Исследование в XXI веке апреля, 2023 г 357 Oʻzbek tilshunosligining shakllanishida professor ayub gʻulomovning



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix10.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#139160
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8
Turdiyeva Iroda (3)


часть 
1
 
«
Новости образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апреля
, 2023
г 
359 
oʻzining «Oʻzbek nazariy tilshunosligi asoschisi yohud «Ayyubona tadqiq» xususida soʻz» 
maqolasida «...barcha fanlar kabi tilshunoslikka ham har bir davr oʻz talabini qoʻygan. 
Shuning uchun tilshunoslik tarixini oʻz tarixi bilan bogʻlab kuzatish maqsadga muvofiqdir» - 
deb aytib oʻtgan. Masalaga shu nuqtai nazar bilan yondashadigan boʻlsak, oʻtgan asrning 
qirqinchi yillaridan boshlab oʻzbek tilini nazariy jihatdan oʻrganish davr talabiga aylandi. 
Oʻzbek tili ilmiy grammatikasining nazariy asoslarini yaratish uchun esa Sharq va Gʻarb 
filologiyasining ilgʻor gʻoyalari bilan qurollangan, mumtoz til, xalq tili, xalq ogʻzaki ijodi 
namunalari tili va adabiy tilning ichki imkoniyatlarini, shuningdek, taraqqiyot 
qonuniyatlarini chuqur his qiluvchi hamda yaxshi biluvchi zabardast olim zarur edi», - deyar 
ekan, toʻla haqli edi*3+.
«40-yillardan oʻzbek tili ilmiy jihatdan atroflicha, chuqur oʻrganila boshlandi. 
Tilshunoslikning tildagi har bir sath birliklarini oʻrganishga qaratilgan fonetika, morfemika, 
soʻz yasalishi, leksikologiya, morfologiya, sintaksis kabi boʻlimlari shakllana boshladi. 1940-
yilda bu davrni A.Gʻulom oʻzining «Oʻzbek tilida aniqlovchilar» mavzusidagi nomzodlik 
dissertatsiyasi bilan boshlab berdi», -degan fikri ayni haqiqatdir[4]. 
Olimning A.Gʻulomov haqida aytgan bu fikrlari koʻpchilik tomonidan e'tirof etilgan. XX 
asrning 40-80-yillari oʻzbek tilshunosligi taraqqiyoti haqidagi ishlarda, aynan shu fikrlarning 
qanchalik toʻgʻri ekanligini ta'kidlovchi dalillar bilan toʻqnashganmiz, haqiqatan ham, 
A.Gʻulomov oʻzbek nazariy tilshunosligining poydevorini qoʻygan, favqulodda iste'dodga 
ega boʻlgan betakror tilshunos edi. Oʻzbek nazariy tilshunosligining shakllanish davri haqida 
gap borar ekan, A.Gʻulomovdan bir yil keyin nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan 
prof.U.Tursunov ilmiy foaliyati haqida toʻxtalmaslik mumkin emas. A.Gʻulomov 1940-yilda 
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan boʻlsa, U.Tursunov, bir yildan keyin oʻz ilmiy 
ishini yakunlash bilan, oʻzbek nazariy tilshunosligining shakllana boshlanganligini toʻla 
namoyon etdi. Qizigʻi shundaki, A.Gʻulomov «Oʻzbek tilida aniqlovchilar» monografiyasi 
bilan oʻzbek nazariy grammatikasining poydevorini qoʻygan, oxir-oqibat yirik tilshunoslik 
ilmiy maktabini asoschisiga aylangan boʻlsa, U.Tursunov yuqorida qayd etilgan tadqiqoti 
bilan oʻzbek nazariy tilshunosligi poydevorini mustahkamladi va Samarqand tilshunoslik 
ilmiy maktabining asoschisiga aylandi. 
Oʻzbek nazariy tilshunosligining shakllanishi va taraqqiyotiga, katta hissa qoʻshgan 
boshqa olimlar faoliyatiga toʻxtalishdan avval shuni alohida ta'kidlamoqchimizki, arab 
tilshunosligi rivojiga hissa qoʻshgan, shu bilan birga umuman, jahon tilshunosligi 
taraqqiyotini ta'minlagan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Qoshgʻariy, Zamaxshariy, Navoiy, 
Bobur, Abubakr Sakkokiy, Yoqut Hamaviy, Abu Hayyon, Jaloliddin Abu Muhammad 
Abdulloh turkiy, Abu Mansur as-Saolibiy kabi koʻpgina sharq olimlarining, shuningdek, XIX 
asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida tilshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan rus 
turkologlari: F.E.Korsh, A.E.Krimskiy, M.A.Kazembek, N.I.Ilminskiy, V.A.Bogoroditskiy, 
N.I.Ashmarin, L.Z.Budagov, P.M.Melioranskiy, V.V.Radlov, S.E.Malov, E.D.Polivanov, 
K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, A.N.Samoylovich kabi yirik olimlar va XX asrning 20-30-yillarida 


Международный научный журнал

9
(100), 
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin