Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Ishlar xavfsizligi uchun javobgar shaxslar, ularning majburiyati va huquqlari



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Ishlar xavfsizligi uchun javobgar shaxslar, ularning majburiyati va huquqlari
57. Ishlarning xavfsizligi uchun quyidagi shaxslar javobgardir:
a) naryad va farmoyish beruvchi;
b) ijozat beruvchi — tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan javobgar shaxs;
v) ishning javobgar rahbari (keyingi o‘rinlarda — javobgar rahbar);
g) ish bajaruvchi;
d) kuzatuvchi;
e) brigada a’zolari.
58. Naryad, farmoyishni beruvchi shaxs ish hajmini va uning bajarilishi zarurligini belgilaydi. Uni xavfsiz
bajarilishi mumkinligiga javob beradi va javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchining, shuningdek,
brigada a’zolarining yetarli malakaga ega ekanligi uchun javob beradi.
Naryad beruvchi shaxs mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan holatlarda naryadning “Alohida ko‘rsatmalar”
satrining mazmunini aniqlab berishga majbur.
Naryad va farmoyishlar berish huquqi korxonaning (tashkilotning) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning
farmoyishi bilan vakolatlangan, elektrotexnik xodimlar hisoblangan, bunga tayinlangan shaxslarga beriladi.
Ko‘rsatilgan shaxslar kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr xavfsizligi bo‘yicha
kamida V guruhga, kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida esa kamida IV guruhga ega bo‘lishlari
shart.
Ro‘yxati korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsi tomonidan belgilangan bir qator ishlarni
bajarish uchun farmoyish berish huquqi, shuningdek, tezkor xodimlar hisoblangan IV dan past bo‘lmagan
guruhga ega shaxslarga ham beriladi.
59. Ijozat beruvchi — tezkor xodimlar hisoblangan javobgar shaxs quyidagilar uchun javobgardir:
a) ishga ijozat berish va ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarining to‘g‘ri bajarilishi, ularni
yetarli darajada va ish joyiga hamda uning xususiyatlariga muvofiqligi uchun;
b) jurnallarda yoki naryadlarda rasmiylashtirilgan holda ishga ijozat berishni, ish tamomlanganidan keyin
ish joyini qabul qilib olishning to‘g‘riligi uchun.
Mazkur naryad, farmoyish bo‘yicha ishlarni xavfsiz bajarish yoki ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda
ko‘rsatilgan choralarning yetarli ekanligi va to‘g‘riligiga shubha tug‘ilgan paytda bunday tayyorgarlik to‘xtatilishi
lozim.
Ijozat beruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lganda kamida III guruhga ega bo‘lishi
kerak.
60. Javobgar rahbar ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilib olayotib hamda ishga qo‘yayotib ijozat
beruvchi bilan bir qatorda ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini yetarli darajada ko‘rilgani va
ish joyini to‘g‘ri tayyorlangani, shu jumladan naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” ustunida ko‘rsatilgan
choralarning yetarli ekanligi uchun javobgardir.
Javobgar rahbarning javobgar rahbar va ish bajaruvchi vazifalarini o‘rindoshlik bilan bajarishidan tashqari
hollarda, naryad bo‘yicha bajariladigan ishlarda bevosita ishtirok etishi taqiqlanadi.
Javobgar rahbar etib elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan elektr texnik xodim
hisoblangan shaxs tayinlanadi.
61. Javobgar rahbarni tayinlash zarurati naryad beruvchi tomonidan ishning hajmi, sharoiti va
murakkabligiga qarab belgilanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlar naryad bo‘yicha bajarilganida, javobgar
rahbarni tayinlash talab qilinmaydi.
62. Ish bajaruvchi ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilayotganda uni to‘g‘ri tayyorlanganligi va ishni
bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari bajarilganligi uchun javob beradi.
Ish bajaruvchi ish bajarish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari to‘g‘risida brigadaga
yo‘l-yo‘riq berishga va ularning brigada a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlashga majburdir.
Ish bajaruvchining o‘zi mazkur Qoidalarga rioya qiladi va o‘zining brigada a’zolari tomonidan ularga rioya
qilinishi uchun javobgar. U asbob-uskuna, takelaj va boshqa ta’mirlash jihozlari ishga yaroqli holatda ekanligini
kuzatib turadi. Ish bajaruvchi, shuningdek, ish joyiga o‘rnatilgan to‘siq, plakatlar, erga ulagichlarning
olinmasligini va o‘rni almashtirilmasligini kuzatib turishi shart.
Ish bajaruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida naryad bo‘yicha ish bajarilganda,
elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida esa kamida


III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ish bajaruvchi farmoyish bo‘yicha bajariladigan barcha elektr qurilmalaridagi ishlarda kamida III guruhga
ega bo‘lishi kerak. Mazkur Qoidalarning 119-bandi
“b” kichik bandi 
va 10-ilovaning 
61-bandida 
keltirilgan ishlar
bundan istisno.
63. Kuzatuvchi, quruvchi ishchi brigadalari, turli ishchilar, takelaj ishini bajaruvchilar va elektrotexnik
xodimlarga mansub bo‘lmagan boshqa shaxslar elektr qurilmalarida naryad yoki farmoyish bo‘yicha
ishlashganida ular ustidan nazorat o‘rnatish uchun tayinlanadi.
Korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsi tomonidan o‘ta xavfli deb topilgan elektr qurilmalarida
ishlar bajarilganda, bunday sharoitlardagi elektrotexnik xodimlar ustidan, shu jumladan xizmat safaridagi
xodimlar ustidan kuzatuvchi tayinlanadi.
Kuzatuvchi ish joyida o‘rnatilgan erga ulagichlar, to‘siqlar, plakatlar, qulflash qurilmalarining mavjudligini
nazorat qiladi va elektr qurilmasining elektr toki bilan jarohatlanishdan brigada a’zolarining xavfsizligini
ta’minlash uchun javob beradi.
Ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik uchun brigadaga boshchilik qilayotgan shaxs javobgardir.
U, albatta, uning tarkibiga kiritilgan va doimo ish joyida bo‘lishi shart.
Kuzatuvchining ish paytida brigadani nazoratsiz qoldirishi va nazoratni boshqa ishlar bilan o‘rindoshlik
asosida amalga oshirishi hamda brigadani nazoratsiz qoldirishi taqiqlanadi.
Kuzatuvchi etib kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
64. Naryad va farmoyishlar bo‘yicha bajariladigan ishlarda javobgar rahbarlar va ish bajaruvchilar hamda
kuzatuvchilar etib tayinlanishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning
farmoyishi bilan belgilanadi.
65. Brigadaning har bir a’zosi ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarga va ishga quyilayotganda va ish
jarayonida olgan yo‘riq ko‘rsatmalariga hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma
talablariga rioya etishi shart.
66. Korxona rahbariyatining yozma farmoyishi (buyrug‘i) bilan uning xodimlariga: naryad, farmoyish
beruvchi; javobgar rahbar, ijozat beruvchi (tezkor ta’mirlovchi xodimlar hisoblangan; kuzatuvchi, shuningdek,
elektr qurilmasi yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish huquqini berilishi rasmiylashtirilishi lozim.
67. Bir shaxsga o‘rindoshlik yo‘li bilan quyidagi ikki shaxs vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi:
a) naryad beruvchi;
b) javobgar rahbar;
v) ish bajaruvchi;
Ushbu shaxsning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi o‘rindoshlik vazifasi talab etadigan guruhdan kam
bo‘lmasligi kerak. Doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari bo‘lmagan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr
qurilmalarida ishlar naryad asosida bajarilganida, tezkor-ta’mirlash xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslarga
javobgar rahbar va ishga quyuvchi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishlariga ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ish bajaruvchi bilan ishga quyuvchi shaxs vazifalarini
yoki ijozat beruvchi bilan brigada a’zosi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishga ruxsat beriladi.
68. HLda ish joyini tayyorlashda faqat kuchlanish borligini tekshirish va ko‘chma erga ulagichni
kommutatsiya apparatlaridan foydalanmasdan o‘rnatish zarur bo‘lgan hollarda,javobgar rahbar yoki ta’mirlash
brigadasi tarkibidan tayinlangan ish bajaruvchi, o‘rindoshlik asosida ijozat beruvchi vazifalarini bajarishi mumkin.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin