Issiqlik texnikasi o’lchov va nazorat asoslari


Optik gaz analizatorlarida



Yüklə 204,6 Kb.
səhifə2/3
tarix05.07.2022
ölçüsü204,6 Kb.
#117358
1   2   3
Issiqlik texnikasi YaN -2

Optik gaz analizatorlarida optik zichlik, sindirish koeffitsienti va boshqa optik xossalarning tekshirilaѐtgan komponent konsentratsiyasiga bog‘liqligidan foydalaniladi. Elektromagnit nurlanish jadalligining pasayishi ѐki nurlanish oqimining tekshirilaѐtgan gaz spektorining infraqizil, ultrabinafsha ѐki ko‘rinadigan qismlaridagi yutilishini o‘lchashga asoslangan absorbsion-optik usul ko‘proq tarqalgan.

Vodorod, ammiak, metan kabi gazlar infraqizil nurlarni, xlor, ozon, simob bug‘lari esa ultrabinafsha nurlarni yutadi. Shuning uchun tahlil qilinaѐtgan komponent turiga qarab bunday gaz analizatorlarida infraqizil ѐki ultrabinafsha nurlanishdan foydalaniladi.
Spektrning infraqizil sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida nurlatkichlar sifatida 700—800°S gacha qizdirilgan sim spirallaridan foydalaniladi. Spektrning ultrabinafsha sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida esa gaz ryazryad lampasi nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Optik-absorbsion gaz analizatorlarining ko‘pi differensial sxema bo‘yicha qurilgan Manba 1 dan olinadigan nurlanish oqimi yo‘lida ѐrug‘lik filtrlari
2 orasidan tekshirilaѐtgan gaz aralashmasi o‘tadigan ishlovchi kamera 3 va aniqlanaѐtgan komponent qo‘shilmagan gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan taqqoslash kamerasi 4 o‘rnatiladi. Qabul qilgich 5 ish va taqqoslash kameralaridagi nurlanish jadalligi farqini qabul qiladi, aniqlanaѐtgan komponent miqdoriga mutanosib bo‘lgan nobalanslik signali esa kuchaytirgich 6 da kuchayib, o‘lchash asbobi 7 da qayd qilinadi.

Optik – absorbsion gaz analizatorining blok – sxemasi.
Odatda optik gaz analizatorlari kompensatsion sxema bo‘yicha ishlanib, o‘lchash sxemasi optik, gaz ѐki elektr usullar ѐrdamida muvozanatlanadi. Optik konpensatsiya usulida teskari aloqa signali to‘siq ѐki optik pona siljishiga aylantiriladi. Bu esa taqqoslash kanalida nurlanish jadalligini tegishlicha o‘zgartiradi. Ikkinchi holda, taqqoslash kanalida nurlanish oqimi yo‘lida kompensatsiyalovchi aralashma qatlamining qalinligi o‘zgaradi. Ba, nihoyat, elektr kompensatsiyalash usulida zanjirda elektr bilan ta’minlash kuchlanishi o‘zgartiriladi.
Infraqizil nurlanishli gaz analizatorlarida qoldiq energiya tekshirilaѐtgan komponent bilan to‘ldirilgan nur qabul qilgichlarida yutiladi. Uzlukli nurlanishdan foydalanilganda nur qabul qilgichda energiyaning yutilishi sababli haroratning o‘zgarishi, shu bilan birga bosimning o‘zgarishi vujudga keladi. Bu tebranishlarni tegishli o‘lchash asbobi bilan olingan nur kabi qabul qilgich mikrofonining membranasi qabul qiladi.
Bunday nur qabul qilgichda gaz bosimining pulslanishi akustik samara nomini olgan. Bunday gaz analizatorlari esa optik-akustik asboblar deyiladi. Bu asboblarning afzalligi ularning universalligidadir, chunki ko‘pchilik moddalarning infraqizil yutilish sfektri bir-biridan farq qiladi.

  1. Qalqovichli zichlik o‘lchagichlarda Arximedning qalqovichga ta’sir etuvchi itarib chiqaruvchi kuchining suyuqlik zichligiga bog‘liqligidan foydalaniladi. Bu asboblar suzib yuruvchi va batamom cho‘kadigan qalqovichli bo‘ladi. Birinchi tur asboblarda zichlikni o‘lchash qiymati qalqovichning cho‘kish chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchi tur asboblarda qalqovichni cho‘kish chuqurligi o‘zgarmaydi. Faqat uning itaruvi kuchi o‘lchanadi, bu kuch esa suyuqlikning zichligiga mutanosib bo‘ladi.

Birinchi tur zichlik o‘lchagichlarda qalqovichning og‘irlik kuchi qalqovichga zichligi bo‘lgan,
tekshiriladigan muhit tomonidan ham suyuqlik yuzasida bo‘lgan zichligi 0 bo‘lgan muhit tomonidan ta’sir etadigan itaruvchi kuch bilan muvozanatlashadi. Qalqovich muvozanatda turganida itaruvchi kuch qalqovichning og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Bu yerda, tekshirilaѐtgan muhit zichligining har bir qiymatiga qalkovichning ma’lum botish chuqurligi mos keladi. Ixtiѐriy shakldagi qalkovichga ta’sir etuvchi itaruvchi kuch Arximed qonuniga ko‘ra aniqlanadi:
h x
Fx 0 g S(x)dx gS(x)dx , (6.31)

Yüklə 204,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin