Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlar



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

11-bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlar
181. Podstansiyalar va TQlarni o‘chirmasdan ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi
shart:
doimiy navbatchi xodimlari bor obyektlarda 3 sutkada kamida 1-marta;
sutkaning qorong‘i vaqtlarida, razryadlarni va tojlanishni aniqlash uchun 1 oyda kamida 1-marta;
doimiy navbatchi xodimlari yo‘q obyektlarda 1 oyda kamida 1-marta, transformator va taqsimlovchi
punktlarida esa 6 oyda kamida 1-marta;
qisqa tutashuv o‘chirilgandan keyin.
Yomon ob-havoda (kuchli tuman, ho‘l qor, muzlash va shunga o‘xshash) yoki OTQda kuchli ifloslanish
bo‘lganda, qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazishlar tashkil etilishi shart.
Barcha aniqlangan nosozliklar uskunalar nuqsonlari va buzuqliklari jurnaliga yozilishi shart; bundan
tashqari, ular haqidagi ma’lumot elektr xo‘jaligiga javobgarga xabar qilinishi kerak.
Aniqlangan nosozliklar qisqa muddatlarda bartaraf etilishi shart.
182. Kuchlanishi 3 kV va undan yuqori bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarning tezkor blokirovkalari mexanik
blokirovkalardan tashqari, doimo plombalangan bo‘lishi shart.


Bevosita almashlab ulashni bajaradigan xodimlarga o‘zboshimchalik bilan blokirovkalarni ishlashdan
chiqarish man etiladi.
183. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlarni ekspluatatsiya qilish mazkur
Qoidalarga
 10-ilova 
talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar
184. Releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalariga (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) va ularning
ikkilamchi zanjirlariga texnik xizmat ko‘rsatishni odatda, markaziy yoki mahalliy releli himoya, avtomatika
(keyingi o‘rinlarda — RHA) xizmatlari va o‘lchashlar (laboratoriyalar) yoki korxonaning elektr laboratoriya
xodimlari amalga oshirishlari kerak.
RHA va T qurilmalarining alohida turlariga xizmat ko‘rsatishda boshqa xizmatlar ishtirok etgan hollarda,
ular orasida xizmat ko‘rsatish zonalari va majburiyatlar mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq chegaralanadi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki
korxona tashkilotlari sozlash ishlarini bajarayotganda, nomlangan plombalarga va Sanoat xavfsizligi davlat
qo‘mitasi bergan ruxsatnomaga ega bo‘lishlari shart.
185. Yangi montaj qilingan RHA va T qurilmalarini ishga tushirishdan oldin uskunalar pasportiga yoki
mahsus ro‘yxatlarga yozib, ularda sozlash va qabul sinovlari o‘tkazilishi kerak.
186. Qabul qilingan RHA va T qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin quyidagi texnik hujjatlar:
montaj va sozlashda tuzatishlar kiritilgan loyiha materiallari (chizmalar va sxemalar, tushuntirish yozuvlari,
kabel jurnali va shunga o‘xshash) montaj qiluvchi va sozlovchi tashkilotlar tomonidan;
zavod materiallari (texnik tavsif va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma, elektr uskuna va
apparatlarning pasporti, va boshqalar) montaj qiluvchi tashkilot tomonidan;
sozlash va sinashlar bayonnomalari sozlash tashkiloti yoki korxona laboratoriyasi tomonidan taqdim etilishi
shart.
187. Ekspluatatsiyadagi har bir RHA va T qurilmasiga korxonada quyidagi texnik hujjatlar saqlanishi shart:
uskunaning pasporti-bayonnomasi;
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar;
o‘rnatmalar kartasi yoki jadvali (yoki xarakteristikalari) shaklidagi qurilmalarning texnik ma’lumotlari va
parametrlari;
prinsipial, montaj yoki prinsipial-montaj sxemalar.
Qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatishdagi davriy tekshirishlar natijalari pasport — bayonnomaga kiritilishi
shart (batafsil yozuvlarni, ayniqsa, RHA va Tning murakkab qurilmalari bo‘yicha, ishchi jurnalida yuritish tavsiya
etiladi).
188. Rele, apparatlar va RHA va Tning yordamchi qurilmalarini ochishga o‘rnatma qiymatini tezkor xodim
o‘zgartiradiganlardan tashqari, faqat ushbu qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xizmatchilarga ruxsat
beriladi.
189. RHAning tez harakatlanuvchi qurilmalari va zaxiralash qurilmalari mavjud bo‘lganda, o‘chirgichlar
ishdan chiqqanda, ta’mirdan yoki o‘chishdan keyin tarmoqlarni, shinalarni va elektr uskunalarini ulash bo‘yicha
barcha operatsiyalar, shuningdek, ajratgichlar va havo uzgichlari bilan operatsiyalar RHA qurilmasi ishga
tushgandan keyin amalga oshirilishi shart.
Ularni ishga tushirish imkoni bo‘lmaganda, zaxira himoyalarida tezlanishni ishga tushirish yoki vaqtincha
himoyani (shu jumladan, selektiv bo‘lmasa ham) amalga oshirish zarur.
190. RHA va T qurilmalarida ishlarni o‘qitilgan va tegishli qurilmalarga mustaqil texnik xizmat ko‘rsatishga
ruxsat berilgan xodimlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda bajarishlari shart.
191. Panellarda (shkaflarda) va releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv zanjirlarida ishlar
bajarilganda, uskunalar xato o‘chirilishining oldini olish choralari qabul qilinishi shart.
Ishlar faqat izolatsiyalangan asbob bilan bajarilishi shart.
Bu ishlarni ijro sxemalarisiz, RHA va Tning murakkab qurilmalarida esa berilgan hajmlar va ketma-ketliklar
mavjud bo‘lgan dasturlarsiz bajarish man qilinadi.
Ishlar tugagandan so‘ng tok, kuchlanish zanjirlari va tezkor zanjirlar to‘g‘ri ulanganligi hamda ishga
yaroqliligi tekshirilishi shart. RHA tezkor zanjirlari va boshqaruv zanjirlari, odatda amalda sinash yo‘li bilan
tekshirilishi kerak.
192. Ulanmalarning (himoya qilinayotgan yoki oraliq birikmalarni) o‘chishiga ishlab ketishi, shuningdek,
boshqa ko‘zda tutilmagan ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan RHA va T qurilmalaridagi ishlar, buni
hisobga olgan holda, ruxsat etilgan talabnoma buyicha amalga oshirilishi kerak.
193. Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amlari doimo rele yoki asboblar orqali tutashtirilgan yoki
qisqa tutashtirilgan bo‘lishi shart.
Tok va kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari va yuqori chastotali kanallar ulanmalari
filtrlarining ikkilamchi chulg‘amlari erga ulangan bo‘lishi shart.
194. RHA va T qurilmalarida rejali texnik xizmat ko‘rsatishlar, sinashlar va avariyadan keyingi tekshirishlar
tugagandan so‘ng bayonnomalar tuzilishi va releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika jurnalida,
shuningdek, pasport-bayonnomada tegishli yozuvlar yozilishi shart.
RHA va T sxemalari va o‘rnatma qiymatlari o‘zgarganda, jurnalda va pasport-bayonnomada tegishli
yozuvlar kiritilishi shart. Shuningdek, prinsipial va montaj sxemalariga hamda ekspluatatsiya qilish bo‘yicha
yo‘riqnomalarga tuzatishlar kiritilishi shart.
195. Teleboshqarilayotgan uskunalarni avtonom boshqaruvga o‘tkazish va uning teskarisi, faqat dispetcher
yoki korxona elektr xo‘jaligiga javobgar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Podstansiyadagi teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini to‘xtatish uchun umumiy kalitlar yoki
o‘chirish qurilmalari qo‘llanilishi shart.
Teleboshqaruv zanjirlarini yoki alohida ulanmalarning telesignalizatsiyasini o‘chirish, ajratish qisqichlarida
yoki individual o‘chirish qurilmalarida bajarilishi shart.
Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual o‘chirish
qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni, faqat dispetcher (tezkor xodim) ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki uni xabardor
qilib bajarishga ruxsat beriladi.


196. RHA va T qurilmalarining panellarida (shkaflarda) tezkor xodim kalitlar, qoplagichlar, sinash bloklari va
boshqa moslamalar yordamida almashlab ulashni amalga oshirayotganda, barcha ishlatilayotgan rejimlar uchun
ko‘rsatilgan almashlab ulash qurilmalari holatlarining jadvallari bo‘lishi shart.
Ushbu almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalar tezkor jurnalga yozilishi shart.
197. Elektr tarmog‘ini ta’minlovchi elementlarning releli himoyani sozlash shartlari bo‘yicha va mumkin
bo‘lgan ekspluatatsiya rejimlarini hisobga olingan va ruxsat etilgan chegaraviy yuklamalari korxona tomonidan
energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati bilan kelishilishi va davriy ravishda qayta ko‘rib
chiqilishi kerak.
198. Tezkor xodim quyidagilarni amalga oshirishi shart:
RHA va T va boshqaruv panellarida (shkaflarida) almashlab ulash qurilmalari va sinash bloklari qopqoqlari
holatining to‘g‘riligi nazoratini, shuningdek, RHA va T va boshqaruv zanjirlarida avtomatik o‘chirgichlar hamda
saqlagichlarning yaroqliligi nazoratini;
RHA va T qurilmalari holatini mavjud panellar (shkaflar) va apparatlardagi tashqi signalizatsiya qurilmalari
bazasida nazorat qilishni;
yuqori voltli o‘chirgich va boshqa apparatlarni, shuningdek, avtomatik qayta ulash qurilmalarini, zahirani
avtomatik ulash va qayd qiluvchi asboblarni (indikatorlarni) ishlatib ko‘rishni;
yuqori chastotali himoya signallari bilan almashuvni va yuqori chastotali teleo‘chirish qurilmalari va
avtomatika kanallarining past chastotali apparatlarini, avariyaga qarshi avtomatikaning yuqori chastotali
apparatlarining nazorat qilinayotgan parametrlarini o‘lchashni;
shinalar himoyasida nobalans tokni va kuchlanish transformatorining uzilgan uchburchagida nobalans
kuchlanishni o‘lchashni;
avtomatik ossillograflarning avariyaviy yozuv soatlarini yuritib qo‘yishni va boshqalarni.
199. RHA va T qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi korxona xizmati xodimlari asosiy
e’tiborni almashlab ulash qurilmalari (kontaktli qoplamalar, boshqaruv kaliti, rubilniklar va boshqalar) va sinash
bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligiga, shuningdek, ularning holati elektr uskunalarining sxemalariga hamda
ishlash rejimlariga mosligiga qaratgan holda, davriy ravishda barcha boshqaruv panellari va pultlarini, releli
himoya panellarini (shkaflarini), elektroavtomatikani, telemexanikani, signalizatsiyani ko‘rikdan o‘tkazishlari shart.
RHA va T xizmati xodimlari tomonidan davriy ko‘riklaridan o‘tkazilishidan qat’iy nazar, tezkor xodimlar
bajarishi ruxsat etilgan operatsiyalarga tegishli RHA va T elementlarining holati to‘g‘riligiga javob beradi.
200. Releli himoya, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilish mazkur
Qoidalarga 
11-ilova 
talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin