712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar 1. Mazkur Qoidalar korxonalarda ekspluatatsiya qilinayotgan kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha bo‘lgan
HTlar uchun taalluqlidir.
Qoidalar — ekspluatatsiya qilinishi maxsus qoidalar bilan belgilangan kontakt tarmoqlarining HT va boshqa
maxsus havo tarmoqlari va inshootlariga taalluqli emas.
2. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga
muvofiq belgilangan qo‘riqlash zonalarida ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini, baxtsiz hodisalarni,
yong‘inlarni bartaraf qilish va boshqalarni ta’minlaydi.
3. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona (qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlar boshlash muddati haqida xabar
olganidan keyin) yerdan foydalanuvchilardan muhofaza zonasiga kiruvchi yer uchastkalarida HLning butligini
ta’minlash, ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini yaratish maqsadida Elektr tarmoqlari xo‘jaligi
obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
4. HT va tok o‘tkazgichlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarni tekshirish zarur:
trassaning yong‘inga qarshi holatini: HTning muhofaza zonasida begona predmetlar, qurilishlar, pichan
g‘aramlari, taxlangan yog‘ochlar, tarmoqqa qulashi mumkin bo‘lgan yoki simlarga xavfli yaqinlashgan daraxtlar,
yonuvchan matariallar saqlanishi, gulxanlarni bo‘lmasligini; HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va egasining
yozma ruxsatisiz ularning muhofaza zonasida ishlar bajarilmasligi shart;
poydevor, qo‘shilgan (ulangan) moslamalarning holatini: poydevor atrofida tuproq o‘tirib qolgan yoki
qavargan bo‘lmasligi, poydevorda (qo‘shilgan moslamalarda) yoriqlar va shkastlanishlar bo‘lmasligi kerak; yetarli
darajada chuqurlikda bo‘lishi shart;
tayanchlarning holatini: ularning og‘ishlari yoki tuproqda siljishlari, yog‘och detallarning kuyganligi va
parchalangan bo‘lmasligini, bandajlar, payvandlangan choklar, metall tayanchlardagi boltli va parchin mixli
birikmalar yaxlitligi buzilmasligini, metall elementlarning uzilishlari, metall korroziyasi, temir-beton tayanchlarda
yoriqlar va nosozliklar, ularda qush uyalari va boshqa begona predmetlar yo‘qligini, tayanchlarda plakatlar va
xavfsizlik belgilari bo‘lishi kerak;
simlar va troslar holatini: alohida sim tolalarining uzilishlari va erigan joylari, simlarga va troslarga erdan
turib irg‘itib tashlangan sim bo‘laklari bo‘lmasligini, ular sozlangan buzilish, simlarning solqiligini va simlardan
ergacha va obyektlargacha bo‘lgan masofaning ruxsat etilmagan o‘zgarishlarini, HT loyihasida ko‘zda tutilgan
titrashlarni so‘ndiruvchi qurilmalar joylaridan siljiganligini;
tok o‘tkazgichlarning egiluvchan shinalari holatini: aylangan, ajralib ketgan va yorilgan simlar bo‘lmasligi
shart;
izolyatorlar holatini: shtirli izolyatorlar singan, kuygan, yorilgan, kirlangan, sirlangan yuzalari shikastlangan,
shtirga yoki ilgaklarga noto‘g‘ri o‘rnatilgan, himoya shoxlari shikastlangan bo‘lmasligi kerak; gaykalar, qulflar va
shplintlar o‘z joyida bo‘lishi shart;
armatura holatini: unda yoriqlar, alohida detallar ishqalanib yemirilgan yoki deformatsiyalangan bo‘lmasligi
shart;
razryadlagichlar, HTdagi kommutatsiya apparatlari, tushishlardagi kabellarning tugallovchi muftalari
holatini: erga ulovchi tushishlarni tayanchlarda va yer oldida buzilishlari va uzilishlari, yashindan himoya
trossining erga ulovchi tushish yoki tayanch tanasi bilan boltli birikmalaridagi kontaktlarni buzilishlari, erga
ulovchi qurilma elementlarining zanglashdan yemirilishlari bo‘lmasligi shart.
5. Titrashdan simlarning shikastlanishlari aniqlanganda, HT to‘liq, simlarni ushlab turuvchi qisqichlardan
chiqarib, tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Qisqichlardagi sim va trosslar holatini tanlab tekshirishni HTni o‘chirib yoki o‘chirmasdan (izolatsiyalovchi
qurilmalardan) o‘tkazish mumkin.
6. HTda profilaktik tekshiruvlar, o‘lchashlar va sinashlar elektr uskunalarni SQ va M da ko‘zda tutilgan
hajmlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.
7. HT tayanchlari uchun yog‘ochni EQTQ talablariga qat’iy rioya qilgan holda qo‘llash zarur.
8. Ruxlanmagan metall tayanchlarni, temir-beton va yog‘och tayanchlarning metall elementlarini,
shuningdek, po‘lat trosslar va simlar tortqilarini zanglashga qarshi qoplamalari zarurat bo‘yicha tiklanadi.
9. Tez ifloslanadigan HT va tok o‘tkazgichlar uchastkalarida maxsus yoki kuchaytirilgan izolatsiya
qo‘llaniladi. Zarur bo‘lganda, izolatsiyani tozalash (yuvish), ifloslangan izolyatorlarni almashtirish amalga oshiriladi.
10. HT tayanchlari detallari va boshqa elementlarini chiqitga chiqarishning ekspluatatsion ruxsatlari va
me’yorlari Elektr uskunalarining SQ va M ga mos kelishi shart.
11. Yuqori chastotali telemexanika va aloqa kanallari mavjud HLni ta’mirlashda ushbu kanallarni ishchi
holatda saqlash maqsadida erga ulash uchun ko‘chma erga ulash to‘siqlaridan foydalanish lozim.
12. IV va o‘ta muzlash hududlardan, shuningdek, qattiq shamollar bilan bir paytda tez-tez muzlaydigan,
qirovli va qattiq sovuqli II va III hududlardan o‘tadigan HT uchastkalarida muzni elektr toki bilan eritish amalga
oshirilishi kerak.
Eritish usulini tanlash HTni ishlash sharoitlariga qarab aniqlanadi (tarmoq sxemasi, iste’molchi yuklamasi,
muz hosil bo‘ladigan zona, tarmoqlarni o‘chirish mumkinligi va boshqalar).
13. Yerga kichik tok bilan tutashishadigan elektr qurilmalarida erga tutashish bartaraf qilinguncha, HLning
erga ulangan faza bilan ishlashiga ruxsat beriladi. Bu holda xodimlar buzilish joyini qisqa muddatlarda aniqlashi
va bartaraf qilishi shart.
Generator kuchlanishida bir fazali erga tutashuv rejimi 2 soat bilan cheklanadi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
3-ILOVA