatsiya materiallari deyiladi.
Ho`l materialning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti uning quruq holatidagi issiqlik o`tkazuvchanligiga nisbatan ancha katta bo`ladi. Bunga sabab shuki, suv issiqlikni havoga qaraganda 20-25 marta yaxshi o`tkazadi.
Qurilish materiallari va issiqlik izolyatsiya materiallari uchun ning qiymati 0,02 dan 3,0 Vt/( м к ) gacha bo`lib, uning temperaturaga bog’liqligi quyidagi tenglik bilan ifodalanadi:
bu erda: -temperatura koeffitsienti.
Ko`pchilik qurilish materiallari uchun 0-100 0S temperatura oralig’ida = 0,0025.
Toza metallar uchun ning qiymati temperatura ortishi bilan kamayib boradi.
Tomchisimon suyuqliklarda ning qiymati 0,08 dan 0,65 Vt/( м к ) gacha oraliqda o`zgaradi. Gazlarning issiqlik o`tkazuvchanligi 0,005 dan 0,1 Vt/( м к ) gacha oraliqda bo`lib, temperatura ortishi bilan ortib boradi. Gazlardan faqat vodorod va geliyning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti boshqa gazlarnikidan ancha yuqori qiymatga ega.
Dostları ilə paylaş: |