g) ishdagi tanaffusni, boshqa ish joyiga o‘tkazishni, ish tugatilganligini rasmiylashtirish.
Naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya
52. Elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladi.
53. Naryad — bu belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtirilgan hamda ish mazmuni va joyini,
uni
boshlash va tamomlash vaqtini, xavfsiz bajarilish shartlarini,
brigada tarkibini, xavfsiz bajarilishi uchun
javobgar shaxslarni va boshqalarni belgilab beruvchi topshiriqdir. Naryad
shakli mazkur Qoidalarga
6-ilovada
keltirilgan.
54. Naryad bo‘yicha elektr qurilmalarida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
a) kuchlanish olinib;
b) kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;
v) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan
uzoqda bajariladigan
ishlar.
55. Farmoyish — bu ishning mazmunini, joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (agar zarur bo‘lsa)
va uning
bajarilishi topshirilgan shaxslarni belgilovchi topshiriq. Farmoyish bevosita yoki keyinchalik tezkor jurnalga yozish
sharti bilan aloqa vositalari yordamida berilishi mumkin.
Farmoyish bir martalik xususiyatga ega va ijrochilarning ish vaqti bilan chegaralanadi.
56. Joriy ekspluatatsiya — bu tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlar tomonidan ularga biriktirilgan
uchastkalarda mustaqil ravishda bir smena davomida
mazkur Qoidalarning
123-bandida
keltirilgan ishlarning
bajarilishi.
Dostları ilə paylaş: