Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvati, turi, o‘rnatish joyi va ishlash rejimi loyiha tashkiloti yoki
maxsus xizmat tomonidan iste’molchilar elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash uchun energiya bilan ta’minlovchi
tashkilotning texnik shartlariga muvofiq tanlanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan tarmoqlarda kondensatorlarni joylashtirish, qabul
qilgichlar qisqichlarida kuchlanish darajasini saqlab turish talablari hisobga olingan holda, reaktiv yuklamadan
aktiv quvvat yo‘qolishining maksimal kamayishi sharti qondirilishi kerak.
2. Buyurtmachi yangi kondensator qurilmasini olganda, texnik holatini tashqi nazoratdan o‘tkazishi va
qabul qilish dalolatnomasini tuzishi kerak. Bunda mahsulot qadoqlanishi holatining butligi, yukning
markirovkasi, mexanik shikastlanishlar yo‘qligi, qurilmaning, korpusining, izolyatorlarning, kontakt o‘zaklarining,
korpusni erga ulash uchun boltning (korpus bilan biriktirish uchun chiqarishga ega bo‘lmagan kondensatorlar
uchun) sozliligi, texnik ma’lumotlar keltirilgan ishlab chiqaruvchi zavod yorlig‘i borligi, shuningdek, shimuvchi
suyuqlik oqmayotganligi tekshiriladi.
Ushbu kondensator qurilmasining pasporti va ishlab chiqaruvchi zavodning ekspluatatsiya qilish bo‘yicha
ko‘rsatmalari borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
3. Kondensator batareyalari xonalarida (ularning joylashishidan qat’i nazar) quyidagilar bo‘lishi shart:
alohida kondensatorlarni, ularning bir qismini yoki butun kondensator qurilmasini himoyalovchi
saqlagichlarning eruvchan kirgizmalaridagi nominal toki ko‘rsatilgan kondesatorli qurilmaning bir chiziqli
prinsipial sxemasi, agar himoya relesi qo‘llanilgan bo‘lsa, shuningdek, maksimal tok relesining o‘rnatma toki;
atrofdagi havo haroratini o‘lchash uchun termometr yoki boshqa asbob;
kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash maxsus shtangasi;
yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari — o‘t o‘chirgich, qumli quti va belkurak.
Termometr yoki uning datchigi batareyalarning orasidagi eng issiq joyga shunday joylashtiriladiki, bunda
kondensatorni o‘chirmasdan va to‘siqlarni olmasdan uni ko‘rsatkichlarini kuzatish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
4. Kondensator batareyasining pasportida, ishlab chiqaruvchi zavod va kondensator batareyasi yorlig‘ida
ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos bo‘lgan, kondensatorlarning tartib raqami, zavod raqami, o‘rnatish sanasi,
nominal kuchlanishi, har bir kondensatorning nominal quvvati hamda sig‘imi ko‘rsatilgan kondensatorlar ro‘yxati
bo‘lishi shart.
5. Quvvati 200 kVAr dan ortiq bo‘lgan kondensatorli batareyalar uchun kondensatorlar quvvatini avtomatik
rostlovchi qurilma o‘rnatilishi majburiydir.
6. Elektr energiyasini individual qabul qilgichi bilan umumiy kommutatsiya apparatiga ega kondensatorli
qurilmani boshqarish qo‘l bilan bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi qabul qilgichini ulash yoki o‘chirish bilan
amalga oshirilishi mumkin.
7. Ikki smenada ishlaydigan korxona kondensator qurilmalarini kechki soatlarda va dam olish kunlarida,
uch smenada ishlaydigan korxona dam olish kunlarida ishda qoldirishi, agar bu energiya bilan ta’minlovchi
tashkilotning maxsus talablari bilan belgilangan bo‘lmasa, man etiladi.
Ushbu talab uzluksiz ish rejimiga ega korxonalarga taalluqli emas.
8. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarida razryadlagich qurilmalari doimo
kondensatorlarga ulangan bo‘lishi shart, shuning uchun rezistorlar va kondensatorlar orasidagi zanjirda
kommutatsion apparatlar bo‘lmasligi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kondensator qurilmalarida elektr energiyasini tejash maksadida
razryadlagich qurilmalari doimo ulanmasdan, ularni kondensatorlarni o‘chirish vaqtida avtomatik ravishda ulash
bilan ishlatilishi tavsiya etiladi.
Kondensator batareyalarini seksiyalash uchun ularning alohida seksiyalarini kuchlanish ostida o‘chiradigan
kommutatsion apparatura qo‘llanilganda, har bir seksiyada alohida komplekt razryadlash qurilmasi o‘rnatiladi.
Ichida zaryadsizlantiruvchi rezistor mavjud kondensatorlar uchun qo‘shimcha tashqi razryadlagich
qurilmalari talab etilmaydi.
9. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ajratgichlar yordamida ulash va
o‘chirish man etiladi.
Kondensator batareyalarini ulash va o‘chirish bo‘yicha barcha operatsiyalar mazkur Qoidalar va
Istemolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yig‘ma shinalardagi kuchlanish, ushbu turdagi kondensatorlar uchun ruxsat etilgan eng katta qiymatdan
ortgan vaqtda kondensator batareyalarini ulash man etiladi.
10. Kondensator qurilmasini o‘chirishdan oldin tashqi ko‘rik yo‘li bilan razryadlovchi qurilmaning ishga
yaroqliligiga ishonch hosil qilish kerak.
11. O‘chirilgan kondensator qurilmasining tok o‘tkazuvchi qismlariga tegish imkoniyati bo‘lgan biron-bir
ishlarni bajarish, xavfsizlik texnikasining umumiy talablari bajarilguncha va kondensator batareyasida umumiy
razryadlovchi qurilma bo‘lishidan qat’i nazar kondensatorlar nazorat uchun razryadlantirilmaguncha man etiladi.
12. Kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash izolatsiyalovchi shtangaga ishonchli mahkamlangan
razryadlovchi metall o‘zak bilan o‘tkaziladi. Ushbu shtanganing o‘lchamlari tezkor almashlab ulashlar uchun
kondensator qurilmasidagi kuchlanishga mos kuchlanishda ishlatiladigan izolatsiyalovchi shtanga
o‘lchamlaridek bo‘lishi shart.


13. Alohida kondensatorni, uning qismini yoki butun kondensator qurilmasini himoya qiluvchi saqlagichlar
eruvchan kirgizmalarining nominal toki ular himoya qilayotgan kondensatorlar nominal toklari yig‘indisining 160
foizidan oshmasligi shart.
14. Maksimal tok relesi yoki avtomat ajratgichining tok bo‘yicha o‘rnatmasi kondensator qurilmasi nominal
tokining 130 foizidan oshmasligi shart.
15. Yuqori garmonikalar mavjudligida kondensator qurilmalarining montaj qilinishi maqsadga muvofiqligi
har bir holda alohida aniqlanadi.
16. Kuygan yoki ishga yaroqsiz saqlagichlarni almashtirish, o‘chirilgan kondensator batareyalarida, maxsus
shtanga bilan barcha kondensator batareyalari nazorat uchun razryadlangandan keyin amalga oshiriladi.
17. Individual himoya qilishda nazorat uchun razryadlash o‘chirilgan batareya tarkibiga kiruvchi har bir
kondensatorning barcha chiqishlarini navbatma-navbat qisqa tutashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Guruhli
himoyada kondensatorlarning har bir guruhi razryadlanadi, bitta faqat umumiy himoyada esa batareya
shinalaridagi tegishli shinalar qisqa tutashtiriladi.
18. Kondensator qurilmalari himoya tomonidan takror avomatik o‘chirilganda, kondensatorlarni ulashga
faqat o‘chirishlarni yuzaga keltirgan sabablar aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyingina ruxsat beriladi.
Kondensator batareyalarini qayta ulashga kuchlanishi 660 V dan yuqori kondensatorlar uchun ular avvalgi
o‘chirilgandan so‘ng kamida 5 daqiqadan keyin, kuchlanishi 660 V va undan past kondensatorlar uchun esa
kamida 1 daqiqadan keyin, agar batareyada qoldiq kuchlanish 50 V dan ko‘p bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
19. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ko‘rikdan (o‘chirmasdan)
mahalliy yo‘riqnomalarda belgilangan muddatlarda — quvvati 500 kVAr dan kam bo‘lgan qurilmalar uchun oyda
kamida 1-marta va quvvati 500 kVAr dan yuqori bo‘lgan qurilmalar uchun o‘n kunda 1-marta o‘tkaziladi.
20. Kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart:
to‘siqlar va qulflarning sozligi, begona predmetlarning yo‘qligi;
kuchlanish, tok va atrof-havo harorati qiymatlari, alohida fazalar yuklamalarining bir xildaligi;
apparatlar, uskunalar, kontaktli ulanmalarning texnik holati, izolatsiyaning butunligi va ifloslanish darajasi;
shimdirilgan suyuqlikning tomchilab oqishi va kondensator korpusi devorlari ruxsat etilmagan darajada
bo‘rtib shishganligi yo‘qligi;
o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va holati.
Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari haqida tezkor hujjatlarga tegishli yozuv kiritilishi shart.
21. Kondensator qurilmalarini navbatdan tashqari ko‘rikdan kondensatorlarda razryadlanish (chirsillash)
paydo bo‘lganda, qisqichlardagi kuchlanish yoki atrof-havo harorati ruxsat etilgan eng yuqori qiymatlarga yaqin
darajagacha ko‘tarilganda va shunga o‘xshash hollarda o‘tkaziladi.
22. Kondensator batareyalarining barcha ko‘rikdan o‘tkazishlari va aniqlangan nosozliklar haqida tezkor
hujjatlarda tegishli yozuvlar qilinadi.
23.Ulangan kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda to‘suvchi qurilmalarni olish yoki ochish man
qilinadi.
24. Izolyatorlar, kondensatorlar, apparaturalar va karkaslar sirtlarini chang va boshqa ifloslardan tozalash,
batareya o‘chirilgan holatda zarurat bo‘yicha, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilagan
muddatlarda o‘tkaziladi.
25. Quyidagi holatlarda kondensatorlarni ekspluatatsiya qilish man etiladi:
kondensatorlar ulangan shinalardagi kuchlanish kondensatorlar nominal kuchlanishining 110 foizidan ortiq
bo‘lganda;
atrof-havoning harorati kondensatorning ushbu turi uchun ruxsat etilgan eng yuqori va eng past
haroratdan ortiq bo‘lganda;
kondensatorlar devorlari bo‘rtib shishganda;
kondensator qurilmasining fazalar bo‘yicha yuklanganligi tokning o‘rtacha qiymatidan 10 foizdan ortiq
notekis bo‘lganda;
batareya toki nominal qiymatning 30 foizidan ortganda;
shimdiruvchi suyuqlik tomchilab oqqanda;
chinni izolyator shikastlanganda.
26. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarining joriy ta’miri yilda
kamida 1-marta, albatta, qurilmani o‘chirib o‘tkaziladi.
27. Kondensator qurilmalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar bajariladi:
kontaktli ulashlarda gaykalarning tortilish darajasini tekshirish;
megoommetr (ommetr) bilan eruvchan birikmalarning butunligini va kondensatorlarning zaryadsizlanish
zanjirini tekshirish;
erga ulash konturiga tarmoqlanishning ulanishi sifatini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish bilan tekshirish;
izolyatorlar yuzasini, kondensatorlar, apparaturalar va karkas korpuslarini changdan va boshqa
ifloslanishlardan tozalash;
har bir kondensatorning sig‘imini tekshirish va qiyoslash (1000 V dan yuqori kuchlanishli kondensatorlar
uchun) mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
izolatsiyalangan chiqarmalar va korpus orasida tegib qolgan joylar yo‘qligi holatini tekshirib, kondensatorlar
sig‘imini o‘lchash;
shimdiruvchi suyuqlik sizib chiqqan joylarni, shu jumladan kondensatorlar qopqoqlaridagi o‘tish
izolyatorlari o‘rnatilgan joylarni yumshoq kavshar bilan kavsharlash;
kondensator batareyalarining nosoz seksiyalarini yoki alohida kondensatorlarini almashtirish;
avtomatik boshqarish va rostlash qurilmalarini, releli himoyani va o‘chirgichlar yuritmalari harakatlarini
sinab ko‘rish.
28. Kondensator qurilmalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi Elektr uskunalarini SQ va M talablariga
muvofiq bo‘lishi shart.
29. Asinxron elektr dvigatelni, kuch transformatorini va shunga o‘xshash elektr qabul qilgichning asosiy
uskunasini ko‘rikdan o‘tkazganda yoki ta’mirlaganda (kapital yoki joriy), agar ushbu uskunalar qisqichlariga


kondensator yoki kondensatorlar guruhi bevosita ulangan va mazkur uskunalar bilan bir xonada o‘rnatilgan
bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ushbu kondensatorlarni ham ko‘rikdan o‘tkazish yoki ta’mirlash (mos ravishda kapital
yoki joriy) kerak.
30. Kondensator qurilmasi alohida elementlarining sig‘imi Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan
qiymatlardan oshmasligi shart.
Kondensatorlar sig‘imini o‘lchash natijalari bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Sig‘im quyidagi qiymatlargacha yoki undan ko‘pga ortganda, kondensatorni o‘chirish va almashtirish zarur:
Kondensator
Kondensator sig‘imini ortishi, %, uning nominal kuchlanishida, V
6300
10500
Sintetik suyuqliklar bilan shimdirilganda:
0 gabaritli
25
14
I gabaritli
20
20
II gabaritli
10
10
Mineral moy bilan shimdirilganda:
I gabaritli
20
20
II gabaritli
10
10
Quvvati saqlagichlarni kuyishi natijasida kamaygan, kuchlanishi 1050 V va undan past bo‘lgan
kondensatorni qo‘llash texnik maqsadga muvofiqlikni hisobga olib, mahalliy yo‘riqnomalar bilan aniqlanadi.
31. Sanoat chastotali yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinovlar kapital ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladi.
Sinov kuchlanishi Elektr uskunalarni SQ va Mda keltirilgan qiymatlardan ortmasligi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish 
qoidalariga 
8-ILOVA

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin