RHAvaT qurilmalari zanjirlari, teleboshqaruvning chiqish zanjirlari va 220 V ta’minlash zanjirining izolatsiya
qarshiligi 1000 — 2500 V ga mo‘jallangan megaommetr bilan ishchi kuchlanishi 60 V va undan kam bo‘lgan RHA
qurilmalari zanjirlari va telemexanika zanjirlari 500 V ga mo‘ljallangan megaommetr bilan o‘lchanadi.
Tarkibida yarim o‘tkazgich va mikroelektronika elementlari bor bo‘lgan RHAvaT qurilmalarining ikkilamchi
zanjirlari izolatsiyasini tekshirishda, ushbu elementlarning shikastlanishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart.
12. RHAvaT qurilmalarini montajdan keyin ulashda va birlamchi profilaktik sinovlarida RHAvaT elektr
bog‘langan zanjirlarining va har bir ulanmani boshqa barcha ikkilamchi zanjirlarining erga nisbatan izolatsiyasi,
shuningdek, bitta panel chegarasida joylashgan elektrli bog‘lanmagan zanjirlar orasidagi izolatsiya, 60 V va
undan past ishchi kuchlanishga hisoblangan elementlar zanjirlaridan tashqari, o‘zgaruvchan tokning 1000 V
kuchlanishi bilan 1 minut davomida sinalishi shart.
13. RHAvaT qurilmalarining barcha to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlash holatlari, shuningdek, ularga tezkor va texnik
xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan nuqsonlar (nosozliklar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan
sinchkovlik bilan tahlil qilinishi kerak. Xodimlar barcha nuqsonlarni bartaraf qilishlari shart.
14. RHAvaT qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tishlari shart. Ularning hajmi va
davriyligi amaldagi qoidalar bilan belgilanadi.
Noto‘g‘ri ishlab ketishdan keyin qurilmalarning qo‘shimcha (avariyadan keyin) tekshiruvlari o‘tkazilishi
shart.
15. Texnik xizmat ko‘rsatishda RHAvaT qurilmalarini tekshirish uchun sinash qurilmalari, ushbu maqsadlar
uchun boshqarish panellari xonalariga, podstansiyaning taqsimlovchi qurilmalariga va boshqa joylarga
o‘rnatilgan shtepsel rozetkalariga yoki panelchalarga ulanishi kerak.
16. Releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv panellarining (shkaflarining) va pultlarining
old tomonini, ularga o‘rnatilgan apparatlarni davriy ravishda maxsus o‘qitilgan xodim changdan tozalashi shart.
Ochiq ishlangan apparatlarni, shuningdek, ushbu panellar (shkaflar) va pultlarning orqa tomonini RHAvaT
qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki yo‘riqdan o‘tgan tezkor xodim tozalashi shart.
17. Nazoratning va boshqa operatsiyalarning davriyligi, shuningdek, xodimlarning harakat tartibi mahalliy
yo‘riqnomalarga muvofiq obyektlarga xizmat ko‘rsatish tartibi (korxona xodimlari tomonidan, markazlashgan va
boshqa) hisobga olingan holda belgilanadi.
18. RHAvaT qurilmalarning bevosita boshqaruv pultlari va panellari (shkaflari) yig‘malarining (qatorlarining)
yaqinida bexosdan ulanishi, ulanishni o‘chirilishi yoki ulanishini, tezkor tok zanjirlarida yoki sinxron generatorning
(elektr dvigatelning, kompensatorning) qo‘zg‘atish zanjirlarida qisqa tutashuvni yuzaga keltirishi mumkin
bo‘lgan qisqichlar bo‘lmasligi shart.
19. Metall qobiqli nazorat kabellaridagi shikastlanishlarni bartaraf qilishda yoki ularni uzaytirishda, tolalarni
birlashtirish germetik muftalar o‘rnatish bilan yoki bu maqsad uchun mo‘ljallangan qutilar yordamida amalga
oshiriladi. Ushbu muftalar va qutilarni maxsus jurnalda hisobga olinishi yuritilishi kerak.
O‘rta hisobda bitta kabelning har 50 metrga bittadan ko‘p bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan birikmalar
to‘g‘ri kelishi kerak.
Polivinilxlorid va rezina qobiqli kabellar, odatda epoksidli ulash muftalari yordamida yoki qisqichlarning
o‘tish qatorlarida ulanishlari kerak.
20. Agar izolatsiyasi havo, yorug‘lik va moy ta’siridan yemiriladigan nazorat kabellari qo‘llanilgan bo‘lsa,
qisqichlardan tugallash muftalarigacha bo‘lgan tola uchastkalarida bu yemirilishga to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha
qoplama qilinishi shart.
21. Avariyaviy va ogohlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari doimo ishga tayyor holatda bo‘lishi va davriy
ravishda sinovdan o‘tkazib turilishi shart.
Asosiy e’tiborni tezkor tokning mavjudligiga, ikkilamchi zanjirdagi avtomatik o‘chirgichlar va
saqlagichlarning ishga yaroqliligiga, shuningdek, o‘chirgichlarning boshqaruv zanjirlariga qaratish kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
12-ILOVA
Dostları ilə paylaş: