часть
1
«
Новости образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апреля
, 2023
г
358
Shu ma'noda oʻzbek tilshunosligining zamonaviy fan yoʻnalishi darajasida shakllanishi
va rivojlanishining ilk sahifasi sifatida tarixda qolgan XX asr boshlaridagi tilshunoslik
merosini tadqiq etish milliy manfaatlarimizni ta'minlash, ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash
ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻzbek tilshunosligida bu davr tili va tilshunosligi keng
koʻlamda oʻrganilmoqda. Turkologiyada, jumladan, oʻzbek tilshunosligining rivojlanishiga
hissa qoʻshgan olimlarmiz, tilning barcha qirralarini ochib bergan, jahon tilshunosligi
qatoriga qoʻshishga muyassar boʻlgan. Biroq tilshunoslik sohasi bilan shugʻullangan
jonkuyarlarning ilmiy asarlarini oʻrganish masalasi tizimli yoritilgan emas.
XX asrning boshlarida shakllana boshlagan oʻzbek nazariy tilshunosligi bugungi kunga
kelib, zamonaviy tilshunoslikning tarkibiy qismiga aylandi. Umumturkiy tilshunoslik uchun
ham nazariy, ham amaliy manba boʻlgan M.Qoshgʻariy, A.Navoiy, Zamaxshariy, Abu Xayyon
kabi zabardast olimlar ilmiy ishlarini eslamaslik mumkin emas. Zamonaviy oʻzbek
tilshunosligi haqida fikr bildirilganda esa Fitrat, Elbek, Gʻozi Olim Yunusov, Ashurali Zohiriy,
Abdulla Avloniy, Shorasul Zunnun kabi til ilmining nazariy rivojiga ma'lum darajada hissa
qoʻshgan koʻplab oʻzbek fidoyi olimlar bilan bir qatorda E.D.Polivanov, A.K.Borovkov,
N.Kononov, V.V.Reshetov, S.N.Ivanov kabi rus olimlarining nomlarini ham tilga olib oʻtish
zarur. XX asrning 20-30-yillarida ijod qilgan oʻzbek adiblarining badiiy, ilmiy va publitsistik
asarlarini tadqiq qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Bunga M.Qurbonova,
B.Toʻychiboev, M.Yoʻldoshev, Yo.Sayidov, F.Bobojonov, D.Ne'matova, T.Togʻaev,
Z.Chorieva, L.Jalolova va boshqalarning ishlarini koʻrsatish mumkin. Mustaqillik yillariga
nazar soladigan boʻlsak, oʻzbek tilshunosligiga hissa qoʻshgan olimlarda ilmiy asarlari
oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan ayrim ishlar qilingan. Tilshunosligimizning ilmiy-nazariy
tadqiqot obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar XX asrning 30-yillaridan boshlab
jiddiy oʻrganila boshlandi. Aynan shu davrda oʻzbek tilshunosligida rus olimlari
A.N.Kononov, S.E.Malov K.K.Yudaxin, E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.Reshetov kabi yirik
tilshunoslar bilan bir qatorda oʻzbek tilshunosligida oʻz maktabini yaratgan olim
A.Gʻulomov iste'dodli tilshunoslar F.Abdullaev, T.Ibrohimov, A.Ibrohimov, S.Usmonov,
F.Kamolov, T.Salimov, U.Tursunov, E.Fozilovlar qatorida edi. Olim oʻzbek tili grammatik
qurilishi tizimini yaratish maqsadida jahon lingvistik tahlil va tasnif usulini asosiy mezon
sifatida belgilab, oʻz qarashlarini sinxron-formal tasnif metodi vositasida yaratdi. Olimning
ishlariga sinchkovlik bilan e'tibor qaratilsa, oʻzbek ilmiy tilshunosligi taraqqiyotida ham
sistem struktur, ham substantsional tilshunoslikning haqiqiy asoschilaridan ekanligiga amin
boʻlamiz. Sinxron-formal tasnif metodi XX asrning 40-80 yillariga qadar oʻzbek
tilshunosligida
yetakchilik
qilganligiga
qaramay,
70-yillardan
boshlab
Sh.Shoabdurahmonov, Gʻ.Abdurahmonov, M.Asqarova, O.Usmonov, A.Rustamov,
M.Mirzaev, F.Ubaeva, A.Xojiev, M.Mirtojiev, I.Qoʻchqortoev kabi va ulardan keyingi bir
qator etakchi olimlar ishlarida kuzatildi.
Oʻzbek tilshunosligidagi yechimini topmayotgan muammolar xususida olimlarimiz
tunu kun izlanishlar olib bormoqdalar. Jumladan, tilshunos olimlaridan biri B.Toʻychiboev