166. Transformatorlar va reaktorlarni o‘rnatish EQTQ va podstansiyalarni texnologik loyihalash me’yorlariga
muvofiq amalga oshirilishi shart.
Transformatorlar va reaktorlarni transportirovka qilish, tushirish, saqlash, montaj qilish va ekspluatatsiyaga
kiritish ishlab chiqaruvchi zavodning rahbariy hujjatlariga (yo‘riqnomalariga) mos ravishda bajarilishi shart.
167. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya
qilish mazkur Qoidalarga
4-ilova
talablariga
muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Elektr dvigatellar
168. Elektr dvigatellarni kapital va joriy ta’mirlash davriyligini korxona elektr xo‘jaligiga
javobgar shaxs
belgilaydi. Elektr dvigatellarni ta’mirlash yuritma mexanizmlarini ta’mirlash bilan bir vaqtda o‘tkazilishi shart.
169. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya
qilish mazkur Qoidalarga
5-ilova
talablariga muvofiq
amalga
oshiriladi.
7-bob. O‘ta kuchlanishlardan himoya
170. Yashindan himoya qurilmalarini montaj qilingandan keyin qabul qilishda
korxonaga quyidagi texnik
hujjatlar topshirilishi shart:
tegishli tashkilotlarda tasdiqlangan va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va Davlat yong‘in
nazorati
organi bilan kelishilgan yashindan himoyaning texnik loyihasi;
ventilli razryadlagichlar va kuchlanishni nochiziq cheklagichlarni montajdan
oldin va keyin sinash
dalolatnomalari;
quvurli razryadlagichlarni o‘rnatish dalolatnomalari;
razryadlagichlar va yashin qaytargichlarning erga ulash qarshiliklarini o‘lchash bayonnomalari.
171. O‘ta kuchlanishdan himoya qilish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga
6-ilova
talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: