25. Akkumulyator batareyalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar amalga oshiriladi:
plastinalar holatini tekshirish va zarur bo‘lsa ularning alohida elementlarini almashtirish;
seperatorlarning bir qismini almashtirish;
elementlardagi quyqumni olib tashlash;
elektrolitning sifatini tekshirish;
stellajlar holatini va ularning erga nisbatan izolatsiyasini tekshirish;
akkumulyator batareyalarining boshqa nosozliklarini bartaraf qilish;
xonaning qurilish qismini tekshirish va ta’mirlash.
26. Zarurat bo‘lgan hollarda, akkumulyator qurilmasini ta’mirlashni tashkil etish kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash (akkumulyatorlarning, plastinalarning, sepatorlarning katta qismini
almashtirish, butun batareyani yoki ba’zi qismlarini qismlarga ajratish) uning holatiga qarab, ixtisoslashtirilgan
tashkilotlarni jalb qilib amalga oshirilishi kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash zarurligini kapital ta’mir olib boruvchi tashkilot yoki korxonaning elektr
xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilaydi.
27. Akkumulyator uskunalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash
tizimiga mos kelishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
9-ILOVA
Dostları ilə paylaş: