Issn: 181-2489 volume ǀ issue 7


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 19,89 Kb.
səhifə5/6
tarix09.12.2023
ölçüsü19,89 Kb.
#138743
1   2   3   4   5   6
jazoni-o-tashdan-muddatidan-ilgari-shartli-ravishda-ozod-qilish-tartibi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

  • o’n to’rt yoshga toʼlmaganligi aybdorga ayon bo’lgan jabrlanuvchiga nisbatan zoʼrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-moddasi to’rtinchi qismi);

  • tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish (JKning VIII bobi);

  • Oʼzbekiston Respublikasiga qarshi jinoyat sodir etish (JKning IX bobi);

  • yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg’in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon boʼlgan material va uskunalarni kontrabanda qilish (Jkning 246-moddasi 2-qismi) (JKning 73- moddasi 4-qismi).

Voyaga yetmagan yoshda jinoyat sodir qilgan shaxsga jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo’llash uchun jazo oʼtashning eng kam zarur muddati belgilangan. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:

  1. ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;

  2. og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;

v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llaniladi5.
Bu muddatlar kattalar uchun oʼrnatilgan muddatlarga nisbatan ancha qisqartirilgan hamda JKning 73-moddasida qilmishning og’irligidan va qilmishda residiv xususiyat mavjudligidan kelib chiqib differensiyalangan6.
Voyaga yetmaganlarni jazoni o'tashdan shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilishning xususiyatlari quyidagilardan iborat.
Fikrimcha, ushbu institutni qo’llash bilan bog’liq bo’lgan anglashilmovchilik holatlari mavjud bo’lib, xususan, sudlar tomonidan qonunda koʼrsatilmagan sabablarga ko’ra (masalan, tayinlangan jazoning yengilligi, jazoni ijro etish yuzasidan muassasada kam vaqt boʼlganligi va boshqalar) jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari ozod qilishni rad qilish holatlari mavjud. Lekin shu vaziyatlarda oʼzining oʼzgarganligini isbotlagan mahkumlarni jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni rad qilish hollari boʼlmasligi kerak. Boshqacha talqin qilinganda, mahkumning tuzalganligi to’g’risida isbotlovchi holatlar boʼlganda uni asossiz ravishda jazoni oʼtashdan ozod qilish masalasini hal qilishni rad etish mumkin emas.





5 https://lex.uz/docs/-111453
6 Рустамбоев М.Х. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарҳ [Қайта ишланган ва тўлдирилган иккинчи нашр. 2016 йил 1 ноябргача бўлган ўзгартириш ва қушимчалар билан] умумий қисм / М. Рустамбоев. Тошкент: Адолат, 2016. 580-б.

Yüklə 19,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin